Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Geofizika fani. Geofizika fani Yerning fizik xususiyatlarini, ya’ni
yerning ustki qismida va qobig‘ida yuz beradigan hodisalarning, fizik
xususiyatlarini o‘rganadi. Ma’lumki, yer yuzasidan pastga qarab tog‘
jinslari, ularning qalinliklari, yotish holatlari, litologik tuzilishi, tarkibi,
zichligi, qattiqligi va qator xossalari o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish o‘z
navbatida yerning u yoki bu hududida turlicha bo‘ladi. Shuning uchun
joyning geologik tuzilishini ikkinchi joyga nisbatan qanchalik o‘zgarishini
yoki qanchalik farq qilishini asosan burg‘u quduqlari qazish yordamida
olib borilar edi. Bu usul bilan katta-katta hududlarda geologik tekshi-
rish ishlari nihoyatda qimmatga tushar edi. Hozirgi vaqtda burg‘u
quduqlari faqat nihoyatda zarur uchastkalar uchungina qaziladi. Bosh-
qa hududlarda tog‘ jinslarining o‘zidan elektr tokini o‘tkazish yoki qar-
shilikning o‘zgarishi, to‘lqinlarning tarqalish, magnit radioaktivlik xu-
susiyatlarini hisobga olgan holatda geofizik usullar qo‘llanilmoqda. Bular:
elektrometriya, seysmometriya usullaridir.
Hozirgi geofizik usullar gidrotexnik va boshqa inshootlar quriladi-
gan joylarning geologik tuzilishini, tektonik, gidrogeologik, injener-
geologik sharoitini, ya’ni yer osti suvlarining ularning oqish yo‘nalishini,
kimyoviy tarkibini, tog‘ jinslarining g‘ovakligini, zichligi, qattiqligini
tez va arzon yo‘l bilan aniqlashga imkon bermoqda. Bu yerda shuni
ham aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
G‘.O. Mavlonov nomidagi seysmologiya institutida olib borilgan geofizik
tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, zilzila yuz berishidan avval ana shu yer
qimirlash hodisasi yuz beradigan hududda yerning mahalliy magnit may-
doni o‘zgarishi kuzatildi. Hozir bu hodisaning zilzila bilan qanchalik
bog‘liqligini tekshirish ustida ish olib borilmoqda.
Geokimyo fani. Geokimyo fani yer yuzasi, uning qobig‘idagi kimyoviy
elementlarni, ularning paydo bo‘lish jarayonlarini, yer qatlamlari bo‘ylab
joylashish, to‘planish, tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə