Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


LYOSS VA LYOSSIMON JINSLAR



Yüklə 5,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/211
tarix30.08.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#121089
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   211
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

4.3.2. LYOSS VA LYOSSIMON JINSLAR
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo‘lish sharoitiga, yotqizish agent-
larining (doimiy va vaqtincha oquvchi suvlarning, shamolning, muz-
larning, erigan muz va qor suvlarining va h.k.) ko‘rsatgan ta’siri ahami-
yatiga qarab, asosan eol va proluvial lyosslarga hamda eluvial, deluvial,
proluvial, deluvial-alluvial, proviluvial-alluvial, flyuvioglyasial genetik
tipdagi lyossimon jinslarga bo‘linadi.
Lyoss jinslari lyossimon jinslardan akademik G‘. O. Mavlonov (1958,
1976) bo‘yicha quyidagi eng asosiy 7 ta belgisi bilan ajraladi:
1. Rangi sarg‘ish-kulrang;
2. Serg‘ovak (46—59%);
3. Kalsiy va magniy karbonat tuzlari uning og‘iriligining 5 % dan
ko‘prog‘ini tashkil qiladi;
4. Aniq tabaqalanmagan, qavat orasida qum, qumtosh, shag‘al qat-
lamlari bo‘lmaydi;
5. 0,05 mm dan 0,005 mm gacha bo‘lgan zarralar 50% gacha, 0,005
mm dan kichik bo‘lgan zarralar 10% atrofida bo‘ladi, 0,05—2 mm dan
katta zarralar bo‘lmaydi;
6. Tabiiy quruq holatda lyoss jins qatlami o‘zini vertikal (tik) ushlab
turish qobiliyatiga ega;
7. Uzoq vaqt suv ta’sir etsa, o‘z og‘irligi ostida cho‘kadi.
Agar yuqoridagi xususiyatlardan bittasi bo‘lmasa, lyoss jinsi lyossi-
mon jins deb ataladi.
Lyoss va lyossimon jinslarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida 20 dan ortiq
gipotezalar mavjud. Ana shu gipotezalarga asosan lyoss va lyossimon
jinslar eol, proluvial, alluvial, deluvial-proluvial, eluvial, mikrobiologik,
fluvioglyasial va boshqa yo‘llar bilan hosil bo‘ladi (Shermatov, 1971).
Eol lyoss jinslari nurash jarayoni natijasida yemirilgan tog‘ jinslari-
ning mayda zarralarini shamol harakati jarayonida uchirib, Yer sathining
ma’lum qulay joylariga olib kelinib, yotqizilish yo‘l bilan paydo bo‘ladi.
Proluvial lyoss jinslari ham nurash jarayonida hosil bo‘lgan material-
larning vaqtincha oqar suvlar (ko‘pincha sel suvlari) ta’sirida yuvilishi
va oqizilib, tog‘ etaklarining pastki tekislik qismlariga olib borib yotqizi-
lishi natijasida hosil bo‘ladi.
Eluvial lyossimon jinslar asos (granit, granodiorit, ohaktosh, slanes
va h.k.) tog‘ jinslarining nurashi va nurash materiallarining o‘z joyida
qolib, qayta-qayta nurash jarayoniga uchrashi natijasida hosil bo‘ladi.

Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə