Lyossimon yotqiziqlar



Yüklə 7,02 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,02 Kb.
#165327
Lyoss va lyossimon jinslar va ularning xossalari

Lyossimon yotqiziqlar - mayda (0,05 — 0,001 mm) changeimon hamda loyqa zarralardan tuzilgan boʻsh choʻkindi togʻ jinslari. Baʼzan tarkibida turli kattalikdagi mineral boʻlaklar (qum, shagʻal toshlar) boʻladi. Paydo boʻlishiga qarab, asosan, eol, prolyu-vial, allyuvial, delyuvial, flyuviglyasial, elyuvial tiplarga boʻlinadi. Bu jinslar (eol lyossimon jinslardan boshqa) Oʻzbekistonning togʻ, togʻ oldi qamda tekislik hududlarida uchraydi. Eol va prolyuvial jinslar baʼzan, avval lyoss holatida boʻlib, keyinchalik sugʻorish namlanishdan lyosega xos asosiy (qarang Lyoss) xususiyatlarining (gʻovaklilik, choʻkuvchanlikning kamay-ishi, hajm ogʻirligining oshishi va boshqalar) oʻzgarishi natijasida lyossimon jinslarga aylangan boʻlishi mumkin. Eolning qalinligi 0,10–15 m, pro-lyuvialniki 0,5–100 m. Allyuvial lyossimon jinslarning qalinligi 0,25– 15 m. Delyuvial lyossimon jinslar yomgʻir, qor suvlarining nurash mate-riallarini togʻ yon bagʻirlariga oqizib tushib yotqizishdan hosil boʻladi. Qalinligi 0,25–10 m.

Elyuvial lyossimon jinslar tub togʻ jinslari (granit, granodiorit, gil, qumtosh, ohaktosh va boshqalar)ning nurashi va nurash materiallarining oʻz joyida qolib, qayta-qayta nurashi natijasida shakllanadi. Qalinligi 0,10– 2 m boʻladi. Flyuviglyasial lyossimon jinslar togʻ yuqori mintaqalarida uchraydi. Bu xil jinslar muz qatlamlari erib, togʻ jinslarining tarqalishi, ezilishi, maydalanishi tufayli paydo boʻlgan mayda chang zarralarini oqizib qulay joylarga yotqizishdan hosil boʻladi. Ularning qalinligi 0,10–3 m. Oʻzbekiston hududidagi lyossimon jinslarning qalinligi, tarkibi, xossasi va xususiyatlari yaxshi oʻrganilgan.

Lyoss (nem. Loss — yumshoq), soz tuproq — kontinental iqlimda hosil boʻlgan mayda zarrali gʻovaksimon, choʻkindi togʻ jinsi. Rangi sargʻish yoki och kulrang, gʻovakligi 40—60%. Kalsiy va magniy karbonat tuzlari L. miqdorining 5% dan koʻprogʻini tash-kil qiladi. L. qatlamida mayda tosh va qum boʻlmaydi. L.ning 60%dan ortiqrogʻi 0,05—0,001 mm keladigan changsimon zarralardan, 10% chasi 0,001 mm dan kichik gil zarralaridan iborat. Suv oʻtkazuvchanligi bir xil emas. Tarkibidagi tuzlar sementlash xususiyatiga ega boʻlgani uchun quruq holda qattiq, namda ivuvchan. L. tarkibida suvda tez eriydigan tuz koʻp.

L.ning mineralogik tarkibi kvars, bir oz dala shpatlari, gil minerallari (kaolinit, montmorillonit), kalsiy, slyudalar va boshqa dan tashkil topgan. L.ning paydo boʻlishi haqida bir qancha fikrlar mavjud. V. A. Obruchev, F. O. Mavlonov va A. R. Pavlovlar Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan L.larni oʻrganish natijasida prolyuvial yoʻl bilan, yaʼni togʻ jinslarining nurashidan paydo boʻlgan mayda (0,05— 0,001 mm va undan kichik) zarralarning oqar suvlar (yomgʻir suvlari) taʼsirida yuvilib, togʻ etaklarining pastki tekislik qismlariga oqib kelib yotishidan, shamol vositasida olib ke-lingan zarralarning yigʻindisidan paydo boʻladi deb tushuntiradilar. Ch. Layel va Yu. A. Skvorsovlar L. allyuvial yoʻl bilan, yaʼni mayda jins zarralarining oqar suvlar (soy, dare) yorda-mida dare qirgʻoqlariga yotqizilishidan, L. S. Berg va boshqa L.lar tuproq paydo boʻlish jarayonlari natijasida turli mayda zarrali jinslarning yigʻilishidan, yana bir guruh olimlar esa L. mikroorganizmlar yordamida hosil boʻladi deb yozadilar.

L. Xitoy, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Shimoliy Kavkaz,. Shimoliy Qozogʻiston, Ukraina va Shimoliy Amerikada koʻp tapqalgan. Shahar va qishloq xoʻjaliklarida, ekinzorlarning meliorativ holatini yaxshilashda, metropoliten, irrigatsiya va energetika inshootlari va h.k.ni qurishda, temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini oʻtkazishda muayyan hududdagi mavjud L. qatlamlarining muhandislik-geologik xususiyatlarini mukammal oʻrganish muhimdir.

L.ning qalinligi bir necha m dan bir necha yuz m gacha yetadi. Eng kalin L. Xitoy va Oʻrta Osiyoda tarqalgan (150– 200 m atrofida). Oʻzbekistonda L. qalinligi Bobotogʻning shim.-gʻarbiy yon bagʻrida 150 m, Qarshi va Mirzachoʻlda 130 m, Chirchiq vodiysida 60– 100 m, Zarafshon va Sangzor daryolari oraligidagi maydonlarda 60–80 m, Toshkent, Piskent massivlarida 40– 80 m, Samarqand atrofida 80–100 m, Tojikistonning Yovon vodiysida 160 m ga yetadi.

L. jinslari togʻ yon bagʻrida, togʻ oraligʻi botigʻi, togʻ oldi egilmalari va pasttekisliklarida uchraydi. Maye, Alp, Karpat toglarida 4000–5000 m balandlikda, Pomirda 3000–3200 m, Gʻarbiy Pomirda 4400–4500 m, Shimoliy Kavkazda 1300–1500 m., Chatqol-Qurama togʻlarida 1000–1800 m, Bobotogʻda 1200–1900 m, Fargʻona togʻlarining jan.-gʻarbida 1700–2200 m da uchraydi.

Gеologik muxit, Tеxnik-itisodiy asoslash, burg’alash ishlari, shurf, shaxta, muxandislik – gеologik s'yomka. Inshootlar xurishni asoslash uchun gеologik muxitni o’rganish bilan bir xatorda muxandislik-gеologik ishlarni maxsadga muvofix olib borish zarur. xurilayotgan inshootlar maydonlari-ning tabiiy muxitini va sharoitini anixlash inshootlarning mustaxkamligini ta'min-laydi. Gеologiyada yangi tarmoxlarni taraxxiy ettirish zarurligini birinchi bo’lib akadеmik Е.M.Sеrgееv ta'kidlab o’tdi. U bu yo’nalish xazilma boyliklarni xazib olish bilan botslix bo’lmasdan, balki insonning yashash muxitini va uning faoliyatining еrning ustki xatlamiga ta'sirini o’rganishdir. Bu masalani muxandis-gеologik tеkshirish ishlari amalga oshiradi. Gеologik muxit muxandislik-gеologik sharoitning bo’lagidir. Gеologik muxit tеkshirish ishlarini fan sifatida o’rganishda uning ob'еkti xisoblanadi. Bunda gеologik muxit tushinchasini anixlash muhimdir.


Yüklə 7,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə