Glossariy ariza


Vasiyatnoma – biron kishining vafoti oldidan qoldirgan yozma vorislik haqidagi hujjati. Ishonchnoma



Yüklə 20,44 Kb.
səhifə2/4
tarix17.04.2023
ölçüsü20,44 Kb.
#106050
1   2   3   4
GLOSSARIY

Vasiyatnoma – biron kishining vafoti oldidan qoldirgan yozma vorislik haqidagi hujjati.
Ishonchnoma – biron-bir muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat.
Hujjat matni – aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlikdan iborat talablarga javob beruvchi axborot.
Hujjatlarni ro‘yxatga olish – hujjatlarni jo‘natish va qabul qilish an’anasi.
Hujjatlar ijrosini nazorat qilish – hujjatlarda belgilangan tartibda ish yuritishni yo‘lga qo‘yish.
Hujjatlarni tizimlashtirish – yig'ilib qolgan hujjatlarni faoliyat turiga qarab tartibli jamlash, kodifikatsiyalash.
Hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirish – faoliyati tugallangan hujjatlarni saqlov birligiga keltirish.
Hujjatlarni arxivga tayyorlash – faoliyat chegarasi nihoyasiga yetgan qimmatli ma’lumotlarni konservatsiyalash.
Hujjatlarni arxivda saqlash va berib turish – saqlanayotgan hujjatlarni tarixiy, ilmiy-tadqiqot ishlarida belgilangan ichki tartibotlarga amal qilgan holda saqlash, dublikatlarini yaratish va istifoda etishga chiqarish, nashr etish.
Hujjatlar ustida ishlash tartibimuayyan mavzu, faoliyatlarni o‘zida aks ettirgan qimmatli ma’lumotga ega bolgan hujjatlarni ilmiy iste’molga kiritish.
Olinma hujjatlar – boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlar.
Jo‘natma hujjatlar – boshqa tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlar.
Ma’lumotnoma – bo‘lgan voqea yoki hodisalarni bildirish – axborot berish mazmunini ifodalaydigan hujjat.
Tavsifnoma – m a’lum bir shaxsning mehnat faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini o‘zida aks ettiruvchi hujjat.
Tavsiyanoma – biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lishi uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat.
Hisobot – muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, tadbirlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjat.

Yüklə 20,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə