Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xo’jalik mablag’larini baholash -



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə714/721
tarix10.04.2022
ölçüsü2,01 Mb.
#85246
1   ...   710   711   712   713   714   715   716   717   ...   721
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Xo’jalik mablag’larini baholash - tabiiy ko’rsatkichlarni pul ko’rinishiga aylantirish. Buxgalteriya hisobida baholashning zaruriyligi xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari bo’yicha ko’rsatkichlarini umumlashtirish bilan belgilanadi. Iqtisodiyotda tovar pul munosabati amal qilar ekan, xo’jalik mablag’larini baholash zaruriy holat hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi ko’rsatkichlari davlat va xo’jalik boshqaruvi uchun va bu ko’rsatkichlardan foydalanuvchilar uchun kerak bo’ladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining haqiqiyligi xo’jalik mablag’lari baholanishining to’g’riligiga bog’liqdir.

Baholashga qo’yiladigan asosiy talablar uning haqiqiylik va bir xilliligidir. Baholashning haqiqiyligi hisob ob’ektining haqiqiy o’lchovini pul ko’rsatkichida to’g’ri aks ettirishni ta’minlaydi. Bir xillik talabi esa, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida hisob ob’ektlarining ma’lum bir turlari bo’yicha bir xil bahoga ega bo’lishini ta’minlaydi.

Xo’jalik mablag’larini baholash tamoyili hukumat tomonidan tasdiqlangan standartlarga asosan belgilanadi.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   710   711   712   713   714   715   716   717   ...   721




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə