Inersiyal sanoq sistemasi.
Nyutonning qonunlari bajariladigan sanoq sistemalari
inersiyal sanoq sistemalari deyiladi. Inersiyal sanoq sistemasiga nisbatan tinch yoki
to’gri tekis harakat qilayotgan har qanday sistema inersiyal sanoq sistemasi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, geliosentrik (koordinata boshlari quyoshnin
markazida) sistemani inersiyal sanoq sistemasi deb hisoblash mumkin.
Fizikada jud
ko’p sistemalar inersial sanoq sistemalari sifatida qaraladi, chunki nu hollarda yo’l
qo’yiladigan xatoliklar e’tiborga olinmaydigan darajada kichik bo’ladi.
Nyutonning qonunlari bajarilmaydigan har qanday sanoq sistemasiga noinersial
sanoq sistemasi deyiladi.
Endi dinamika uchun juda zarur bo’lgan massa
va kuch tushunchalari bilan
tanishaylik.
Massa
. Jismning massasi materiyaning asosiy harakteristikalaridan biri bo’lib,
uning inertlik qobiliyatini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda o’zining tinch yoki to’gri
chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish qobilayati katta bo’lgan jismning
massasi ham kattaroqdir. Fizikada massani m harfi bilan belgilash qabul qilingan. SI
sistemasida massa birligi bi kilogramm, yani [m]=1kg. Jismning tinch yoki to’g’ri
chiziqli tekis harakat holatini o’zgartirish uchun unga tashqaridan ta’sir ko’rsatilishi
kerak. Bunday ta’sirni harakterlash uchun
kuch
tushunchasi kiritiladi.
Kuch.
Demak, kuch ta’sirida jism o’zining harakat tezligini o’zgartiradi, ya’ni
tezlanish oladi. Bunga kuchning dinamik namayon bo’lishi deyiladi. Shuningdek, kuch
ta’sirida
jism deformatsiyalanishi, ya’ni shakli va o’lchamlarini ham o’zgartirishi
mumkin. Bunga kuchning static namayon bo’lishi deyiladi.
Kuch vektor kattalik bo’lib, nafaqat son qiymati bilan, balki yo’nalishi va qaysi
nuqtaga qo’yilishi bilan ham xarakterlanadi.
Kuch – vektor kattalik bo’lib, jismga boshqa jismlar va maydonlar tomonidan
ko’rsatilayotgan mexanik ta’sirining o’lchovi hisoblanadi, va bu ta’sir natijasida jism
yoki tezlanish oladi, yoki o’zining shakli va o’lchamlarini o’zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: