Guruh talabasi Ziyabutdinova Mexridilning Fizika


Nyutonning birinchi qonuni



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix11.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145855
1   2   3   4   5   6   7
Nyuton qonunlari Butun olam tortishish qonuni Gravitatsion maydon

Nyutonning birinchi qonuni. 
Nyutonning birinchi qonuni. Nyutonning birinchi qonuni quyidagicha tariflanadi. 
Har qanday jism, boshqa jismlar tasiri boshlasnish holatini o’zgartirishga majbur 
etmaguncha o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakati holatini saqlaydi. 
Futbol to’pining futbolchi tepmagunicha maydonda tinch turish, avtobus harakati 
boshlanganda orqa tomonga, harakatlanayotgan avtobus to’xtaganda oldinga qarab 
silkinishimiz bu qonunning kundalik hayotimizda o’rinli ekanligini ko’rsatadi.
Shu bilan birga, Nyutonning birinchi ―qonuni‖ inertlik tushunchasi bilan 
chambarchas bog’liqdir.
Inertlik.
Inertlik deb – jismning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini 
saqlashga intilish holatiga ayiladi. Shuning uchun ham Nyutonning birinchi qonuni 
inersiya qonuni ham deyishadi. Nyuton qonunlari faqat inersiyal sanoq sistemalarida 
bajariladi.


Inersiyal sanoq sistemasi.
Nyutonning qonunlari bajariladigan sanoq sistemalari 
inersiyal sanoq sistemalari deyiladi. Inersiyal sanoq sistemasiga nisbatan tinch yoki 
to’gri tekis harakat qilayotgan har qanday sistema inersiyal sanoq sistemasi. 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, geliosentrik (koordinata boshlari quyoshnin 
markazida) sistemani inersiyal sanoq sistemasi deb hisoblash mumkin. Fizikada jud 
ko’p sistemalar inersial sanoq sistemalari sifatida qaraladi, chunki nu hollarda yo’l 
qo’yiladigan xatoliklar e’tiborga olinmaydigan darajada kichik bo’ladi.
Nyutonning qonunlari bajarilmaydigan har qanday sanoq sistemasiga noinersial 
sanoq sistemasi deyiladi. 
Endi dinamika uchun juda zarur bo’lgan massa va kuch tushunchalari bilan 
tanishaylik. 
Massa
. Jismning massasi materiyaning asosiy harakteristikalaridan biri bo’lib, 
uning inertlik qobiliyatini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda o’zining tinch yoki to’gri 
chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish qobilayati katta bo’lgan jismning 
massasi ham kattaroqdir. Fizikada massani m harfi bilan belgilash qabul qilingan. SI 
sistemasida massa birligi bi kilogramm, yani [m]=1kg. Jismning tinch yoki to’g’ri 
chiziqli tekis harakat holatini o’zgartirish uchun unga tashqaridan ta’sir ko’rsatilishi 
kerak. Bunday ta’sirni harakterlash uchun
 kuch 
tushunchasi kiritiladi. 
Kuch.
Demak, kuch ta’sirida jism o’zining harakat tezligini o’zgartiradi, ya’ni 
tezlanish oladi. Bunga kuchning dinamik namayon bo’lishi deyiladi. Shuningdek, kuch 
ta’sirida jism deformatsiyalanishi, ya’ni shakli va o’lchamlarini ham o’zgartirishi 
mumkin. Bunga kuchning static namayon bo’lishi deyiladi. 
Kuch vektor kattalik bo’lib, nafaqat son qiymati bilan, balki yo’nalishi va qaysi 
nuqtaga qo’yilishi bilan ham xarakterlanadi. 
Kuch – vektor kattalik bo’lib, jismga boshqa jismlar va maydonlar tomonidan 
ko’rsatilayotgan mexanik ta’sirining o’lchovi hisoblanadi, va bu ta’sir natijasida jism 
yoki tezlanish oladi, yoki o’zining shakli va o’lchamlarini o’zgartiradi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə