Guruh talabasi Ziyabutdinova Mexridilning Fizika


Nyutonning ikkinchi qonuni



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145855
1   2   3   4   5   6   7
Nyuton qonunlari Butun olam tortishish qonuni Gravitatsion maydon

Nyutonning ikkinchi qonuni.
 
Jismalrning yerga tushishiga sabab yer sharining tortish kuchi ekanligi haqidagi 
fikr yangilik bo’lmagan: buni qadimgilar ham, masalan Platon bilgan. Lekin bu 
tortishishning kuchini qanday o’lchash kerak? Yer sharining hamma joyida u kuch bir 
xilmi? - ushbu savollar, Butun olam tortishish qonuni muallifi Nyutongacha bo’lgan 
olim va faylasuflarni birdek ajablantirib, o’ylantirib va shubhaga solib kelgan.Kepler 
o’zining uchinchi qonunini ochganida shunday ahvolga tushdiki, u o’zining to’g’ri 
fikrlayotganidan shubhalanib qoldi. 1619 yilda Kepler e’lon qilgan o’zining mashhur 
«Olam tuzilishi garmoniyasi» asarida mazkur savollarga javobni qisman bergan va 
muhim qonunni ochishga juda yaqin kelgan edi. Lekin u o’zi qilgan mulohazalardan 
to’liq ratsional xulosa chiqara olmadi. Bundan tashqari Kepler sayyoralar harakatini 
qandaydir o’zaro tortishish kuchlariga bog’ladi, va «kvadrat prportsiyalar» (ya’ni, ta’sir, 
masofalar kvadratiga teskari proportsonalligi) qonunini qabul qilishga ham tayyor edi. 
Lekin u ko’p o’tmay, bu qonundan voz kechdi va uning o’rniga tortishish kuchi 
sayyoralar orasidagi masofa kvadratiga emas, balki masofaning o’ziga teskari 
proportsional degan xulosaga keldi. Keplerga sayyorlar harakitining mexanik asoslariga 
taaluqli, o’zi ochgan qonuniyatlarni ilmiy asoslash nasib etmadi.Nyutonning bu 
boradagi bevosita o’tmishdoshi uning hamyurtlari – Jilbert va aynidsa Guk bo’lishgan. 


1660 yilda Jilbert «Magnit haqida» nomli kitobini nashr ettirdi. Unda Jilbert magnitning 
xossalarini Oy va Yer o’rtasidagi tortishish hodisalariga o’xshatishlar bilan ifodalaydi. 
Jilbertning vafotidan so’ng chop etilgan boshqa bir asarida Oy va Yer bir biriga huddi 
ikkita magnit singari ta’sir o’tkazishini hamda bu ta’sir ularning massalariga 
proportsional ekanligini qayd etadi. Lekin, ilmiy haqiqatga hammadan ham yaqin 
kelgan Nyutonning zamondoshi va ilmiy faoliyatdagi raqibi – Robert Guk bo’ldi. 1666 
yilning 21 martida, ya’ni, Nyuton birinchi marta osmon mexanikasi sirlariga chuqur 
sho’ng’ishidan bir oz avval, Robert Guk o’zining «Qulayotgan jism o'g'li’irlik 
kuchining yer markaziga nisbatan masofaga bog’liq holda o’zgarishi» haqidagi o’z 
tadqiqotlari haqida Londondagi qirollik jamiyati yig’ilishida ma’ruza qildi. O’zining 
dastlabki tadqiqotlari natijalarining qoniqarsiz ekanligini anglagan holda Guk, o'g'irlik 
kuchini mayatnik tebranishi vositasida aniqlashga qaror qildi. Bu g’oya yuqori 
darajadagi zakovat bilan qilingan zehnli fikr mahsuli bo’lib, ilmiy samarasi ham shu 
miqiyosda edi. Ikki oydan so’ng Guk o’sha majlisadagi boshqa bir nutqida, 
sayyoralarning o’z orbitasida ushlab turuvchi kuch, mayatnikning aylanma haraktini 
keltrib chiqaruvchi kuchga o’xshash bo’lishi kerakligi haqida fikr bildiradi. Ancha 
keyinroq, Nyuton o’zining buyuk ilmiy ishini nashrga tayyorlayotgan vaqtida Guk 
undan mustaqil ravishda «Sayyorlar harakatini boshqarib turuvchi kuch, masofaga 
qandaydir bog’liq holda o’lchanishi » kerakligi haqidagi fikrga keladi hamda, «Butun 
olam harakat qonuni»ning yaxlit manzarasini tasvirlab beradi. Lekin shu yerda iste’dod 
va daho o’rtasidagi farq ko’zga tashlanadi. Gukning xulosalari kurtak ochgan holicha 
qolib ketdi va unga o’z g’oya va gipotezalari bilan oxirigacha ishlash nasib etmadi. 
Buyuk ochilish muallifligi Nyutonga nasib qildi. Isaak Nyuton (1642 – 1726) 
Lnnkolnshir grafligidagi Vulstorp qishlog’ida tavallud topdi. Uning otasi Nyuton 
tug’ilgunicha vafot etib ketgan edi. Erining vafotidan qattiq ruhiy zarbaga uchragan 
onasi, iztiroblar girdobida erta to’lg’oq tutgani va Nyutonni oyi yetmasdan dunyoga 
keltirgani haqida manbalarda qayd etilgan. Muddatidan ertaroq tug’ilgan Nyuton 
chaqaloqligida nihoyatda jismonan kichkina va zaif bo’lgan ekan. Shunga qaramay, 
Nyuton mustaxkam salomatlik bilan, uzoq umr ko’rdi va faqat ba’zi – ba’zidagi qisqa 
muddatli hastaliklar bilan hayot kechirdi. Iqtisodiy holatiga ko’ra Nyutonlar oilasi o’rta 


sinf vakillaridan bo’lib, fermrlik bilan shug’ullanishgan. Isaak o’smirlik yoshiga 
yetganda uni boshlang’ich maktabga o’qishga berishadi. 12 yoshga yetganda Nyuton 
Gantemedagi umumiy maktabga qatnay boshladi. U o’qish vaqtida 6 yil mahalliy 
dorixonachi Klark honadonida yashadi va aynan o’sha yerda Nyutondagi kimyo 
ilmlariga bo’lgan rag’bat paydo bo’ldi. 1660 yil 5-iyunda, Nyuton hali 18 yoshga ham 
to’lmagan chog’ida Trinti kollejiga o’qishga qabul qilindi. Kembridj universiteti o’sha 
vaqtlardayoq Yevropadagi eng nufuzli ilm maskanlaridan biri bo’lib, bu yerda 
filologiya va matematika fanlari o’qitilishi bir xilda, yuksak ravishda ravnaq topgan edi. 
Nyuton asosiy e’tiborni matematikaga qaratdi. Lekin u bir vaqtning o’zida, 1665 yilda 
«Nafis san’at» (tilshunoslikka oid fanlar) bo’yicha bakalavr darajasi diplomini qo’lga 
kiritdi.Uning birinchi ilmiy tadqiqotlari yorug’likni tadqiq qilish bilan bog’liq. Olim, 
prizma yordamida oq rangni uni tashkil qiluvchi ranglar dastasiga sochib ko’rsatish 
mumkinligini isbotladi. Yupqa plyonkalarda yorug’likning sinishi hodisasini kuzatib, 
«Nyuton halqasi» nomi bilan ataluvchi difraktsion manzarani kuzatdi.1666 yilda 
Kembridjda qandaydir epidemiya tarqaldi. O’sha vaqtlardagi tushunchaga ko’ra bu 
epidemiyani o’lat deb o’ylashdi, ijtimoiy parokandalik yuzaga kelib, odamlar orasida 
vahima tarqaldi va Nyuton o’zining tug’ilib o’sgan qishlog’i – Vulstropga vaqtincha 
qaytib ketishga majbur bo’ldi. U qishloq sharoitida, hech qanday adabiyot va asbob 
uskunalarga ega bo’lmagan holatda, deyarli tarki dunyochilik sharoitida hayot kechirdi. 
24 yoshli Nyuton bu vaqtda butunlay falsafiy va mantiqiy tafkkur ummoniga g’arq 
bo’ldi. Ko’p vaqtini olam sir asrorlari, koinot, zamin, vaqt, ruhiyat haqidagi falsafiy 
mushohadalar bilan o’tkazdi. Ushbu tafakkur va mulohazalarning eng yirik mahsuli – 
uning eng katta kashfiyoti – Butun olam tortishish qonunining ochilishi bo’ldi.Yoz kuni 
edi. Nyuton bog’da, ochiq havoda o’tirib fikrlashni yaxshi ko’rardi. Hamamizga maktab 
fizika kursidan ma’lum va mashhur voqea – yetilib pishgan olma mevasining bandidan 
uzilib, Isaak Nyutonning boshiga tushishi aynan o’shanda sodir bo’lgan. Mazkur 
g’oyaga qanot bergan olma daraxti uzoq yillar Nyutonlar oilasining faxr – iftixor ramzi 
sifatida avloddan – avlodga o’tib, qadriyat sifatida saqlanib kelgan. Vaqti – soati yetib, 
qurib qolgacha, kesib olinib, uning yog’ochidan kursi ko’rinishidagi tarixiy yodgorlik 
yasalgan. 


Nyuton anchadan buyon jismlarning yerga tushishi jaroynining qonuniyatlari 
haqida mulohaza yuritib kelardi, boshiga tushgan olma esa uni bu mulohaz ustida 
yanada chuqurroq tafakkur qilishga undagan. U mazkur hodisa tufayli, o’z oldiga endi 
yangi savol qo’ydi: jismlar yerga tushishi yer sharining barcha joyida bir xilmi? Ya’ni, 
jism baland to’larda ham xuddi chuqur shaxtalardagi kabi tezlik bilan yerga qulaydi deb 
tasdiqlash mumkinmi? 
Lekin, olmaning tushishi orqali rag’bat topgan bu fundamental qonuniyatni Nyuton 
qanday yo’l bilan ochgan ekan? 
Nytonning ancha yil keyin yozgan fikrlaridan birida, tortishish qonunini matematik 
ifodalovchi formulani u Keplerning mashhur qonunlaridan keltirib chiqargan ekan. 
Xuddi shuningdek, bu borada Nyutonning ilmiy tadqiqotlarining samaradorligini, 
Optika sohasida uning shahsan o’zi olib brogan «yorug’lik kuchi», yoki, «yoritilganlik 
darajasi» yo’nalishlaridagi tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etgan. «Yorug’lik kuchi», 
yoki, «yoritilganlik darajasi»ni ifodalovchi fizik qonunning matematik formulasi, 
tortishish qonuni formulasiga juda o’xshash. Oddiy geometrik tushunchalar hamda 
to’g’ridan to’g’ri tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, masalan, sham yorug’ligiga tutilgan
qog’oz parchasini, masofaning ikkilanganiga uzoqlashtirsak, qog’oz parchasining 
yuzasining yoritilganlik darajasi ikki marotaba emas, balki to’rt marotabaga kamayadi, 
agar uch marta uzoqlashtirsak, yoritilganlik to’qqiz karra kamayadi va shu tartibda 
kamayish davom etadi. Bu Nyuton zamonida «kvadrat proportsiya» deb nomlangan 
qonun bo’lib, soddaroq aytganda, yorug’lik kuchi masofa kvadratiga teskari 
proportsional ekanligini ifodalaydi. Nyuton bu qonuniyatni hali gipoteza holatida 
bo’lgan butun olam tortishish nazariyasi uchun qo’llab ko’radi. U, Oyning yerga 
tortishishi, tabiiy yo’ldoshning yer atrofida aylanishiga sabab bo’lsa, demak 
sayyoralarning ham Quyosh atrofidagi harakatiga shunga o’xshash kuch sabab bo’lishi 
lozim degan gipotezaga keldi. Lekin u shunchaki gipotezalar bilan cheklanib 
qolmasdan, ularning matematik ifodalarini, fizik qonuniyatlarini hisob – kitob qilishga 
kirishdi. Hisoblashlar mashhur «Butun olam tortishish qonuni» holatiga kelgunicha, o’n 
yillar kerak bo’ldi. Shuni ta’kidlash joziki, mazkur hisob kitoblarda Nyutonning, o’z 
davri uchun ham yangilik bo’lgan, hozirda differntsial va integral hisob nomi bilan 


ataluvchi qudratli matematik usuli bo’lmaganda, mazkur muhim fizik qonunni 
mukammalashtira olmagan va balki uning uchun gipoteza shaklida qolib ketgan 
bo’lardi. Adolat yuzasidan, Robert Gukning ham hizmatlarini e’tirof etish joiz. Ya’ni, 
sinchkov Guk, Nyutonning ilmiy xulosalari bilan tanishib, unga, tushayotgan jism 
shunchaki sharqqa tomon emas, balki, janubiy – sharqqa o'g'li’ishi kerakligini 
tushuntirdi. Amaliy tajriba Guk mulohazasini tasdiqladi. Guk Nyutonning boshqa bir 
xatosiga ham tuzatish kiritdi: Nyuton, tushayotgan jismning harakat traektoriyasi, 
yerning o’z o’qi atrofidagi aylanma harakatining ta’sirida vintsimon – burama chiziq 
chizadi deb o’ylardi. Guk esa, vintsimon – burama chiziq faqat havoning qarshiligini 
e’tiborga olgandagina hosil bo’lishini, bo’shliqda esa, elliptik, ya’ni, agar mazkur 
tushishni biz yerdan tashqaridan turib kuzatishimiz mumkin bo’lgandagi haqiqiy 
harakat yo’nalishida bo’lishi joizligini aytdi.Gukning tavsiyalarini tekshirib vhiqib, 
Nyuton, yetarli tezlik bilan tashlanga jismlar bir vaqtning o’zida yerning tortish 
kuchining ta’sirida, haqiqatan ham elliptik traektoriya hosil qilar ekan. Bu mulohaza 
ustida bosh qotirib, Nyuton, mashhur teoremano kashf etdi: yerning tortish kuchiga 
o’xshash kuch ta’siri ostidagi jism doimo qandaydir konus kesimlardan birini (ellips, 
giperbola, parabola, xususiy holatlarda esa aylana va to’g’ri chiziq) chizadi. Bundan 
tashqari Nyuton harakatdagi jismga ta’sir qiluvchi tortishish kuchlari markazi, ya’ni, 
barcha tortishuvchi kuchlarning to’planish joyi qaralayotgan egri chiziqning fokusida 
joyalshishini aniqladi. Ya’ni, Quyoshning markazi sayyoralar orbitalari chizayotgan 
egri chiziq - ellipslarning umumiy fokusida joylashadi.Bunday natijalar erishib, 
Nyuton, o’zini Keplerning sayyoralarning orbitasi fazoda ellips chizishishini, ushbu 
ellips fokusida esa Quyoshning markazi turishini uqtiruvchi qonunlardan birini nazariy 
jihatdan qayta keltirib chiqarganini fahmladi. Lekin nazariyot va kuzatuvning bunday 
mos kelishining o’zi Nyutonni qanoatlantirnadi. U, mazkur nazatiya bo’yicha, sayyorlar 
orbitasining elementlarini hisoblash mumkinmi, ya’ni, sayyoralar harakatining barcha 
tafsilotlarini aniqlash imkoni bo’ladimi – yo’qmi, amin bo’loqchi edi. Dastlabki 
paytlarda unga omad kelmay turdi.Bu haqda Jon Konduitt shunday yozadi: «1666 yilda 
u onasini ko’rib kelish uchun yana Kembridjdan Linkolnshirga ketdi…o’sha vaqtda u 
yana o’sha bog’da tafakkur qilib o’tirar ekan, fikriga olmaning yerga qulashga majbur 


qiluvchi kuch yerdan qandaydir masofa bilan chegaralanmagan, balki, o’ylanganidan 
ko’ra ancha olis masofalarda ham ta’sir kuchini saqlab qolishi haqidagi g’oya kelib 
qolidi. Numa uchun bu (olmani yerga tushishga majbur qiluvchi) kuchning ta’siri, 
masalan Oygacha yetib bormasligi kerak ekan? – deb o’z o’ziga savol berdi Nyuton. 
Agar shunday bo’lsa, u oyning harakatiga ta’sir ko’rsatishi, va uni o’z orbitasida tutib 
turishi kerak bo’lgan kuch aynan shu bo’lishi kerak. Mazkur fikr yuzasidan u, bunday 
ta’sirning qanday qaiymatga ega ekanligini hisoblashga kirishdi. U o’z hisoblashlari 
uchun zarur bo’lgan, yer o’lchamlari haqida aniq tasavvur beruvchi adabiyotlarga ega 
emasdi. Shu tufayli, afkor omma orasida keng tarqalgan, yer sirtining bir gradus 
kengligida 60 mil mavjud deb qaraladigan, Norvudning yer o’lchashlarigacha bo’lgan 
qiymatlar asosida ish ko’rdi. Hisob natijalari nazariy qarashlarga muofiq kelmadi va 
o'g'irlik kuchidan tashqari Oyga ta’sir qiluvch yana qandaydir uyurmali kuch mavjud 
degan tahmin bilan qanoatlanishga majbur bo’ldi...» Elliptik harakat qonunlarini 
o’rganib chiqish Nyutonning tadqiqotlarini bir muncha ilgarilashiga omil bo’lib hizmat 
qildi. Lekin baribir Nyuton nazariyotda nazardan chetda qolgan biror bir omil yoki 
xatolik manbai borligini doimiy tahmin qilib yurardi. Hisob-kitoblar kuzatish natijalari 
bilan muofiqlashtirilmagunicha Nyutonda ichki shubha saqlanib qolaverdi. Faqat 1682 
yilga kelib, Nyuton farang olimi Pikar tomonidan qayd etilgan, Yer meridiani 
uzunligining aniqroq darajadagi qiymatlaridan foydalanishga muvaffaq bo’ldi.
Meridian uzunligini bilgan holda olim, Yer sharining diametrini hisoblab topdi va 
o’zining hisoblashlarida yangi natijalarga erishdi. Olim o’zining avvalgi barcha ilmiy 
qarashlari aniq tasdiqlanganidan boshi osmonga yetgan edi. Olmani yerga tushishga 
majbur qilgan kuch, Oyning harakatini boshqaruvchi kuch bilan teppa teng edi.Bu natija 
Nyuton uchun uning ko’p yillik chuqur ilmiy farazlari hamda, hisob –kitoblarining 
samarasi o’laroq buyuk fundamental fizik qonuniyatning ochilishi bilan tantana qildi. 
Olimning hisob – kitoblari aniq bo’lib chiqdi. Farazlari tasdiqlandi. Vanihoyat endi u 
Butun olam tuzilishi haqidagi ilmiy mulohazalarining haqiqat ekanligiga qat’iyat bilan 
ishonch hosil qildi. Oy va sayyoralarning, hattoki, koinotda darbadar kezuvchi deb 
hisoblanadigan kometalarning ham harakat qonunlari uning uchun to’liq tushunarli 
bo’ldi. Quyosh tizimidagi barcha osmon jismlarining, balki Quyoshning o’zini ham va 


hattoki yulduzlar va yulduzlar tizimlarining ham harakati ilmiy tahlil va bashorat qilish 
imkoniyati paydo bo’ldi. 
1683 yilning oxirida Nyuton Qirollik jamiyatiga o’zining Butun olam harakat 
qonunlari haqidagi ta’limotini, sayyoralar harakatiga oid qator teoremalar ko’rinishida 
bayon qildi.G’oya shunchalik dohiyona ediki, u oraqli keladigan mashhurlik va obro’ – 
e’tiborni baham ko’rish maqsadidagilar, uni o’zlashtirib olishga urinuvchi yoki, hasad 
qiluvchilar umuman topilmadi. Chunki, bu ta’limotning mohiyatini anglovchilarning 
o’zi nihoyatda sanoqli edi. Shubhasizki, Nyutondan avval ham bir necha ingliz olimlari 
mazkur muammoning yechimiga yaqin kelishgan edi. Lekin, savolning qiyinligini 
anglash, uni yechishni ham bilsih degani emas. Ba’zilarining xulosalari bilan 
tanishamiz:Mashhur me’mor Kristofer Ren, sayyorlarning harakatlanishini, ularning 
Quyoshga intilishi (yoki unga qulashi) jarayoni bilan izohlab, buni, dastlabki qandaydir 
harakatning natijasi deb baholaydi. Astronom Galley esa, Kepler qonunlaridagi kuch 
masofaning kvadratiga teskari peoportsional deb qaraydi, lekin bu narsani isbotlay 
olmagan.
Guk esa Qirollik jamiyati a’zolarini «Asoslar»da keltirilgan barcha g’oyalar ularga 
yuz martalab taklif etilganligini, va ularning ertaroq e’tirof etilmaganligini katta xato 
ekanligiga ishontiradi. Gyuygens esa, zarralarning va umuman jismlarning o’zaro 
tortishishi g’oyasini butunlay va qat’iy ravishda inkor qildi va u, faqat jismlarning 
tashkil qiluvchi zarrachalargina o’zaro tortishishi mumkin deb ta’kidladi. Leybnits esa 
sayyorlarni to’g’ri chiziqli harakatdan o’gdirib, aylana yo’nalishida harakatga 
keltiruvchi kuch faqat koinotni to’ldirgan qandaydir efirsimon uyurmali suyuqlikning 
ta’siri bo’lishi mumkin deb o’ylardi. Bernulli va Kassini ham mazkur fikrga qat’iy 
ravishda qo’shilishardi. 
Lekin asta sekinlik bilan barcha shovqin tindi. Buyuk kshfiyot barcha ilmiy 
doiralarda amaliy tasdiqlandi. Olimning fan oldidagi hizmatlari e’tirof etildi. Nyuton – 
Butun olam harakat sirlarini ochgan buyuk daho sifatida insoniyat tarixida o’chmaz iz 
qoldirdi… 



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə