Guruh talabasi Ziyabutdinova Mexridilning Fizika



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix11.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145855
1   2   3   4   5   6   7
Nyuton qonunlari Butun olam tortishish qonuni Gravitatsion maydon

Gravitatsiya
(lot. gravitas — ogʻirlik) — q. Tortishish.  
Gravitatsiya
( bir-biriga ularning massasiga mutanosib kuch bilan tortilishida 
namoyon boʻladi. Gravitatsiya jismlarga vazn beradi. Gravitatsiya tarqoq materiyani 
yigʻadi, 
yigʻilgan 
materiyani 
esa 
birga 
ushlab 
turadi; 
shuning 
hisobiga Yer, Quyosh va olamdagi boshqa makroskopik jismlar yuzaga kelgan va 
mavjud. 
Gravitatsiya tufayli Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida 
aylanadi; sayyora va yulduzlar ichi qiziydi; tabiatda konveksiya sodir boʻladi va hk. 
Gravitatsiya toʻrt fundamental oʻzaro taʼsirdan biridir (boshqalari —
 elektromagnetizm, kuchli oʻzaro taʼsir va kuchsiz oʻzaro taʼsir). 
Tortishish
(gravitatsiya, gravitatsion oʻzaro taʼsir) — har qanday jismlar orasida 
vujudga keluvchi universal oʻzaro taʼsir. Agar oʻzaro taʼsir kuchsiz va jism 
yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga Karaganda juda kichkina tezlik bilan 
harakatlanayotgan boʻlsa, I. Nyutonning butun olam T. qonuni oʻrinli boʻladi. Oʻzaro 
taʼsir kuchli va jism harakatining tezligi yorugʻlikning vakuumdagi tezligiga yaqin 
boʻlgan hollarda esa, A. Eynshteyn yaratgan umumiy nisbiylik nazariyasi T.ni toʻgʻri 
ifodalaydi. 
Nyuton oʻzining "Tabiat falsafasining matematik prinsiplari" (1687) asarida T. 
qonuniga birinchi boʻlib toʻliq taʼrif berdi. Nyuton taʼrifiga binoan, ikki moddiy zarra 
(li, va Gʻi2)ning oʻzaro T. kuchi ularning massalariga toʻgʻri proporsional, orasidagi 
masofaning kvadratiga teskari proporsional va ularni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq 
boʻyicha yoʻnalgan. 
Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, t massali jism T. kuchi taʼsirida Yer bilan 
bogʻliq boʻlgan sanoq tizimiga nisbatan biror a tezlanish bilan harakatga keladi. 
Formuladagi kattaliklar oʻzgarmas qiymatga ega ekanliklarini eʼtiborga olsak, 
jism harakatiga qarshilik koʻrsatuvchi kuchlar mavjud boʻlmagan hollardagi Yer sirtiga 
yaqin balandliklarda har qanday jism bir xil tezlanish bilan tushadi, degan xulosaga 
kelinadi. 
Osmon mexanikasi Nyutonning T. qonuniga asoslangan. Kosmosda tabiiy yoki 
sunʼiy jismlarning harakatlarini tekshirishda shu qonunga amal qilinadi. Koʻpgina 


hollarda Nyutonning T. qonuni tufayli yangi sayyoralar, yoʻldoshlar aniqlandi, 
astronomiya qator yangi yutuqlarga erishdi. Shu bilan birga, bu qonun tushuntirib 
berolmagan Merkuriy, Venera, Mars sayyoralari perigeliylarining harakati kabi ayrim 
hodisalar ham maʼlum edi. Shu kabi uchraydigan chigalliklarni bartaraf qilish 
maqsadida olimlar Nyuton T. qrnunining matematik ifodasiga turli qoʻshimchalar 
kiritishga urindilar. Ammo bunday urinishlar natija bermadi. Kuchli gravitatsion 
maydonlarga (har qanday fizik obʼyektlarning hosil qiladigan maydoni gravitatsion yoki 
tortishish maydoni deyiladi. Gravitatsion maydon Eynshteynning umumiy nisbiylik 
nazariyasida 4 oʻlchovli tenzor potensiali orqali bayon qilinadi) va bu maydonlarda 
yorugʻlik tezligiga yaqin tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarga tatbiq qilishda 
Nyuton T. qonunining butunlay ojizligi aniqlandi. Bunday hollarda Eynshteyn yaratgan 
T. nazariyasidan foydalanish juda yaxshi natija beradi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə