H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Sirt qavatining umumiy tavsifi



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə25/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Sirt qavatining umumiy tavsifi. Suyuq yoki qattiq jismlardan iborat
sistemalardagina fazalararo sirtlar mavjud bo’la oladi. Suyuq yoki qattiq gomogen 
fazalarning ichki tuzilishi o’zgarishi bilan sirt qavat shakli va xossalari o’zgaradi.
Suyuqlik molekulalari doimo harakatda bo’lgani uchun bug’ bosimi paydo 
bo’lib, sirtda bug’lanish, kondensatlanish kabi hodisalar to’xtovsiz sodir bo’lib
turadi; binobarin, suyuqlik sirti doimo yangilanib turadi.
Molekulalararo kuchlari mavjud bo’lganligi uchun suyuqlik ma’lum
qalinlikda sirt hosil qilib turadi. Suyuqlik sirt qavatining ichki chegarasi sirtidan 



49


boshlab suyuqlikning hajmidagi tuzilishi boshlanadigan chuqurlikka qadar davom
etadi. Sirt qavatning qalinligi bir necha molekula diametrlari kattaligiga teng. 
Suyuqlik molekulalari doimo harakatda bo’lganligi uchun suyuqlikning sirt qavati

ekvipotensial, ya’ni sirtdagi barcha nuqtalar birdek potensial energiyaga ega
bo’ladi. 
Qattiq jism sirti dastlab qanday shaklda hosil bo’lgan bo’lsa, uzoq vaqt o’sha
shaklda qoladi. Uning zarrachalari faqat u qadar sezilarli bo’lmagan tebranma 
harakat qilishlari sababli, qattiq jism sirti g’adir-budir bo’ladi va uzoq vaqt o’z
shaklini saqlab qoladi. Qattiq jism sirti ekvipotensiallik xossani namoyon qila 
olmaydi. Binobarin, qattiq va suyuq fazalar orasidagi sirtning shakli asosan qattiq
jism shakliga bog’liq bo’ladi. Suyuqlik-suyuqlik (ikkita suyuqlik) orasidagi sirt 
qavat ikki qismdan iborat: uning bir qismi birinchi suyuqlikda, ikkinchisi esa
ikkinchi suyuqlikda bo’ladi. 
Qattiq jismlarda solishtirma sirtning qiymati uning disperslik darajasiga
to’g’ri proporsionaldir; disperslik darajasining oshishi bilan qattiq moddaning 
solishtirma sirti shuncha oshadi. Buni 1-jadvaldan ko’rish mumkin. Bu jadvalda
1sm

3
qattiq moddaning kublarga maydalanganda shu modda solishtirma sirtining 


o’zgarishi ko’rsatilgan.
1-jadval 



Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə