H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Ikki suyuqlik chegarasida bo’ladigan adsorbilanish



Yüklə 246,83 Kb.
səhifə39/48
tarix11.12.2023
ölçüsü246,83 Kb.
#146220
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

Ikki suyuqlik chegarasida bo’ladigan adsorbilanish. Ma’lumki, ikkala
bir-birida erimaydigan suyuqliklar chegarasida ham adsorbilanish hodisalar
kuzatiladi, lekin ularning boorish jarayoni suyuqlik-gaz chegarasida boradigan 
adsorbilanish hodisalarga analogiya ravishda boradi. Bunda ham suyuqlikning sirt
tarangligi va sirt energiyasining kamayishi kuzatiladi. 
Masalan, agar benzoy kislota erigan suvga benzol aralashtirilsa, benzoy 

kislota molekulalarining adsorbsion qavati hosil bo’ladi. Bu vaqtda benzoy


kislotaning qutblangan gruppasi – COOH – suvga tomon, qutbsiz radikal C
6
H

5


esa
benzolga tomon qaragan bo’ladi. Natijada ikki suyuqlik chegarasida benzoy kislota 
molekulalarining barqaror qavati hosil bo’ladi.
Agar suv va benzol aralasmasiga qutbli gruppalari bo’lgan organic moddalar 

qo’shilsa, bu modda molekulalarining qutbli gruppalari suvga, uglevodorod


radikallari esa benzolga qarab joylashadi. Adsorbilangan molekulalardan iborat 
qavatning hosil bo’lish hodisasi emul’siyalar olishda va emul’siyalarning barqaror
bo’lishida juda katta ahamiyatga ega. 
Bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikka ozgina sirt-aktiv modda 

(masalan, sovun) qo’shib chayqatilsa, har qaysi tomchi sirtida sirt-aktiv moddaning


mustahkam adsorbsion qavati hosil bo’ladi va bu qavat tomchilarning bir-biri bilan 
birlashib, yirik tomchi hosil qilishga yo’l qo’ymaydi, chunki har bir tomchi
sirtidagi adsorbsion qavatda sirt-aktiv modda molekulasining qutbli qismi qutbli 
suyuqlikka tomon, qutbsiz qismi esa qutbsiz suyuqlikka tomon qaragan bo’ladi.
Ma’lumki, emul’siya bir suyuqlikning boshqa bir suyuqlikda tarqalgan va u 

bilan aralashmaydigan tomchilardan iborat. Shu sababli emul’siyalarni barqaror


qila oladigan sirt-aktiv modda emul’gator deyiladi. 
Ionlar adsorbilanishi. Eritmalardan elektrolitlarning adsorbilanishi katta
ahamiyatga ega. Bu jarayonda neytral molekulalarning yutilishi bilan birga 



72


ionlarning adsorbilanishi ham kuzatiladi, lekin erigan elektrolitning ionlaridan
bittasi adsorbilanadi va bunday hodisa ionlar adsorbsiyasi deyiladi. 
Agar erigan modda zarrachalarining suyuqlik sirtida va uning hajmida bir 

teks tarqalmasa suyuq fazada sirt chegara vujudga keladi. Bu hodisa erigan modda


suyuqlikda molekulalar holida bo’lganida ham, ionlar holida bo’lganida ham ro’y 
beraveradi. Lekin eritmaning sirt qavatida ionlar konsentratsiyasi eritma
hajmidagiga qaraganda kam bo’ladi. Bu yerda manfiy adsorbilanish vujudga 
keladi. Eritma sirtida ionlarning manfiy adsorbilanishi ularning gidratlanish
energiyasi katta ekanligidan kelib chiqadi. 
Shuning uchun suv molekulalari eritmaning sirt qavatida turgan ionlarni 

eritma ichida kuchliroq tortadi. Kationlar anionlarga qaraganda ko’proq


gidratlanganidan eritmaning sirt qavatida anionlar konsentratsiyasi kationlar 
konsentratsiyasidan ortiq bo’ladi. Natijada eritmaning sirt qavati manfiy zaryadga
ega bo’ladi. Turli anionlarning suyuqlik sirt qavatida manfiy zaryad berish 
xususiyatini tekshirib, A.N.Frumkin, quyidagi liotrop qatorni tuzishga muvaffaq
bo’ldi:

CNS
-


>ClO

4
-


>I

-
>MnO

4
-
>NO

3
-


>Br

-
>Cl

-
>OH

-
>F


Bu qatorga ionlar suyuqlikning sirt qavatiga manfiy zaryad berish 


xususiyatining pasayishi tartibida quyilgan. Suvda elektrolitlar eritilsa suvning sirt
tarangligi ortadi, chunki anorganik tuzlar suvga manfiy adsorbilanadi. 
Ba’zan adsorbent o’z tarkibidagi ionlardan birini elektrolit ionlariga 

almashtiradi. Bunday adsorbilanish almashinish adsorbilanishi deyiladi. Agar


elektrolit eritmasidagi anion va kation ekvivalent miqdorida adsorbilansa, 
molekulyar adsorbsiya yuzaga keladi. Agar tarkibida bir necha modda aralashmasi
bo’lgan eritma qalin adsorbentdan o’tkazilsa, aralashmadagi har qaysi modda 
adsorbentning ma’lum qismlariga adsorblanadi va adsorbent qavatida bir necha
zona hosil bo’ladi. Bu hodisani dastlab rus botanigi va bioximigi M.S.Svet 
kuzatgan edi. Bu usul xromatografik adsorbsion analiz deb ataladi.
Shu usul yordamida aralashmaning komponentlari bir-biridan ajratib olishni 

yordam beradi. Ajratilishi kerak bo’lgan eritma adsorbent bilan to’ldirgan






73


kolonkaga solinadi. Eritmaning tarkibiy qismlari o’zining moyilligiga qarab
adsorbentga yutiladi: ko’pincha qavatlar bir-biridan keskin ajralgan bo’lmay, bir-
biriga juda qiyin joylashadi. Unda har qaysi qavatni ochish uchun muvofiq
erituvchilardan foydalaniladi. Shu tariqa kerakli modda ajratib olinadi; uni yana 
qaytadan adsorbentga yuttirib, yutilish zonasi kengaytiriladi. Xromatografik
adsorbsion analiz juda murakkab organik aralashmalarni bir-biridan ajratib olishda 
katta ahamiyatga ega. O’zbekiston olimlari go’zaning kimyoviy tarkibini
aniqlashda bu usulni birinchi bo’lib qo’lladilar. 

Yüklə 246,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə