Hakamlik sudlari to‘g‘risida



Yüklə 107,25 Kb.
səhifə31/121
tarix11.12.2023
ölçüsü107,25 Kb.
#146253
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121
Fuqarolik Javob 74

369-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza, agar O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmaydigan muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning sudga kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.Sud arizani ko‘rib chiqishda sudga taqdim etilgan, arz qilingan talablarni va bildirilgan e’tirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yo‘li bilan holatlarni aniqlaydi.Sud arizani ko‘rib chiqishda chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.


  1. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari.

370-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari
Sud chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman rad etadi, agar:1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuniga binoan u qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa; 2) hal qiluv qarori o‘z zarariga qabul qilingan taraf ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida hamda belgilangan tartibda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmagan bo‘lsa;3) ishni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga yoki qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga tegishli bo‘lsa;4) O‘zbekiston Respublikasi sudining ayni bir taraflar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa;5) O‘zbekiston Respublikasi sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizoga doir ish mavjud bo‘lib, u yuzasidan ish yuritish chet davlat sudida ishni yuritish qo‘zg‘atilganidan oldin qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;6) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati o‘tgan bo‘lib, bu muddat sud tomonidan tiklanmagan bo‘lsa;
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham rad etilishi mumkin.


  1. Chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish.


Yüklə 107,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə