Harbiy rahbarning muloqatga kirishida uchraydigan pedagogik nizolarni oldini olish usullari reja



Yüklə 75,69 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü75,69 Kb.
#158433
1   2   3
HARBIY RAHBARNING MULOQATGA KIRISHIDA UCHRAYDIGAN PEDAGOGIK NIZOLARNI

Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi harbiy rahbarlar.

  • Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi harbiy rahbarlar.

  • Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi harbiy rahbarlar.

    Avtoritar uslubda faoliyat olib boradigan harbiy rahbar ish faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi:

    • o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi;

    • o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi;

    • ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;

    • o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi;

    • qattiq intizom asosida ish olib boradi;

    • topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi;

    • gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;

    • aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol;

    • o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq tushuntirmasdan talab qiladi.

    Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi harbiy rahbar
    “Mening aytganim aytgan, deganim degan” shaklidagi prins ip asosida pedagogik faoliyat olib boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda quyidagi uslublarni qo‘llaydi: buyruq, ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo‘llash. Harbiy rahbar o‘quvchilar bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa, majbur etish, qo‘rqitish, cho‘chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub harbiy rahbar asab tizimini doimiy taranglashib yurishiga sabab bo‘lib, uning sog‘ligiga putur etkazishi mumkin. Natijada harbiy rahbar tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobiy tomonlari ham bor: ya’ni, ular faqat favqulodda vaziyatlar jarayonida ishlatilishi (yong‘inda, suv toshqinida, aholini evakuatsiya qilishda) mumkin. Harbiy rahbar muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi.
    Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan harbiy rahbarning bosh shiori o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat. Harbiy rahbarning muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi»1. Ushbu uslubni mukammal egallagan harbiy rahbar o‘z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlarni mujassamlashtiradi:

    • pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi;

    • sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quvchilarning erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi;

    • muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo‘llaydi;

    • muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala.

    Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi harbiy rahbar hozirgi zamon talablariga, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi. Harbiy rahbarning vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb bilgan holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan tengdoshlariga namuna bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli o‘quvchilarni tarbiyalash uchun qizg‘in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro yordam tuyg‘usini o‘stirishga xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a’zolarining qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi, o‘quvchining jamoada har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O‘quvchilar bilan muloqotning erkin demokratik asosda tashkil etilishi sinfning ahil jamoa bo‘lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.
    Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi harbiy rahbar xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos
    mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. Harbiy rahbarning pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:

    • tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;

    • sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;

    • ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;

    • o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;

    • o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi;

    • o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;

    • o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.

    Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI- asrda jamiyatning
    ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, harbiy rahbarning xulq-atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan munosabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘zlashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli, harbiy rahbarlar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini boshqarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamoasining har qanday boshqaruv uslubi harbiy rahbar muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir.
    Biz yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlarga asoslanib, muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda harbiy rahbar uchun lozim bo‘lgan quyidagi bosqichlarni tavsiya etamiz:
    Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning birinchi bosqichi.
    Mazkur bosqichda talab faqat harbiy rahbarlar tomonidan qo‘yiladi. Bu sinf jamoasi shakllanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrda o‘quvchilar jamoasi hali tarbiyalanuvchi jamoa bo‘lmay, balki «birlikni tashkil etuvchi» guruh hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qarashi tabiiy bir holat. Harbiy rahbar tashkilotchi sifatida jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatlarini tashkil qilishi va ularni yagona maqsad atrofida birlashtirishga erishishi lozim, shundagina jamoa qaror topadi. Harbiy rahbar muloqoti asosida o‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi faollashadi, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat birligi jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi.
    O‘quvchilarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribalarga ega emasliklari bois harbiy rahbarning asosiy maqsadi muloqot asosida jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat.
    Ushbu bosqichda harbiy rahbarning talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni qo‘ya olishi, u tomonidan qo‘yilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisob lanadi. Bu vaziyatda harbiy rahbarning muloqotda «hukmdorlik» qilishi uzoq davom etishi mumkin. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir.
    Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqichda jamoa faollarining harbiy rahbar muloqotidan kelib chiquvchi talablarni qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z navbatida bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Harbiy rahbar jamoada paydo bo‘ladigan muammolarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa faollari bilan qizg‘in muloqot natijasida tarbiyaviy ishlarni olib boradi.
    O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda harbiy rahbar muloqotni jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishiga, tadbirlarni o‘tkazishga, faoliyat natijalarini muhokama qilishga, jamoa faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishini ko‘rsatuvchi omillariga tayanib tashkil qiladi.
    Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faollarining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faollari, jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin foydalanmasliklari kerak.
    Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning uchinchi bosqichi. Sinf jamoasi faliyatida bu bosqich sermahsul hisoblanadi. Endilikda jamoa ishiga faqat faollargina emas, balki uning butun a ’zolari qiziqadi. Jamoa hayotida ijtimoiy va erkin fikrlash vujudga keladi. Harbiy rahbar mazkur yo‘nalishda muloqotni maqsadga muvofiq va izchil pedagogik faoliyat olib borgan sharoitdagina o‘quvchilarda erkin fikr yuritish va ongli intizomni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda harbiy rahbar muloqot asosida u yoki bu tadbir rejasini, jamoaning birgalikdagi faoliyatini va uning a’zolari xatti-harakatini jamoa bo‘lib muhokama qiladi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi.
    Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqichda harbiy rahbar muloqoti barcha sinf a ’zolarining jamoa oldida turgan vazifalari asosida o‘z-o‘zlariga qat’iy talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqichda ham jamoa a’zolari o‘zlariga nisbatan muayyan talablar qo‘yishlari lozim. Ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi bilan ajralib turishi zarur.
    To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiyajarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash asosida olib borilishi kerak. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda harbiy rahbar muloqoti asosida amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.


    Yüklə 75,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə