«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya


 
Aseptik yallig’lanish
 
mexanik, fizik, kimeviy omillar ta’sirida hosil bo’ladi. 
Kechishi  bo’yicha  u  –  o’tkir  va  surunkali,  ekssudat  xiliga  qarab  serozli,  seroz  – 
fibrinozli va fibrinozli bo’ladi. Ekssudat tarkibida eritrotsitlar bo’lsa u gemorragik 
deyiladi.  Skipidar  va  boshqa  kimyoviy  moddalar  ta’sirida  aseptik  yiringli 
yallig’lanish paydo bo’ladi. 
 
Infeksion  yallig’lanish
  hayvon  to’qimalariga  mikroorganizmlarning 
o’rnashishi  natijasida  rivojlanadi.  Kechishi  og’irroq  bo’ladi.  Yiringli 
yallig’lanishni  streptokokk,  stafillokokk,  ko’k  yiring  tayoqchasi  va  boshqalar 
chaqiradi. Fakultativ anaeroblar esa chirish jarayonlarini rivojlantiradi. 
 
Yallig’lanish  himoya  –  moslashish  jarayoni  bo’lib,  ikki  o’zaro  bog’liq 
komponentlardan iborat: degeneratsiya – buzilish va regeneratsiya – tiklanish. Shu 
komponentlarning  bir  biridan  ustunligiga  ko’ra  yallig’lanish  quyidagilarga 
bo’linadi: 
1.
 
Normergik  yallig’lanish
  –  bunda  organizmning  javob    reaksiyasi 
shikastlovchi  omilga  teng.  Bu  turdagi  yallig’lanishda  kasallik  yengil  kechib, 
tuzalish bilan tugaydi. 
2.
 
Giperergik  yallig’lanish
 
–  nerv  sistemasining  adaptasion  –  trofik 
finksiyasi  buzilganda,  allergik  holatda  va  o’lgan  to’qimalar  ko’p  bo’lganida 
kuzatiladi.  Kechishi  o’tkir.  Bunda  buzilish  jarayonlari  tiklanish  jarayonlaridan 
ustun keladi. 
3.
 
Gipoyergik  yallig’lanishda 
shikastlovchi  agent  ta’siriga  organizmning 
javob  reaksiyasi  past  bo’ladi.  Bu  hildagi  jarayon  oriq,  kuchsiz,  ilgaridan 
kasallangan hayvonlarda ko’proq kuzatiladi. 
 
 Organizmning himoya reaksiyasi kuchsiz   bo’lgani  sababli      infeksiya  
kuchayadi  va  tez   tarqaladi.   Bunday yallig’lanishlar asosan anaerobli infeksiya 
va ionli
 
radiasion nurlanishlarda kuzatiladi. 
         Yallig’lanish ikki fazada kechadi. Har bir fazada o’ziga xos mahalliy biofizik 
– kimeviy o’zgarishlar kuzatiladi. 
 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə