«hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya» kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/247
tarix31.12.2021
ölçüsü1,21 Mb.
#82205
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   247
umumiy va xususiy xirurgiya

Yallig’lanish
 
bosqichlari

 
Birinchi  faza  asosan  ikki  bosqichdan  tashkil  topgan: 
yallig’lanish  shishi
 
hamda 
hujayrali  infiltratsiya  va  fagotsitoz 
  bosqichlari.  Yiringli  yallig’lanishda 
yana uchinchi – 
chegaralanish va ho’ppozlanish
 bosqichi kuzatiladi. 
 
Ikkinchi  fazaga  ikki  bosqich  –   
biologik  tozalanish  (so’rilish)
  hamda 
tiklanish  va  chandiqlanish
   
bosqichlari  kiradi.  Yiringli  yallig’lanishda  undan 
tashqari 
pishib yetilgan
 
 
ho’ppoz 
bosqichi kuzatiladi. 
          
Gidratatsiya fazasida kechadigan o’zgarishlar: 
 
Yallig’lanish  shishi
  bosqichining  klinik  belgilari:  mahalliy  haroratning 
ko’tarilishi,  (yiringli  yallig’lanishda  ham  umumiy  harorat  oshadi),  og’riq 
reaksiyasi,  to’qimalarning  serozli  shimilishi,  barmoq  bilan  bosganda  tez 
yo’qoladigan  chuqurcha  hosil  bo’lishi.  Qonda  gipofizning  ko’p  miqdorda 
yallig’lanish  gormonlari  (somatotropli,  tireotropli)  va  buyrak  usti  qobig’ining 
gormoni (dezoksikortikosteron) paydo bo’ladi. Yallig’langan joyda kam miqdorda 
asetilholin, 
adrenalin, 
gistamin 
va 
leykotoksinlar 
to’planadi.  Qonda 
leykotsitlarning miqdori ko’payadi. 
 
Hujayralar  infiltratsiyasi  va  fagotsitoz 
  bosqichi  zararli  agentlar  ushlab 
turilishi,  ularni  neytrallash,  aktivligi  bilan  faoliyatining  bostirilishi  bilan 
harakterlanadi.  Bu  davrda  yallig’lanish  atrofida  birlamchi  hujayrali  to’siq  hosil 
bo’ladi. 
 
Klinik  nuqtai  nazardan  shu  davrda  yallig’lanish  o’chog’ining  markazi 
zichlashadi,  barmoq  bilan  bosganda  chuqurcha  hosil  bo’lishi  qiyinlashadi  va 
yo’qolishi  sustlashadi,  umumiy  va  mahalliy  harorat  oshadi,  hayvonning  umumiy 
axvoli  yomonlashadi.  Yallig’lanish  o’chog’ida  aktiv  fagotsitoz  ,  fagoliz  va 
kuchaygan fermentoliz kuzatiladi. 
 
Kislota  –  ishqor  balansi  buzilib,  mahalliy  atsidoz  rivojlanadi.  Baravariga 
osmotik  va  onkotik  bosimlar  kuchayadi.  Suyuqlikda  kaliy  miqdori  oshadi.  Ko’p 
miqdorda fiziologik aktiv moddalar – nuklein kislotalar va adrenalin sistemasining 
moddalari – gistamin, bradikordin, leykotoksin, nekrozin va boshq. to’planadi. 
 
Yallig’lanish  o’chog’ida  to’qima  va  mikroblar  toksinlari  paydo  bo’ladi, 
natijada yallig’lanish markazida neyrodistrofik jarayonlar kuchayib, zararlanmagan 
to’qimalar  chegarasida  birlamchi  hujayrali  to’siq  hosil  bo’ladi,  aktiv  fagotsitoz  
kuzatiladi.  Fagotsitoz  ning  aktivligi  asosan  muhitning  kuchsiz  achchiqligida 
kuchayib, atsidoz kuchli bo’lganda esa umuman yo’qoladi. 
 Agar  jarayon  mikroorganizmlar  bilan  ifloslansa   
chegaralanish  va 
ho’ppozlanish
 bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda yallig’langan to’qimalar yanada 
zichlashadi.  Ammo  har  –  har  joyda  yumshagan  nuqtalar  seziladi.  Umumiy  holat 
yomonlashadi  va  og’riq  kuchayadi.  Bu  bosqichda  organizmning  himoya  kuchlari 
mikroblarni  o’rab  olib  yo’q  qilishga,  o’lgan  va  jonsiz  to’qimalarni  fermentlar 
yerdamida eritib yemirilishiga va  granulyatsion to’siq hosil qilishga yo’naltirilgan 
bo’ladi.  Jarayonning  neyrotrofik  boshqarilishi  to’liq  buziladi  va  patologik 
o’choqda  dekompensatsion  (qaytarib  bo’lmaydigan)  atsidoz  hosil  bo’ladi. 
To’qimalarning  qon  bilan  ta’minlanishi  to’liq  to’xtaydi.  Natijada  jarayon 
markazidagi  to’qimalar  fermentolizga  uchrab,  yemiriladi  va  yiringga  aylanadi. 


13 
 
Markaz  atrofida  atsidoz  nisbatan  kam  (rN  6,7–6,9)  bo’lgani  uchun,  fagotsitoz  
aktivlashadi va to’liq granulyatsion to’siq  hosil bo’ladi, barcha o’lgan to’qimalar 
suyuqlashib,  bo’shliq  paydo  bo’ladi,  granulyatsion  to’siq  shakllanib  infekt  bosib 
olinadi. 
 
Klinik belgilardan yarim sferik flyuktuasiya beradigan shish hosil bo’lishi va 
hayvonning umumiy axvolining yaxshilanishi kuzatiladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə