“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/50
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107218
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

o‘yin-topshiriqlar
ham o‘quvchidan xuddi mana shu bosqichlarni 
bosib o‘tishni talab etadi va uni ta’lim jarayonining subyektiga aylantiradi. 
Ta’limiy o‘yinlarning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u 
o‘quvchidan tezkorlik, sezgirlik va topqirlikni talab qiladi.
Ta’limiy o‘yinlarning boshqa o‘yin turlaridan tub farqi shundaki, bola 
jarayonda ishtirok etishi orqali bilim oladi, egallagan ko‘nikma va malakalarini 
kengaytiradi. 
Bu vazifalar o‘quvchini bilim, ko‘nikma va malakalar silsilasi bilan qurollantirshni 
nazarda tutadi. Modomiki shunday ekan, demak, o‘qituvchi o‘quvchilarni 
belgilangan vazifani bajarishga undaydi, yo‘naltiradi. Bu jarayon o‘quvchidan 
oldin egallagan bilimlarni xotirada tiklashni, zaruriyat tug‘ilganda uni yangi 
sharoitda qo‘llay olishi, o‘zida mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlarni ishga 
solishni talab etadi. 
Ta’limiy o‘yinda harakat usuli ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin 
harakati o‘quvchilarning diqqatini o‘ziga tortishi bilan birga, ularni tez faoliyat 
ko‘rsatishga ham undamog‘i darkor. Chunki bellashayotgan o‘quvchilar yoki 
36
Худойқулов Х.К. Ўқитишнинг интерфаол технологияларидан фойдаланиш – касбий билимларни 
ўзлаштиришнинг муҳим омили. “Касб-ҳунар таълими”, 2014, 5-сон, 15-бет.


59 
muayyan guruhlardan texkorlik, sezgirlik, chaqqonlik talab etiladi. Shuni 
unutmaslik lozimki, faqat harakat usulidan xabardor o‘quvchigina o‘yin shartini 
to‘g‘ri bajarishga yo‘l topadi.
Ta’limiy o‘yinlar hamma vaqt belgilangan qoidaga bo‘ysinadi. Shubhasiz, 
bu qoidalar o‘yin-topshiriqning shartida o‘z ifodasini topadi. O‘yin qoidasiga 
qat’iy amal qilish uchun uni muvaffaqiyatli bajarishning asosiy shartidir. 
Ma’lumki, ta’limiy o‘yindan ko‘zlangan maqsad uning natijasida namyon bo‘ladi. 
Shuning uchun musobaqadosh ishning yakunida nimaga erishishlari mumkinligini 
aniq bilishlari kerak. Dars jarayonda tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlarning asosiy 
maqsadi o‘quvchilarni zerikish va toliqishdan saqlashdir. Shuni yodda turmoq 
lozimki, o‘yin orqali singdirilgan bilim o‘quvchi xotirasiga mustahkam o‘rnatib 
qoladi va bu bilimlarni u har qanday tanish va notanish sharoitida ishga sola oladi. 
Shunday qilib, ona tilidan tashkil etiladigan ta’limiy o‘yinlar mazmuni o‘z ichiga, 
asosan, to‘rt omilni qamrab oladi: 1) o‘yinning vazifasi; 2) o‘yinning harakati; 3) 
o‘yinning qoidasi; 4) o‘yinning yakuni.
Ona tilidan o‘quvchilarga beriladigan o‘yin-topshiriqlarni murakkablik darajasiga 
ko‘ra, asosan, uch turga ajratish mumkin:

qayta xotirlashga asoslangan o‘yin-topshiriqlar; 
– qisman ijodiy o‘yin-topshiriqlar; 
– ijodiy o‘yin-topshiriqlar 
Quyida har bir o‘yin-topshiriq turlarini tavsiflaymiz: 1) Qayta xotirlashga 
asoslangan o‘yin-topshiriqlar o‘quvchida hech qanday ijodiylikni, egallagan 
bilimlarni yangi sharoitda qo‘llashni, yaratuvchilikni talab qilmaydi. Oldin 
o‘rganilgan mavzular yoki bo‘limlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo‘lgan 
o‘quvchi bunday topshiriqlarni bemalol bajarishi mumkin. Chunonchi, olmoshning 
tuzilishiga ko’ra turlari o‘rganilgach, gaplardagi olmoshlarni topib va ularni 
sodda, qo’shma,juftolmoshlaridan qay biriga tegishli ekanligini aniqlashlari darkor. 
2) Qisman ijodiy o‘yin-topshiriqlar o‘quvchidan ma’lum bir yordamga asoslangan 
holda faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi. 


60 
3) Ijodiy o‘yin-topshiriqlar oldin egallagan bilimlarni tamomila yangi sharoitda 
qo‘llash demakdir.
Ona tilidan tashkil etiladigan o‘yin-topshiriqlarni qay maqsadga 
yo‘naltirilganligiga qarab: 

lisoniy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga qaratilgan o‘yinlar; 

o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va hutqini rivojlantirishga qaratilgan 
o‘yinlar kabi turlarga bo‘lish mumkin.
Lisoniy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga qaratilgan o‘yinlar va shu jarayonda 
bajariladigan o‘yin-topshiriqlar asosan grammatik bilimlarni o‘zlashtirish, 
o‘zlashgan bilimlar asosida ko‘nikma va malakalar hosil qilishga qaratilgan 
bo‘ladi. Bunday o‘yin-topshiriqlarga bilim olishga va uni mustahkamlashga 
qaratilgan ish turlarini kiritish mumkin. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə