I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari


Shaxsiy yondashuv maqsadi



Yüklə 201,35 Kb.
səhifə8/21
tarix16.05.2023
ölçüsü201,35 Kb.
#110630
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
ILM YO\'LI

4.1. Shaxsiy yondashuv maqsadi
Bu berilgan standart ostiga ―qayta yasalishi va bo’ysundirilishi emas, balki shaxsning rivojlanishi, ―uning qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilinishidir. Shaxsiy yondashuv ta‘lim jarayoni sub‘yektlarining shaxsiy majburiyatlari (funksiyalari) rivojlanishining to’laqonli namoyon bo’lishi uchun shart-sharoitlar yaratilishini ko’zda tutadi.
Shaxsiy funksiyalar – bu shaxs tomonidan ―uyg’un rivojlangan shaxs bo’lishdek ijtimoiy buyurtmani amalga oshiruvchi ma‘lum bir sifatlarning namoyon qilinishidir.
Ta‘lim jarayonini tashkil etish asosi sifatida shaxsiy yondashuv bola shaxsining jamoa oldida tan olinishini, unda gumanistik o’zaro munosabatlarning hosil qilinishini asosiy deb biladi. Mana shu munosabatlarga bog’liq holda bola o’zini shaxs sifatida anglaydi va boshqa kishilarda (tengdoshlari va kattalarda) ham shaxs sifatida ko’rishni o’rganadi. Har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish yo’llari pedagogning qadriyatli yo’nalishlariga, ya‘ni, uning xulq-atvorida ifodalanadigan moddiy va ma‘naviy qadriyatlarga, yo’l-yo’riqlar, ishonch-e‘tiqod, moyilliklarga nisbatan tanlama munosabatlariga bog’liq bo’ladi.
Pedagogning mahorati uning kasbiy faoliyatini yo’nalishini belgilab beradi. Pedagogning shaxsiy yondashuvi bolaga o’zini shaxs sifatida anglashda hamda imkoniyatlarini aniqlashga yordam ko’rsatishini ko’zda tutadi.
4.2. Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv
Bu shunday o’qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, tajribasini, maktabgacha ta‘lim tashkilotiga kelgunigacha oiladagi madaniyatni hisobga oladi, bu bolani o’qitishdagi maqsadlarga erishishida yordam beradi.
1. O’qitish bolalar eng optimal ravishda qanday rivojlanayotganliklari va o’qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak;
2. O’qtishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o’qitish va rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog’liq bo’ladi;
3. Pedagogning asosiy vazifasi bu bolaning potensialni aniqlashi va uning rivojlantirilishiga yordam ko’rsatish;
4. Maktabgacha ta‘limning o’ziga xosligi bolalikning qadr-qimmatini tushunish va uni muddatidan oldin katta bo’lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:
1. Bolalarni ular qanday bo’lsalar, shunday qabul qilish.
2. Bolalarga o’qitish maqsadlariga erishishda ko’maklashish.
3. Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o’z yosh guruhlarida qanday
o’qiyotganliklarini bilish tarbiyachiga o’qitishni rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang’ich ma‘lumotni berish.
4. Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo’lsa, bola
muvaffaqiyat qozona olmaydi.
5. Pedagog bolaning turli xil predmetlar bilan faoliyatini, uning turli xil mashg’ulotlarga kirishib ketganligini doimiy kuzatishi kerak, bolalarning qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi lozim.
6. Bu axborotlar asosida pedagog rejalashtirishni amalga oshiradi va bolaning rivojlanishida olg’a siljishga erishi uchun o’qitish metodlarini moslashtiradi.
7. O’qitish bolalar endilikda nimalarni bilishlari va uddalay olishlarigagina emas, balki ulardan yangi ko’nikmalarni va yangicha tushunishni hosil qilish yo’nalishida ma‘lum bir urinishlarni ham talab qilishiga asoslanadigan bo’lsa, eng samarali bo’ladi
8. O’qitish maqsadlari berilgan yosh guruhidagi ko’pchilik bolalar uchun realistik va erishiladigan bo’lishi kerak. Bolalarga yangi hosil qilingan ko’nikmalarni amalda qo’llashning ko’plab imkoniyatlari taqdim etilishi lozim. Bolalarga o’qitish maqsadlariga erishishda yordam ko’rsatish
1. Bolalar odatda yangi ko’nikmalarni o’z tashabbuslari bilan, masalan, zinapoyadagi pog’onalarni sanash kabi, amalda qo’llaydilar.
2. Yangi ko’nikma o’z takomiliga yetkazilishi bilan bolalarga o’rganishni davom ettirish uchun yangi vazifalar kerak bo’ladi. Lekin bu vazifalar ham realistik bo’lishi zarur.
Bolaga yo’naltirilgan yondashuv
1. Pedagoglar joriy davrdagi olg’a siljish darajasini belgilayotganlarida va keyingi qadamlarni rejalashtirayotganlarida dastur maqsadlarini xotirada tutadilar.
2. Maqsadlar qanchalik realistik ekanligi darajasi individual bolaning rivojlanish darajasiga, oldingi tajribalarga, bilim va ko’nikmalarga, shu jumladan, o’qitish ro’y berayotgan kontekstga bog’liq bo’ladi.
Pedagog qabul qiladigan qarorlar
1. Katta yoshdagi bolalar pedagoglari har kuni bolalar qanday kitoblarni o’qishlari, kichik guruhlarga qancha kishini kiritish kerakligi, qanaqa savollarni berish, boshqalar bilan o’yinga kirishib keta olmayotgan bolaga qanday qilib yordam berish bo’yicha ko’plab qarorlarni qabul qiladilar.
2. Boshqa qarorlar – pedagoglar rivojlantiruvchi muhitga, materillarni joylashtirishga, kichik guruhlarda ishlash uchun bolalarni qanday qilib taqsimlashga nisbatan qabul qiladigan qarorlardir.
3. Barcha vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar sinchiklab ko’rib chiqish va rejalashtirish natijasi bo’lib sanalishi kerak.
Pedagoglar tomonidan axborotlashtirilgan qarorlarni qabul qilish – barcha kichik va muhim qarorlar axborotlashtirilgan holda, ya‘ni, pedagog o’z kuzatuvlari (bolalarni kuzatish va ularning ota-onalari bilan suhbatlashish natijasida tarbiyachilar har bir bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, shuningdek, qiziqishlarini bilib oladilar) asosida oladigan axborotlarga tayangan holda qabul qilinishi lozim.
Pedagog diqqat qilishi lozim bo’lgan omillar – bolani o’qitish bo’yicha qaror qabul qilishda pedagogni yetaklashi lozim bo’lgan uchta muhim omil mavjuddir:
1. Berilgan yosh guruhidagi bolalarning rivojlanishi va o’qishi haqida nimalar ma‘lum bo’lsa ularni e‘tiborga olish. Pedagoglarni bolalarni yosh xususiyatlarini bilishi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos holda ta‘lim jarayonini tashkil etish imkonini beradi, ishlarni rejalashtirish, qanday materiallar va mashg’ulotlar xavfsiz,qiziqarli, yetarlicha murakkab bo’lishi bolalarning yaxshi rivojlanishi hamda o’qitilishiga yordam beradi. Bu omil yoshiga moslik deb ataladi.
2. Har bir bolaning individual xususiyatlarini e‘tiborga olish. Har bir individual bolaning kuchli va kuchsiz tomonlari, qiziqishlari va ehtiyojlari haqidagi ma‘lumotlarni to’plash pedagoglarga o’qitishda moslashtirilgan va individual variativ yondashuvlarni amalga oshirish hamda samarali individuallashtirish imkonini beradi.
3. Bolalar yashaydigan ijtimoiy va madaniy qadriyatlar haqida nima ma‘lum bo’lsa, ularni e‘tiborga olish. Bolaning uyidagi va o’z hamjamiyatidagi turmushini shakllantiradigan qadriyatlar, kutishlar, xulq-atvor va tilga doir o’ziga xosliklarni o’rganish pedagoglarga bolalar uchun ma‘noga ega bo’lgan rivojlantiruvchi muhitini va mashg’ulotlarni tashkil etishga imkon beradi, ularning madaniyati bilan taqqoslanadi va bolalarga hamda ularning oilalariga hurmat namoyish etiladi.

Yüklə 201,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə