I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari


 Globallashuv va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro



Yüklə 106,55 Kb.
səhifə7/18
tarix30.12.2023
ölçüsü106,55 Kb.
#164722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish-fayllar.org

1.2. Globallashuv va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro 
bog’liqligi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri 
Iqtisodyot borgan sari globallashmoqda. Hozirga kunda hukumatlarning hatti-
harakati standartlarga va ko’proq siyosiy ravshanligiga erishishga katta ta’sir
ko’rsatuvchi yangi global tashkilotlar vujudga kelmoqda.
Globallashuv jarayonlariga ikki turdagi o’zgarishlar sababchi bo’ladi:
texnologiyalarining rivojlanishi va iqtisodiy siyosatning liberallashuvi. Bu o’zgarishlar
axborotlar oqimi, iqtisodiyot (daromadlar va boyliklar taqsimlanishi sohasida) ustidan
olib borilayotgan davlat nazoratini kamaytiradi, ma’naviy boyliklarni ahamiyatini
mustahkamlaydi. Aslida globallashuvning hukumat faoliyatiga bo’lgan ta’siri juda
murakkab bo’lib, o’z ichiga siyosatdagi har-xil kuchlar balansini va ta’sirini qamrab
oladi.
Birinchi qarashda globallashuv ba’zi bir milliy manopoliyalarni buzadi: aloqa,
TV, radio, xalqaro telefon xizmati va fakslar jo’natilishi, odatda boshqa tovar va
xizmatlarga qaraganda oddiy aholi uchun ancha arzon. Bugungi kunda internet
haqiqatdan ham global tarmoq bo’lib, kommunikastiyalar va axborot almashuvida katta
imkoniyatlar yaratadi.
Shunga o’xshash holatni davlat tomonidan iqtisodiyotning rivojlanishini tartibga
solinishi nazarda tutilishni iqtisodiyotda ham ko’ramiz bu erda bir nechta muammo
ko’rib chiqilmoqda
9
.
Birinchidan, global bozorlarning, ayniqsa bir kunlik aylanishi 1 trln AQSh
dollarini tashkil etuvchi valyuta bozorning faoliyati. Bu faoliyat masalan, ishsizlik,
inflastiya darajasini tartibga solish bo’yicha davlat tomonidan o’tkazilayotgan mustaqil
milliy siyosatni o’rnatishga putur etkazadi.
9
А. И. Уткин «ГЛОБАЛИЗATSIЯ: ПРОЦЕСС И ОСМЫСЛЕНИЕ» 55-63стр Москва-2022



12
Ikkinchidan, qisqa muddatli va uzoq muddatli kapital, yuqori malakaga ega


mehnat resurslari kabi ishlab chiqarishining yuqori safarbarligini ko’rsatuvchi omillar
davlat tomonidan ishlab chiqarishni joylashtirish, daromadni taqsimlanishi, soliq
stavkalarini o’rnataishi, atrof muhitni muhofaza qilish va band qilish sohalari ustidan
bo’lgan nazoratni ancha kamaytiradi.
Uchinchidan, davlatning jahon inqirozi oldidagi zaifligi.
Globallashuv to’g’risida so’z yuritilganda ko’pincha uni ahamiyatining ortirib
yuborilishini moyilligi ko’zga tashlanadi. Siyosatda o’tkazilayotgan cheklanishlar
davlat tomonidan o’z xohishiga qarab o’rnatiladi. Valyuta kursini fiksastiya qilish
rejimini tanlagan davlatlar valyuta sisyoatining ayrim qurollarni qo’llashdan voz
kechadi. Valyuta mustaqilligini tanlagan davlatlarining harakatlari ilgariga nisbatan
ham o’zgarmagan. Lekin bu mustaqillik faqat inflastiyani yuqori darajasini o’rnatishni
o’z ichiga oladi. Fiskal siyosatda ana shunday muammolar mavjud. Hukumatlar jahon
bozorining sarmoyalarini jalb qilgan holda noaniq va omonat byudjet tanqisligini
mablag’ bilan ta’minlay olmaydilar, ammo ular aholiga murojaat qilishi mumkin yoki
ichki va tashqi qarzlar bo’yicha o’z majburiyatlari bajarishdan voz kechadilar. Paradoks
shundaki, jahon kapital bozorining sarmoyalarini jalb qilgan holda globallashuv
hukumatlarga mablag’ bilan ta’minlash mablag’larini kengaytirishga imkoniyat
yaratadi. Erkin savdo sharoitidagi mehnat va kapitalning mobilligi o’sishi bilan milliy
mustaqillik daromadlar taqsimlanishi ishlab chiqarish va savdo sharoitlari omillarining
mobilligiga bog’liq. Agar davlatlar o’z vaziyatini o’zgartirishga harakat qilganlarida,
milliy siyosat instrumentlari o’z kuchini yo’qotadi yoki qo’llash doirasidan chetda
qoladi. Yuqori korparativ soliqlarining va daromad solig’ining yuqori stavkalarining
kiritilishi kapitalning oqib ketishi va immigrastiyaning o’sishiga olib keladi.
Rivojlangan davlatlarda valyuta nazorati deyarli qo’llanilmayapti, negaki uning
qo’llanilishi samara bermaydi va kapitalning oqib ketishiga sabab bo’ladi. Demokratiya
sharoitida biroz oson bo’lsada, erkin savdoni o’rnatishdan manfaatdor ta’ziyq



13
ko’rsatuvchi guruhlar bilan hisoblashishga to’g’ri keladi. Bilvosita soliq stavkalaridagi


farq arbitraj spekulyastiyalar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Daromad manbalari
sifatida tariflarni qo’llash savdo erkinligi bilan chegaralanadi.
Shunday qilib, globallashuv davlatlarning iqtisodiy siyosat sohasidagi ustamonlik
bilan harakat qilishlarini cheklaydi, lekin hech ham uni bekor qilmaydi. Hukumatlar
davlatdagi investistiya iqlimini investorlar uchun qiziqish o’yg’otishini quyidagi
tadbirlar bilan belgilaydilar
10
:

Infrastrukturani rivojlantirish;

Maorifni, kadrlirni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini qo’llab
quvvatlish;

Ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bilan birga xizmat ko’rsatish
sohasidagi narxlarni pasaytirish;

Erkin raqobat uchun sharoit yaratish yoki normalarni tartibga solishni
o’zgartirish;

Mehnat bozorining faoliyatini takomillashtirish.
Kommunikastiyalar tizimining va liberallashuv siyosatining takomillashi
yordamida kechuvchi iqtisodiyot va jamoatdagi globallashuv jarayonlarining
chuqurlashib borishi umuman olganda ijobiy ta’siriga ega. Bu jarayonlarning
kechishida turmush tarzining mislsiz o’sishiga, boy va kambag’al davlatlarning
individiumlar uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga olib keldi.
Ammo bu ijobiy tomonlarining boshqa taraflarini ham unutmaslik lozim.
Integrastiya jarayonlarining yo’ldoshi bo’ldi
11
:
10
М,Г,Делягин «Мировой Кризис, Обшая Теория Глобализatsiя», 216-221 стр, Москва-2022
11
М,Г,Делягин «Мировой Кризис, Обшая Теория Глобализatsiя», 216-218 стр, Москва-2022



14


Jahon inqirozlari oldidagi zaiflik, “yaxshilik” bilan bir qatorda “yomonlik”
tarqalishining xavfi. Bu birdamlikni, hukumatlararo qarorlar qabul qilinishini talab
qiladi;

Ko’pchilik uchun globallashuv jarayoni muqarrardek tuyuladi, aholi bu
o’zgarishlarga ko’nikishi lozim. Ammo hamma ham bunga tayyor emas. Globallashuv
jarayonlarining dushmanlari ham ko’p.
Quyidagi 1-jadval integrastiyaning xalqaro boshqarish tizimi qanday
rivojlanayotganini ko’rsatadi.

Yüklə 106,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə