I bob. Umum-ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida muhandislik grafikasi fanlarini o'qitish


II BOB. CHIZMACHILIKNING ASOSIY MAVZULARINI O`RGATISH METODIKASI



Yüklə 140,5 Kb.
səhifə5/9
tarix23.12.2023
ölçüsü140,5 Kb.
#157136
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I bob. Umum-ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida muhandi

II BOB. CHIZMACHILIKNING ASOSIY MAVZULARINI O`RGATISH METODIKASI.
2.1 0`quvchilarni chizma standartlari bilan tanishtirish va chizmani taxt qilishga o`rgatish
TAYANCH SO‘ZLAR: Standart, konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi, o`zaro almashuvchanlik, unifikatsiyalash, chiziq turlari, masshtab, chizma shrifti
Chizma standartlari bilan tanishtirishda o`quvchilarga standartlashtirish tarixi, rivojlanishi va turmushda qo`llanilishiga aloqador qiziqarli va ishonchli Insollar keltirilib o`tilishi kerak. Materialni bayon qilishni «standarti» so`zining ma’nosi norma, namuna so`zlarini tushuntirishdan boshlanadi.
Standartlashtirish - bir xil vazifani bajarish uchun mo`ljallangan har xil mahsulotlarni kam sonli namunalar ko`rinishiga keltirish demak. Standartlashtirish prinsiplari mahsulot namunalari va uning qismlari qayerda ishlatilishidan qat’iy nazar bir xil xossalarga ega bo`lib, o`zaro almashtirilishiga imkon berishini talab qiladi. Aks holda buyumlarning ishdan chiqqan qismlarini almashtirish, ta’mirlash mumkin bo`lmay qolar edi. Oldingi, eskirgan mahsulotlar o`rniga yangidan taklif qilinadigan va loyihalanadigan mahsulotlarni «hayotga yo`llanma olishi uchun» maxsus hujjatlar standartlar ishlab chiqilgan.
Standartlarda mahsulotga qo`yiladigan barcha talablar bayon qilinadi. Sanoat va xalq xo`jaligi turli sohalarining mahsulotlari, o`lchov birliklari, atama va belgilashlar, ishlab chiqarish jarayonlari, sinov va o`lchov metodlari kabilar standartlashtirish obyektlari hisoblanadi. Standart hamma uchun majburiy bo`lib, unga qattiq amal qilinishi shart. Shuning uchun ham u qonun kuchiga ega hujjat sifatida chiqariladi.
Masalan: KHYT {konstruktorlik hujjatlarining yagona ftzwi/)ning asosiy vazifasi konstruktorlik hujjatlari (chizmalar)ni taxt qilish, muomalaga kiritishning yagona qoidalarini belgilashdan iborat. Standartlar bo`yicha tayyorlangan dastlabki mashinasozlik detallari bolt va gaykalar bo`lgan. VIII asrdayoq mayda hunarmandchilik o`rniga zavod ishlab chiqarishi keng kirib kelishi bilan bolt va gaykalarni har bir zavod ixtiyoriy shakl va o`lchamlarda tayyorlashi oqibatida bir mashinaning bolt hamda gaykalari ikkinchisiga to`g`ri kelmay boshladi. Shuning uchun ham keng tarqalgan bir xil detallar (bolt, gayka, shponkalar) uchun o`lchami, shakli va materialini bir xil qilib tayyorlashga o`zaro kelishilgan, ya’ni standartlashtirilgan. Shundan keyin o`qituvchi o`quvchilarga KHYT tomonidan chizmalarni bajarish uchun har xil chiziqlar belgilanganini va ularning turlari hamda qo`llanilishi sohalarini tushuntirishi mumkin. KHYT konstruktorlik hujjatlari (KH)ni tayyorlashga tegishli keng ko`lamdagi masalalami o`z ichiga oladi. U 0 dan 9 gacha bo‘lgan (nuqtadan keyingi birinchi raqam) 10 ta klassifikatsion guruhga bo`linadi.
Nolinchi guruh - DST 2.001-93 va keyingilari umumiy qoidaiami belgilaydi. DST 2.001-93 davlatlararo standart hisoblanadi. U 12 ta MDH davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiya bo`yicha Davlatlararo Kengashi tomonidan qabul qilingan va 0`zbekiston Respublikasida ham bevosita Davlat standarti sifatida amalga kiritilgan. U KHYT standartlarining asosiy vazifasi KH bajarish, taxt qilish va muomalaga kiritishning yagona, qulay qoidalarini belgilaydi.
Ushbu DST tomonidan konstruktorlik hujjatlari mahsulotga aloqador barcha normativ huquqiy talablarga javob berishi zarur. Birinchi guruh - DST 2.101.68./..-umumiy qoidalar; ikkinchi guruh -DST 2 201-80.... - KH va mahsulotlaming belgilanishi; uchinchi guruh - DST 2.301-68 ... - chizmalarni bajarishning umumiy qoidalari; to`rtinchi guruh - DST 2.401.... - mahsulotlar chizmalarini bajarish qoidalari; beshinchi guruh - DST 2.501-88.... - KHni hisobga olish va foydalanish; oltinchi guruh - DST 2.601-68.... - ekspluatatsion va ta’mirlash hujjatlari; yettinchi guruh - DST 2.701-84.... - sxemalarni bajarish qoidalari; sakkizinchi guruh - DST 2.801-74.... - loyihalashning maket metodi; DST 2.850- tog` grafikasi hujjatlari; to‘qqizinchi guruh - boshqa standartlar.
Chizmachilik kursida asosan uchinchi guruh standartlari, birinchi, to`rtinchi va yettinchi gilardan ayrim standartlar tanlab o`rganiladi. Kishilarning mehnat faoliyati-obyektlarini standartlashtirishga bo`lgan intilishlari qadim zamonlardan boshlangan. Qadimgi Misrda o`q yoy va o`qlar standartlashtirilgan. standart o`lchamdagi toshlardan piramidalar bunyod qilingan, 0`tkazilgan arxeologik tadqiqotlar, qadimiy qo`lyozmalar 0`zbekiston hududida bundan 2000-2500 yil ilgari ham, standartlashtirish yuksak darajada bo`lganligidan dalolat beradi. Eramizgacha bo`lgan birinchi ming yillik boshida, ayniqsa mill.aw. VII-Vi asrlarda hozirgi 0`zbekiston hududida shahar qurilishi va me’morchilik yuksak darajada rivojlangan.
Mamlakatimiz hududidagi itifoq davlatchilik shakli - qadimiy Xorazm davlatining shakllariishini ham tadqiqotchilar shu davrga bog`laydilar. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, Aleksandr Makedonskiyning 0`rta Osiyoga yurishi davrida (mill.aw. IV asr) Qadimiy Xorazmda markazlashgan davlat shakllanib u o`zining davlat tili va yil hisobiga ega bo`Igan. Aleksandr Makedonskiy qo`shinlari 0`rta Osiyoda paydo bo`lgan davrda, Qadimiy Xorazmda mahalliy kalendar (taqvim)ga asosan X asr hukm surayotgan edi (Beruniy. «Qadimiy xalqlar yodgorliklari»). Eski Termiz, Qadimiy So`g`d va Xorazmning «o`lik» vohalaridagi qal’alarda o`tkazilgan arxeologik qazilmalar ko`satishicha, eramizdan avvalgi IV asrdan boshlab shaharlar aniq to`g`ri to`rtburchak ko`rinishida bo`lib, o`zining mudofaa devorlariga, uy-joylarning va ko`chalamirning tartibli rejalashtirilishiga ega bo`lgan. Ushbu davrdagi qurilish texnikasi ham yetarlicha rivojlangan. Devorlar 40x40x10 sm. O`lchamdagi yirik loy g`ishtlardan ko`tarilgan. O`zbekiston hududida standartlashtirishning rivojlanishi dastlab qurilish, irrigatsiya inshootlarini barpo qilishda yaqqol ko`zga tashlansa, keyinchalik u xalq hunarmandchiligi sohalari va qurol-aslaha tayyorlashga ham kirib borgan, masalan, milliy do`ppilar, cholg`u asboblari, gilamchilik, o`q-yoy va shunga o`xshash ko`plab mahsulotlar hunarmandlar tomonidan qat’iy belgilab tayyorlangan qoliplar va o`lchamlar asosida tayyorlangan. Lekin bu standartlashtirish nisbatan shartli bo`lib, kishilarning turmush tarzi hamda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalariga bog`liq holda har bir hududda o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan va o`zgarib turgan. 1798-yilda fabrikant Uitni AQSh Kongressi yig`ilishiga 10 ta miltiqni olib kelib, ularni qismlarga ajratib aralashtirib tashlaydi va ularni qaytadan yig`ib sifatini tekshirib ko`rishni taklif qiladi. Ushbu sana standartlashtirishning eng zarur qismi bo`lgan o`zaro almashuvchanlikka asos solingan kun hisoblanadi.
Chiziq turlari bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o`quvchilarga 29-shakldagi chizmani ish daftarida bajarib, ko`rsatilgan jadvalni to`ldirishni taklif qilish mumkin. Format, chizma hoshiyasi va asosiy yozuv – o`quvchilar hamma chizmalar standartlarda ko`rsatilgan belgilangan formatdagi chizmachilik qog`ozlarida bajarilishini yaxshi bilishlari kerak. Maktab amaliyotida A4 (297x210) formatli chizmachilik qog`ozi qo`llaniladi. A3 (297x420) formatdan ham foydalanish mumkin. Chiziq turlarini tushuntirishda o`qituvchi o`quvchilar e’tiborini quyidagi holatlarga qaratib o`tishi zarur: Agar chizmadagi hamma chiziqlar, masalan, ko`rinar va ko'rinmas kontur chiziqlari, shtrixlash chiziqlari, o`q, o`lcham va chiqarish chiziqlari bir xil shakl va qalinlikda chizilsa, bunday chizmani o`qish imkoniyati bo`lmas edi. Xuddi shunga o`xshab har bir chizmakash (konstruktor) bir xil o`rinda har xil chiziqlardan, masalan ularning biri o`q chiziqlami shtrixpunktir chiziqlar bilan, kontuming ko`rinmas chiziqlarini esa shtrix chiziqlar bilan, ikkinchisi esa teskari tartibda bajarsa, bunday chizmalami o`qishda katta qiyinchiliklar tug`ilar edi. Shuning uchun ham chizma bajarish bo`yicha dastlabki standartlar ichida «Chizma chiziqlari» qabul qilingan. Ushbu tushuntirishni o`qituvchi oldindan tayyorlangan 2-3 ta ko`rgazmali plakat yordamida bayon qilsa o`quvchilarda chiziq turlari va ularning ahamiyati haqidagi tushuncha mustahkam shakllanadi.
Chizma shriftlari haqida ma’lumot. O`quvchilami bir nechta darsda yozuvlami shriftda to`g`ri bajarishga o`rgatish mumkin emas va buning iloji ham yo`q. Shuning uchun o`quvchilami shrift yozish bo`yicha doimiy mashq bajarib borishga undash kerak. Shu yerda ularga kishi dastxati ko`rinishi chizma shriftlarini egallashga hech qanday bog`liq emasligi tushuntiriladi. Yozuvlar (raqamlar, shartli belgilar, so`z va gaplar) chizmaning ajralmas qismi bo`lib ularni bajarishga katta e’tibor berish kerak.
Maktab o`quvchilari uchun shtrift turini tanlashda yozuvlar va o`lcham qo`yish uchun ko`proq qulay bo`lgan standartlardagi В tipdagi og`ma shriftlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Umum-ta’lim maktablaridagi chizmachilik dasturi shriftlari chuqur o`rganishni talab qilmaydi. Shuning uchun ham yozuvlarning shakli standartlarga yaqinlashsa kifoya.
Masshtablar. Bu bilan o`quvchilar boshlang`ich sinflardayoq tanishganlar. Shuning uchun 0`qituvchi masshtablar, ularning turlari va ishlatilish sohalari haqida qisqacha ma’lumot bersa yetarli. Bizning atrofimizdagi narsalar juda katta o`lchamlarda (turar-joylar, samolyotlar, ekskavatorlar va hokazoiar) yoki juda kichik (radioapparatura detallari, o`lchov asboblari va hokazoiar) ekanligiga o`quvchilar e’tiborini qaratish maqfsadga muvofiq. Ba’zan ularning ikki turini ham chizmada haqiqiy o`lchamlarida tasvirlash qiyin, ko`pincha iloji ham yo`q. Chizma formatlari va boshqa konstruktorlik hujjatlarini standartlashtirilishi konstruktorlik stoli, chizmakashlik doskasi, papka, shkaf va stellajlami ma’lum bir 0‘lchamda tayyorlash unifikatsiyalash imkonini beradi.
Chizmalarni oldindan belgilangan o`lchamdagi qog`ozlarga bajarish ko`pincha ortiqcha qog`oz sarflanishiga sabab bo`ladi. Lekin yagona standartlar belgilanishi natijasidagi yuqorida ko`rsatib o`tilgan afzalliklar chizma formatlari bo`yicha standartlami chizmachilikdagi eng asosiy standartlar qatoriga kiritadi. Buyumlami chizmada kattalashtirib yoki kichraytirib tasvirlash uchun masshtablardan foydalaniladi. Chizmada detal qanday masshtabda tasvirlanganidan qat’iy nazar unga haqiqiy o`Ichamlar qo`yilishi shartliliga o`quvchilar e’tiborini qaratish kerak. Buyum haqida yaqqol tasavvurga ega bo`lish hamda uning alohida elementlari, oicham lari nisbati haqida to`g`ri tasavvur hosil bo`lishi uchun buyum chizmada ma’lum masshtabda tasvirlanishi kerak. Ayrim hollarda tasvirlanayotgan buyum yaqqolligini ta’minlash maqsadida masshtabdan «chekinish»ga ham yo`l qo`yiladi.
Masalan, juda kichik bo`lgan qiyalik va konuslikni maxsus ravishda kattalashtirib tasvirlanadi. Bir xil elementlar, masalan, ikkita teshik yoki o`yiq o`lchamlari farq juda kam bo`lgan hollarda ularni masshtabga rioya qilmasdan (o`lchamlardagi farqni orttirib) chizish mumkin. Ba’zan buyumning hamma qismini masshtab bo`yicha tasvirlash imkoniyati yoki, unga zaruriyat ham bo`lmasligi mumkin. Masalan uzun detallar (sim, valning bir xil diametrli uzun qismlari, o`q,...) odatda chizmada uzib tasvirlanadi. Ayrim chekinishlarga qaramasdan chizmalar hamisha qat’iy ravishda Davlat standartlarida belgilangan masshtablar bo`yicha bajarilishi shartligini o`quvchilarga tushuntirish kerak.
O`quvchilarga maktab geometriya kursidan ma’lum bo`lgan geometrik yasashning asosiy usullari haqidagi ma’lumotlami kengaytirish va mustahkamlash, nazariy qoidalami chizma bajarishdagi amaliyotga bog`lash, tutashmalarni bajarish usullarini o`rgatish hamda chizmachilik asboblarida ishlash malakalarini rivojlantirish kabilar maktab chizmachilik kursidagi geometrik yasashlar mavzusi oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Mavzu bo`yicha kirish suhbati jarayonida o`quvchilarga real detallarni namoyish qilib, tutashmalar, aylanani teng 80 bo'laklarga bo`lish kabilarda geometrik yasashlaming ahamiyati tushuntiriladi.
Geometrik yasashlaming ishlab chiqarish va texnikada amaliy qoilanishini o`quv ko`rgazmali qo`llanmalardan keng foydalanib tushuntirish kerak. 0`qituvchi quyish yoki mexanik ishlov berish usulida tayyorlangan silliq shaklli detallami o`quvchilarga ko`rsatib, sirtlar orasidagi ravon o`tish qanday amalga oshirilishini, buni chizmada qanday qilib grafik tasvirlash mumkinligiga to`xtab o`tadi.
Prokladka, flanets, shayba, disk kabi sirtida aylana bo`ylab teshik va o`yiqlar bir tekis joylashgan detallar chizmasini bajarishda oldin 0`qituvchi o`quvchilarga shunga o`xshash detal yoki uning modelini ko`rsatishi kerak. Sinf doskasida o`quvchilarga aylanani teng qismlarga boiish usullari chizib ko`rsatiladi. Shu o`rinda 0`qituvchi aylanani teng qismlarga bo`lish va uning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berib o`tishi zarur bo`ladi.
Kishilar aylanani teng qismlarga boiish va undan amalda foydalanishga juda qadim zamonlardan harakat qilib kelishgan. O`quvchilarning hammasiga tanish bo`lgan oddiy misol: Yaxlit jismdan tayyorlangan diskni kegay (spitsa)lar bilan bog`langan gardish — velosiped g`ildiragiga aylantirish kishilami kegaylarni g`ildirakda teng taqsimlash muammosiga o`rab o`qildi. Bunday g`ildirak tasvirini bajarishda odamlar chizmachilik asboblaridan foydalanib aniq yasash usullarini topishga harakat qilganlar. To`g`ri ko`pburchaklarni yasash ham aylanani teng qismlarga bo`lish bilan bevosita bog`liq . Chunki ko`pburchakning hamma uchlari bitta aylanada yotib uni teng qismlarga bolgandagina u to`g`ri ko'pburchak hisoblanadi. Hamma xalqlarning qadimiy naqshlarida to`g`ri ko`pburchaklardan foydalanilgan. Kishilar o`sha zamonlardayoq ularning go`zalligini qadrlashgan. Bundan tashqari ular tabiatda to`g`ri ko`pburchaklarga ko`plab chiroyli namunalarni ko`rib, ularni o`z faoliyatlarida, badiiy bezash ishlarida qo`llashga intilishgan.
Masalan, beshburchakli minerallar, gullar, mevalarning shakllarida va ayrim dengiz hayvonlari (dengiz yulduzi) tuzilishida, oltiburchakni esa asalari uyasida kuzatish mumkin. Bekorga qadimgi davr va hozirgi zamon olimlari va amaliyotchilari to`g`ri ko`pburchaklar bilan qiziqishlargan. O`zbekiston hududida yashagan xalqlar ham juda qadim zamonlardanoq aylanani teng qismlarga bo`lishning juda aniq usullarini bilishgan. Misol sifatida S.P.Tolstov rahbarligida Qo`yqirilgan qal’ada o`tkazilgan arxeologik qazishmalarda topilgan astronomik o`lchov asbobi gardishini ko‘rsatish mumkin. Bundan 2000 yilcha oldin tayyorlangan ushbu diskda aylanani 360 ga bo`luvchi chiziqlarning izlari yaxshi saqlangan.
Respublikamiz hududida VIII asrda arablar istilosidan keyin islom dini keng yoyilib tasviriy san’at o`ziga xos rivojlanish yo`lini bosib o`tgan. San’at asarlarida jonli mavjudotlarni tasvirlash taqiqlanishi bilan rassomlar, xalq hunarmandlari tomonidan hozirgacha geometrik yasashlar usulida bajarilgan har xil naqshlarning juda ko`p turlari yetib kelgan. Bu naqshlar: geometrik naqshlar (girix) va o`simliksimon naqshlar (islimi) turlariga bo`linadi. Ikkala turdagi naqshlar ham Sharq xalqlarida keng tarqalgan. Lekin bu naqshlar san’at darajasidagi yuksak ko`rinishga ko`tarilishida qadimgi 0`zbekiston hududidagi usta va hunarmandlarning hissasi juda katta bo`lgan. Xiva, Samarqand, Buxoro kabi qadimiy shaharlardagi tarixiy obidalar bezaklarida, hunarmandlar tayyorlagan buyumlarda bu naqshlar saqlanib kelmoqda, ayniqsa girixlar chiroyliligi va nafisligi bilan hozirgacha tadqiqotchilarni o`ziga jalb qilib kelmoqda. Ayrim murakkab girixlami bajarish uslublarini aniqlash ham qiyin bo`lgan. Umuman, qadimgi ustalar va hunarmandlar geometrik yasashlarni, aylana va kvadratni teng qismlarga bo`lish, tutashmalarni bajarish usullarini juda yaxshi bilishgan.
Plakatlami namoyish va tahlil qila borib 0`qituvchi o`quvchilami tutashtirish markazi, tutashtirish radiusi va tutashuv nuqtasi yasash uchun zarur bo`lgan elementlar degan xulosaga olib keladi. Berilgan misolda qanday tutashma turlaridan foydalanish kerakligini aniqlab, 0`quvchilar zarur yasashlarni bajaradilar. Chizmada tutashmalarni bajarishga doir qisqacha tavsiya berib o`tamiz.
1.Tutashma chizmasini bajarishga kirishishdan oldin detal grafik tasvirini tahlil qilish kerak, ya’ni qo`llanilgan tutashma turlari va ularni yasash usullari aniqlanadi. Chizmani bajarishda yasash ketma-ketligini to`g`ri tanlashning ahamiyati juda katta. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin tasvir xayolan alohida elementlarga bo`linadi va ularni bajarish ketma-ketliga belgilanadi.
2. Oldin tutashtiriladigan elementlar chizilib, keyin tutashmalarni bajarish kerak. Tutashmalarni chizishda tutashish nuqtalari va tutashma yoyi markazlarini aniq bajarish talab qilinadi. Geometrik yasashlami bajarish o`quvchilardan yuqori aniqlik va toza ishlashni talab qilishi sababli, o`quvchilarga chizmachilik asboblarini to`g`ri ishlatishni yaxshilab tushuntirish va o`rgatish kerak. O`qituvchi o`quvchilarning ishlash jarayonini, ish vaqtida ularning qo`llanilish vaziyatini, asboblarni ratsional ishlatishlarini sinchkovlik bilan kuzatishi, uchragan xatolami to`g`rilab borishi kerak. Bu bosqichda ayniqsa sinf doskasida chizmachilik asboblarini to`g`ri ishlatish usullarini ko`rsatib berish juda foydali.



Yüklə 140,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə