I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 131,77 Kb.
səhifə28/41
tarix24.04.2023
ölçüsü131,77 Kb.
#106772
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz

Yana bir marta qaytaramiz!
1. Qadim zamon va o‘rta asr nazariy bilish sohasida oddiy kuzatishlardan olingan faktlarni umumlashtirish orqali tushunchalarni hosil qilish, deduktiv fikrlash ustuvor bilish usuli bo‘lgan.
2. F.Bekon, G.Galiley va ularning izdoshlari ilmiy tadqiqotni bevosita tajribaga qaratdilar, eksperimentni samarali bilish usuli ekanligini asoslab berdilar.
3. Eksperimental vosita va asboblardan foydalanish tadqiqotchilarga bevosita kuzatib bo‘lmaydigan ob’ektlar olamiga kirish imkoniyatini beradi.
4. Eksperimentni o‘tkazishni bir qator hislatlari mavjud: 1) ob’ektni sun’iy sharoitga qo‘yish; 2) ob’ektga turli xil ta’sir ko‘rsatish orqali uning xossalarini sof holda yuzaga chiqarish, ularni kuzatish; 3) ob’ektni ekstremal (eng yuqori va eng past daraja) holatga quyib o‘rganish; 4) eksperimentni belgilangan va qaytariladigan sharoitda ko‘p marta takrorlash va natijalarni tekshirish va hokazo.
5. Ilmiy bilish va tadqiqot shakllari, hamda, izlanish ob’ektlarini xilma-xilligi eksperimentni ko‘p turlarga bo‘linishni taqoza etadi.
6. Fanda empirik va nazariy tadqiqot shakllari va usullarini takomillashib borishi, maxsus eksperimental izlanish sohasini vujudga kelishi tadqiqotchilarni 2 ta katta, nisbatan mustaqil guruhga – nazariyotchilar va eksperimentatorlarga bo‘linishiga olib keldi.
7. Eksperimentni samarali bo‘lishi puxta ishlab chiqilgan reja, ta’minot, shart-sharoit, tajriba metodikasi va monitoring tizimini mavjudligiga bog‘liq.
8. Eksperiment o‘tkazilgandan keyin, uning natijalari o‘qish va o‘rganish uchun qulay bo‘lgan yozuv va sxema shakllariga – tavsif, jadval, grafik, formulalar ko‘rinishiga keltiriladi.
9. Eksperimentdan olingan natijalar tekshiriladi, oldingi eksperimental natijalar bilan qiyoslanadi. Ko‘p tarkibli, strukturasi murakkab eksperimentda paydo bo‘ladigan xatolar koeffitsiyenti aniqlanadi, ularni to‘g‘rilash tasodif xatolar nazariyasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan matematik hisoblash metodikasi yordamida amalga oshiriladi.
10. Olingan ma’lumotlar qayta ishlash va taxlil qilingandan keyin ma’lum bo‘lmagan xodisa yoki fakt ochiladi, fanda kashfiyot qilinadi.

Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə