Muayyan muassasa, tashkilot oldida
turgan asosiy
va kundalik vazifalarni hal
qilish maqsadida buyruq,
farmoyish, ko‘rsatma kabi
farmoyish hujjatlari
tayyorlanadi. Buyruq
loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan
kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish
qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi
qismda buyruqdan maqsad, shart-
sharoit ko ‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (
hujjatga
) havola qilinadi.
Asoslashga ehtiyoj bo'lmagan hollarda to’g’ridan to’g’ri buyruqning
farmoyish qismi beriladi.
Farmoyish larda
biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi
majhul
nisbatdagi fe’lning buyruq (
III
-
shaxs, birlik) shakli bilan
ifodalanadi
(
tayinlansin,
belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin
kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga
yuklatilgani, ba’zan esa
ilgarigi joriy
yoki boshqa
hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi.
Ba’zan
farmoyishdan so‘ng
buyruqqa asos bolgan
hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
Muassasa ma'muriyati (direktor, uning o'rinbosarlari,
bosh
muhandis, uning o'rinbosarlari), shuningdek, bo'limlarning
rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul
qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish
muddati cheklangan bo'lib, bo'limlarning tor doirasiga, ayrim
mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo'ladi. Farmoyish
matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib
topadi, faqat uning asos (kirish) qismida