Buyruq, farmoyish, ko’rsatma



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix04.07.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#119237
Ko’rsatma



Guruh:
I-103
Bajardi: 
Yusupov D
Qabul qildi: 
Burxonov Z.
MUSTAQIL ISH
 
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: 
O’zbek tilining sohada qo’’lanilishi
 



Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy 
va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida buyruq, 
farmoyish, ko‘rsatma kabi 
farmoyish hujjatlari
tayyorlanadi. Buyruq 
loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan 
kelishilgan holda tuziladi. 

Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish 
qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart- 
sharoit ko ‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (
hujjatga
) havola qilinadi. 
Asoslashga ehtiyoj bo'lmagan hollarda to’g’ridan to’g’ri buyruqning 
farmoyish qismi beriladi. 

Farmoyish larda 
biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul 
nisbatdagi fe’lning buyruq (
III
-
shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi 
(
tayinlansin,
belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin 
kabi). 

Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga
yuklatilgani, ba’zan esa 
ilgarigi joriy yoki boshqa
hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi.
Ba’zan 
farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bolgan
hujjat nomi ham ko‘rsatiladi. 



Muassasa ma'muriyati (direktor, uning o'rinbosarlari, 
bosh muhandis, uning o'rinbosarlari), shuningdek, bo'limlarning 
rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul 
qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish 
muddati cheklangan bo'lib, bo'limlarning tor doirasiga, ayrim 
mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo'ladi. Farmoyish 
matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib 
topadi, faqat uning asos (kirish) qismida 
«Buyuraman» 
so'zi 
o'rniga 
«Tavsiya qilaman», «Ruxsat beraman» 
kabi iboralar 
ishlatiladi. 1-, 2-ilovalarda farmoyish namunalari berildi. 






Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, 
buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan 
bog'liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy 
hujjat. Ko'rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo'lsa, 
bosh muhandis, ularning o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga 
ega. Ko'rsatma muassasaning xos ish qog'oziga bosiladi. U ham 
buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va 
farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon 
«maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga 
kirgan iboralar qoilanadi va 
«Yuklayman», «Tavsiya etaman» 
so'zlari keyin farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga 
uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, 
«Tavsiya etaman» so'zi qo'llanadi. Ko'rsatmaning farmoyish qismi 
buyruqning farmoyish qismiga o'xshash bo'ladi. 




Arxiv.uz 

Fayylar.org 

MySlide 

Buxuz.uz 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə