«Buyuraman»
so'zi
o'rniga
«Tavsiya qilaman», «Ruxsat beraman»
kabi iboralar
ishlatiladi. 1-, 2-ilovalarda farmoyish namunalari berildi.
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan
asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo'llanadi.
Mohiyat-e'tibori bilan buyruqlar ikkiga bo'linadi: asosiy
faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket
tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki
uning bo'limlari faoliyatini tartibga solishda qo'llanadi. Ularda,
odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko'rsatma
hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan
aniq chora-tadbir belgilanadi, mas'ul shaxslar va bajarish
muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va
shu kabilarni tasdiqlash bilan bog'liq me'yoriy buyruqlar
ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi.
Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo'lib, muayyan bir shaxsga
emas,
balki butun jamoaga qaratiladi.
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari
:
1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari).
2. Vazirlik va boshqarma nomi.
3. Muassasa xos raqami.
4. Hujjat shaklining xos raqami.
5. Muassasa nomi.
6. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
7. Sanasi.
8. Raqami.
9. Buyruq chiqqan joy nomi.
10. Hujjatning nomi (Buyruq).
11. Buyruq matni (basharti ilovalari bo'lsa, qayd qilinadi).
12. Rahbar yoki o'rinbosar imzosi.
Buyruq loyihasiga tegishli imzolar qo'yilib, u blankaga
ko'chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Asosiy faoliyatga
oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavha
qo'yiladi (ba'zi qisqa buyruqlarda qo'yilmasligi ham mumkin).
Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo'yicha mas'ul
xodim tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish
qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan
maqsad, shart-sharoit, sabablar ko'rsatiladi, asos qilib olinayotgan
buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi).
Ayrim hollarda buyruqqa asos bo'lgan hujjat uning farmoyish
qismi tegishli bandida ham ko'rsatiladi. Ba'zi buyruqlarni
asoslashga hojat bo'lmasligi mumkin, bunday hollarda ular
to'g'ridan-to'g'ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
__________________________________________
Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek,
buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan
bog'liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy
hujjat. Ko'rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo'lsa,
bosh muhandis, ularning o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga
ega. Ko'rsatma muassasaning xos ish qog'oziga bosiladi. U ham
buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va
farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon
«maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga
kirgan iboralar qoilanadi va
«Yuklayman», «Tavsiya etaman»
so'zlari keyin farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga
uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa,
«Tavsiya etaman» so'zi qo'llanadi. Ko'rsatmaning farmoyish qismi
buyruqning farmoyish qismiga o'xshash bo'ladi.
Arxiv.uz
Fayylar.org
MySlide
Buxuz.uz
Dostları ilə paylaş: |