Iqtisodiy bilim asoslari


Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish



Yüklə 14,87 Mb.
səhifə50/254
tarix16.02.2023
ölçüsü14,87 Mb.
#100971
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   254
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi n

4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:

  • jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

  • yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

  • yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish;

  • yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:

  • O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;

  • axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish;

  • fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;

  • davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;

  • atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olish;

  • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.


Yüklə 14,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə