5
DARSLIKDAN FOYDALANISH BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR
Har bir mavzuga oid materiallar quyidagi bandlarga bo‘lingan va
ma’lum tartib asosida darslik sahifalarida joylashtirilgan, ba’zi bandlar
esa muayyan belgi ostida ajratib ko‘rsatilgan:
1. Darsning tartib raqami va mavzu nomi.
2. Dars mavzusini yoritishga yordam beruvchi muammoli vaziyatga oid
ko‘rgazmali ma’lumot, rasm, jadval, diagramma va boshqa materiallar.
3.
Mavzuga oid, asosan uyda mutolaa qilishga mo‘ljallangan asosiy
matn.
4. O‘quvchilarni faollashtiruvchi hamda muzokaraga chorlovchi savol
va topshiriqlar.
5. Dars davomida qo‘llaniladigan tayanch atamalarning ta’rifi.
6. O‘zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish, takrorlash va o‘z-o‘zini
tekshirish uchun savol va topshiriqlar.
7. Hisob-kitob ishlarini va iqtisodiy tafakkurni talab qiladigan,
amali-
yot bilan bog‘liq topshiriq va mashqlar.
8. Izlanish va kichik tadqiqot olib borish uchun o‘quvchilarga alohida-
alohida beriladigan mustaqil ish topshiriqlari.
9. O‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda mantiqiy fikrlash yoki
guruhda ishlash uchun berilgan topshiriqlar.
10. Mavzudagi yodda saqlash lozim bo‘lgan o‘zak g‘oya va fikrlar.
11. Yurtimizga xos sharqona qadriyatlar,
fan tarixiga oid asarlardan
iqtiboslar, ularga oid savol va topshiriqlar.
12. Iqtisodiy tafakkurni o‘stirishga, iqtisodiy madaniyatni shakllan-
tirishga va dunyoqarashni kengaytirishga mo‘ljallangan qo‘shimcha
ma’lumotlar.
13. Iqtiboslar.
14. Iqtisodiy tushunchalarni o‘zaro bog‘laydigan formulalar.
15. “Mustaqil faoliyat” rukni ostidagi qo‘shimcha materiallar.
http:eduportal.uz
6
Darslikda Iqtisodiy bilim asoslari fanining 9- sinf kursi 30 ta mavzuga bo‘lib
berilgan. Har bir mavzuga oid materiallarni bitta dars davomida va uyda o‘rganish
lozim.
Yangi mavzuni yoritishda asosan yuqorida tushuntirilangan 2 – 5- band ma-
teriallari bilan ishlash kerak.
3- bandda berilgan materiallardan asosan uyda o‘qish va o‘rganish uchun
foydalanish lozim.
Dars mavzusini mustahkamlashni 6- banddagi
savol va topshiriqlar hamda
7- banddagi topshiriqlar va mashqlar yordamida amalga oshirgan ma’qul.
8- banddagi topshiriqlar kichik izlanish va tadqiqot sifatida o‘quvchilarga
mustaqil ish qilib berishga mo‘ljallangan. Bunda, zarur hollarda o‘quvchi kattalar
bilan hamkorlik qilishi ham lozim bo‘ladi.
9 – 12- banddagi savollar, o‘zak jumlalar va qadriyatlar mustaqil mushohada
yuritish, bilimlarni boyitish, amaliyotda qo‘llab ko‘rish va o‘z-o‘zini
tekshirish
maqsadida ishlatilgani ma’qul.
O‘quvchilar diqqati 4- banddagi kalit atamalar va 10- banddagi mavzuning
o‘zak jumlalariga qaratilishi lozim.
Uyga vazifalar dars davomida foydalanilmagan 9 – 10- band savol va top-
shiriqlari asosida berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har bir bob oxirida berilgan takrorlash uchun savol va topshiriqlardan
o‘tilganlarni mustaqil ravishda takrorlab borish hamda oraliq
nazorat ishlariga tay-
yorlanish maqsadida foydalanish tavsiya etiladi. Berilgan testlar esa oraliq nazoratni
amalga oshirishga uchun testlar tayyorlashda namuna bo‘lib xizmat qiladi.
Darslikdan, shuningdek, “Mustaqil faoliyat” rukni ostidagi materiallar ham
o‘rin olgan. Bu materiallarni o‘quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida o‘rganishlari
maqsadga muvofiq. Ular o‘quvchilarni mustaqil fikrlash,
izlanish, tadqiqotga
undaydi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar haqida ma’lu-
mot beradi. Ular bilan ishlashda, albatta, ustozlarning hamda ota-onalarning
yordami va maslahatlaridan foydalanish lozim.
http:eduportal.uz