Iqtisodiy ta'limotlar


Xalq og`zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

3.3.Xalq og`zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar 
O`zbek xalqi iqtisodiy taffakkurining rivojlanishida muhim 
manbalardan biri - xalq og`zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu 
namunalar jumlasiga dostonlar, xalq maqollari va qo`shiqlar kiradi. Tarixiy 
merosimizning noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu 
doston shakllanganiga ming yildan ortiqroq bo`lganligini dalillar 
tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham Alpomish dostonining ming yilligi 
Respublikamizda 2000 yilda keng nishonlandi. Asarning badiiy 
ahamiyatidan tashqari iqtisodiy qarashlar ham muhim o`rin tutadi. 
Alpomish dostonidagi iqtisodiy munosabatlar tarkibini quyidagicha 
guruhlash mumkin: 


57 
1.Islom 
ta'limoti 
asosidagi 
iqtisodiy 
munosabatlar. 
Bu 
munosabatlarni negizini zakot va juz'ya to`lovlari bilan bog`liq masalalar 
tashkil etadi. Ya'ni, Qo`ng`irot elida hukmronlik qilgan Alpomishning otasi 
Boybo`ri bilan uning akasi Boysaribiyning zakot to`lovi bo`yicha 
nizolardir.
2.Mehnat 
taqsimotining 
rivojlanganlik 
darajasi. Dostondan 
ko`rinadiki, o`sha davrga kelib chorvachilik tarmog`i Qo`ng`irot elining 
ixtisoslashuvining ko`rsatkichidir. 
3.Tovar-pul 
va 
moliya 
tizimi 
munosabatlari. 
Dostonda 
keltirilishicha qo`ng`irotliliklarning tovar-pul munosabatlarida natura 
to`lovlari ustuvorligi namoyon bo`ladi. qalmiqlar davlatida esa daromad va 
harajatlarni tartibga solish muxrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muhrdor 
daromad va harajatlar bo`yicha hisob kitoblar qilishda oqsoqollar 
tomonidan yig`ib topshiriladigan soliq va yig`imlarga tayanadi. Bu 
mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy etilgan. Ularning maoshi 
to`plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. Sipohiylar uchun esa 500 
pul birligi miqdorida maosh tayinlangan. Muomala uchun ishlatiladigan 
pul birliklari qo`shni mamlakatlardagi zarb qilingan oltin va kumushlar 
ekanligi to`g`risida ma'lumotlar berilgan. Soliqlarning manbayi bir 
tomondar yer solig`i bo`lsa, ikkinchi tomondan esa savdo karvonlari va 
ichki bozordan olinadigan yig`imlar hisoblanadi.
Umuman olganda, xalq og`zaki ijodidagi asarlar millat tarixidagi 
iqtisodiy munosabatlarni bayon etishda muhim manbalardan biri 
hisoblanadi. O`zbek xalqining maqollari ham iqtisodiy aqidalarning 
tarkibiy qismini tashkil etadi. Demak, milliy iqtisodiy taffakkurning 
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg`unligini ta'minlashda xalq og`zaki ijodi 
namunalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə