Iqtisodiy ta'limotlar


Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

3.4. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib 
asarlaridagi iqtisodiy g`oyalar mohiyati 
 
X-XII asrlarga kelib O`rta Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning 
Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat 
markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O`rta Osiyo Yevropani 
Osiyo bilan bog`lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga 
aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, 
xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. 
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg`oniy, Al-
Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, 


58 
Nizomulmulk va boshqa ko`plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. 
Ularning asarlarida iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq 
renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari 
sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy 
taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o`rin tutadi. 
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: "Hayvon tabiat ne'matlariga 
qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, 
kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini 
o`zlashtirib oladi, odam esa o`z mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, joy 
yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan 
shug`ullanishi kerak". 
Yusuf Xos Hojib "odamga foydasi tegmaydigan odam - o`lik, essiz 
o`tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat", deydi (1069 y. "qutadg`u bilik" 
asarini yaratgan). 
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning 
Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi 
davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo`li, 
Tinch okeani atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni 
Vizantiya va G’arbiy Yevropa bilan chambarchas bog`lar edi. Bu esa 
karvon yo`li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning 
qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O`rta Osiyo 
Yevropani Osiyo bilan bog`lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo 
markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi 
davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, 
Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga bo`lgan talab va taklifni (bozorning 
asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo`lga chiqish 
mumkinmidi, katta karvonlarni tog`u toshlardan , qum cho`llardan olib 
o`tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish 
ko`rish kerak bo`ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u 
yerdan nima olib qaytish, karvon yo`lidagi davlatlar, xalqlar talab-
ehtiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, 
matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot ) va 
boshqa ko`pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan 
Xorazmiy , Farg`oniy, Ibn Sino, Ibn Ro`shd, Yusuf Xos Hojib, 
Nizomulmulk va boshqa ko`plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. 
Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq 
uyg`onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini 
bayon etganlar. Ularning ko`plari hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini 
saqlab kelmoqda. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə