Iqtisodiy ta'limotlar


  4.4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

 


84 
4.4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar 
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur 
(1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy 
masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan 
ma'lum. Xususan, Boburning "Boburnoma" asarida, "Mubayyin" kabi 
to`plamlarida iqtisodiyotga oid ma'lumotlarga, shu jumladan soliq 
siyosatiga katta o`rin berilgan. "Zakot to`g`risidagi katta kitob" da esa 
o`sha davrdagi soliq, uning turlari to`g`risida qimmatli fikrlar bildiriladi. 
Bu asarlarni mutola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi 
hayotida ro`y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o`zgarishlarni tahlil qilish, 
xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, 
maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari 
bo`lmish ishlab chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj 
to`lovlari bilan bog`liq bo`lgan qarashlari bizni to`lqinlantiradi. E'tirof 
etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, 
ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari 
yoki uning o`z hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid 
birlamchi manbalar bo`lmasa ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga 
suyangan holda shunday xulosaga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy 
olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va 
davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning 
uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy 
jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o`laroq u 
hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -
ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat 
bir necha asr davomida yashadi va tarixda o`chmas iz qoldirdi. Bobur va 
uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o`rinni egallagan . 
Boburning "Mubayyin" asari to`la ravishda qonunlar va iqtisodiy 
masalalarga bag`ishlangan. Asarning nomi ham "qonunlar izohi" ma'nosiga 
ega. 
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham 
"zakot" ma'lum miqdorda va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan soliq 
ma'nosida qo`llaniladi hamda naqd pul va savdo yig`imi shaklida 
to`planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining "nisobi", ya'ni 
mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo`lish uchun belgilangan miqdori 
aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi. "Agar yerdan ikki 
hosil olsang, xirojni ham ikki marta to`la", deb yozadi Bobur. 


85 
Xiroj, ya'ni yer solig`i ikki toifaga bo`lingan: muqassam va 
muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog`liq bo`lib, uchdan 
birdan-yarimgacha teng bo`lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning 
maydoniga bog`liq ravishda olingan.
Yerni sug`orish masalalari Sharqda o`ta muhim edi, chunki ob-
havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun'iy sug`orishni talab 
etganligidan, sug`oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikol yerlardan ko`p hosil 
bergan. Shu sababli suv solig`i ham bo`lgan . Suv solig`i quyidagicha 
olingan: "agar sug`orish davrida chig`ir qursang, olgan hosilning o`ndan 
birining yarmini (5%) soliq uchun to`lashing kerak", ya'ni sug`oriladigan 
yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to`g`ridir. 
Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig`imlar tamomila 
islomiy shariatga to`la rioya qilingan holda olingan. Nisobga yetgan 
miqdordagi mol-mulkdan Qur'oni Karim, Muxtasar, Hidoya va boshqa 
manbalarda qat'iy belgilab qo`yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga 
berilgan, Masalan, boqiladigan mollar, ya'ni echki, tuya, sigir, otlardan, 
xususan, qo`ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo`ydan bitta 
(2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo`lsa har 
100 qo`ydan bittasi zakot qilib berilgan.
Shuningdek, "Boburnoma"da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga 
olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ularning 
iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to`la bayon qilinadi. Bobur savdo-
sotiqning xalqlar o`rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tuqunar edi. 
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo`llarda talash, bosqinchilik 
qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz 
munosabatda bo`lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug`bek va boshqa 
temuriylar siyosati bilan ma'lum. 
O`sha davrda Bobur savdogarlardan olinadigan savdo yig`imining 
ham adolatli va xolisona tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. 
Musulmon savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo yig`imi 20 misqol 
(4,5 gramm) oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi 
daromad hissasiga nisbatan kamayib borgan, ya'ni daromad ko`payishi 
bilan soliq kamaygan va boylik jamg`aruvchilar uchun o`ta manfaatli 
bo`lgan. Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo`llash foydadan holi 
emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig`im esa ularning qaysi 
yurtlardan kelganligiga bog`liq bo`lgan. Agar ular islom mamlakatlaridan 
kelgan bo`lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) 
miqdorida soliq olingan. Musulmon bo`lmagan mamlakatlardan kelgan 
savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon 


86 
savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar 
adolatli va foydali soliq tizimi.
Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo`llanib 
kelindi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa 
Bobur iqtisodiy g`oyalarining juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, 
uzoqni ko`zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday 
ilmiy salohiyat uning vorislari, ham yurtlari bo`lgan-bizlarda unga nisbatan 
yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg`otadi. Ulug` 
bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g`oyalar va iqtisodiy 
tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi mustaqilligimizni 
mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch 
bo`lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o`rganish, 
uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq etish hamda imkon darajasida 
bugungi hayotimizga tadbiq qilish foydadan holi emas. Shunisi diqqatga 
sazovorki, Bobur podshohligi davrida mamlakatga vino keltirish 
ta'qiqlangan, ya'ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati qo`llanilgan.
Boburdan keyin uning o`g`li Humoyun, keyinchalik nevarasi 
Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda 
muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan 
boshlab islohotlar o`tkazdi, dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona 
uzunlik va og`irlik o`lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to`g`risida 1601 yil 
"Akbarnoma" kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o`z aksini 
topgan.
Birbal-tarixiy shaxs, 1994 yilda Toshkentda bosilgan "Shoh Akbar 
va Dono Birbal" nomli tqo`plamda ko`rsatilishicha, u XVI asrning ikkinchi 
yarmi va XVII asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan 
Akbarshoh bobosi Bobur an'analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan 
musulmonlar o’rtasida birodarlik munosabatlarini o`rnatish yo`lida 
jonbozlik ko`rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli 
hukmdor edi. Akbar bu dono va zukko hind amaldorlariga alohida mehr 
bilan qarab, uni har tomonlama e'zozlagan. Birbal ham Akbarshohning 
odilona siyosatini amalga oshirish sohasida sidqidil bilan xizmat qilgan. 
Akbar va Birbalning o`zaro suhbatlarida izhor etilgan har ikki 
tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida diqqatga sazovordir. Unda 
insonlardagi halollik va insof bilan birga ayrim amaldorlarning 
vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi, feodalizm sharoitida 
murakkab iqtisodiy muammolarning yechimini topishga uriniladi.
"Podshohning besh savoli" hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy 
tafakkurga ega ekanligi namoyon bo`ladi. "Ulug` ma'bud Indiradir",- deb 


87 
so`z boshlaydi u. Uning amri bilan yomg`ir yerni sug`oradi, bug`doy 
unadi, odamlar to`kin va to`q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u 
odamlarga ko`p foyda keltiradi. Eng qimmatli gul-paxtaning guli. Undan 
mato to`qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan 
ulug` tish yo`q. Chunki, u yer bag`rini yoradi, shundan keyin don va 
sabzavot ekiladi, odamlarni to`ydiradi. Ulug` fazilat esa jasoratdir. Agar 
inson jasoratsiz bo`lsa, uning fazilatlaridan foyda yo`qdir. Jasorat bu 
mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi mehnatgina 
emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga ega. Bu borada 
"Inson qo`li gul" hikoyasi yanada qiziqarlidir.
Birbal bog`bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: 
-Ertaga bog` va gulzorlardagi eng chiroyli va yaxshi gul bilan 
o`zing yetishtirgan mevalardan olib, shohning huzuriga borasan. 
Shoh bog`bondan meva va gullarning narxini so`raganda, u: 
-Olampanoh ! Biz bu mo`'jizalarni bunyod qilish uchun ko`p vaqt 
sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar uchun ming rupiy so`raymiz. 
Podsho ming rupiy beribdi. 
Bu bahoga yakun yasab, Birbal quyidagilarni aytibdi: 
"Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson qo`li bilan yaratil-
ganidan yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz, men sizga insonning 
qo`li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo`'jizalar tabiatnikidan go`zal 
bo`lishi mumkinligini isbotlashga va'da bergan edim. Bugun mening niya-
tim amalga oshdi: Siz mirishkor bog`bon yaratgan mevalar va gullar uchun 
ming rupiy to`ladingiz, ammo tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy 
berdingiz". 
"Mehnatni qadrlash hayotni saqlar" hikoyasida insho etilishicha, 
shoh Akbar bilan Birbal yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. 
Yaxshi niyat bilan bir paytlar sada daraxtining tagiga xazina 
yashirishgan ekan. Kavlashsa, yerga ko`milgan oltin qanday bo`lsa shun-
dayligicha turganmish. Boylikni olishib, eski uylariga bir kulba tutashgan 
bo`lib, u yerda o`sha paytlarda munkillagan bir kampir yasharkan. Kampir 
kunni kun demay, odamlarga qo`l tegirmonida donni yanchib berarkan. 
Ko`z tashlasa, kampir hali ham hayotmish. Ko`rinishi ham o`zgarmabdi. 
Avvalgidek qo`l tegirmonni aylantirib yotganmish. So`ng ular kampirga 
rahmi kelib, bundan keyin rohatda yashang deb, olgan boyliklarining 
hammasini in'om qilishibdi. Kampirning qarilik yillari rohat-farog`otda 
o`tadigan bo`libdi. 
Keyinchalik ma'lum bo`lishicha, shoh Akbar yoshlik davrida kam-
pir 160 yoshda ekan, shu davrdan beri 50 yil o`tibdi. Shundan keyin Birbal 


88 
mehnatni ardoqlash uzoq umr ko`rish shartlaridan biri ekanligi haqidagi 
xulosaga kelibdi. 
Hikoyalarning ba'zilari o`sha davrdagi tovar-pul munosabatlari ma-
salalariga bag`ishlangan. 
"Firibgar kema egasi" hikoyasiga ko`ra, Birbal Hindistonning Ben-
gal viloyatidan kemada mol olib kelgan savdogarning shikoyatini eshitib, 
kema egasi besh ming rupiylik molni o`ziniki qilib olmoqchi bo`lganini 
tekshiradi va unga quyidagi savollarni beradi. "Agar mevalar, ziravorlar 
haqiqatan seniki bo`lsa, ularni zarariga sotishga rozi bo`larmiding?". Kema 
egasi dengizchilarni ham yo`ldan urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul 
qaytarib beriladi va adolat tiklanadi. 
"Tentaklar ro`yxati" hikoyasida shoh Akbarning zotli otlarni sotib 
olgani, otlar unga juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni buyu-
rib, 1000 rupiy zakolat bergani hikoya qilinadi. Lekin,h shoh Akbar shun-
cha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanligini 
so`ramagan, savdoda xatoga yo`l qo`ygan edi. Savdogar esa muttaxamlik 
qilib, qaytib kelmagan. Shunda, Birbal tovar-pul munosabatlaridagi bu 
kamchilikni aytib o`tadi. Savdolashganda xorij savdogar sotib olgan mol 
qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini, savdogarning nomini so`rash lo-
zimligini ta'kidlaydi. 
"Hozir nima harakatda" hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkin-
chisi yer, yana biri oy, deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar 
javoblarga qanoatlanmaydi. Birbal quyidagi javobni beradi: "Hozir, - deydi 
Birbal, sudxo`r qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir, bu pullar 
hech qachon tinch yotmaydi. Aksincha, kundan-kunga tezligi oshib bora-
di".
Bu javob shoh Akbarga ma'qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga 
olingan pullar qanchalik qo`shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni 
xonavayron qilishi hammaga ma'lum edi. Bu yerda gap kapital aylanishi va 
foiz stavkasi bilan bog`liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar olgan qarzla-
rini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy xodisa sifatida qoralanadi. Demak, 
hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi.
Birbal yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. 
Lekin hayot statistik jumboqlarni keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun 
podshoh saroy yig`inida har bir mulozimidan: 
-Dehlida nechta qarg`a bor? - deb so`rab qoladi. 
Hech kim javob bera olmaydi. Birbal shunday javob beribdi: 
-O`tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming besh yuz 
sakson beshta qarg`a borligini aniqlagan edim. 


89 
Shoh Akbar shubhalanib, o`tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? 
- deb savol beribdi va qo`shib qo`yibdi:
-Shoshmay tur, hali agar Dehlidagi qarg`alarning soni bittaga ko`p 
yoki kam chiqsa, uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to`laysan. 
Shuning uchun kechgacha o`ylab, menga aniq javob ber,-debdi shoh. 
-Mening hisobim to`ppa-to`g`ri, qat'iyat bilan gapiribdi Birbal, - 
"Qayta sanaganda ham shu sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim 
qarg`alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi va boshqalarning bu 
yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas". 
Bu javobda Birbal, birinchidan, Dehlidagi barcha qarg`alarni sanab 
bo`lmasligini ko`zda tutgan, shu bilan birga qarg`alar ko`payib, yozda 
sovuq joylarga uchib ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda 
statistikaning dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.
"Haqiqat qo`ng`irog`i" hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli 
hukmdor ekanligi o`z ifodasini topgan. 
Xalqning mushkulini oson qilish maqsadida, u shahardagi 
maydonga bitta ustun o`rnatib, qo`ng`iroq osib qo`yishni buyuribdi. 
Saroygacha uzun arqon torttirib, bu yerga ham qo`ng`iroq ostiribdi. 
Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo`ng`iroq ham jaranglar ekan. 
Saratonning jazirama kunlaridan birida qo`ng`iroq jaranglab 
qolibdi. Ho`kiz qo`ng`iroq ipini tortgan ekan. Ho`kiz-ho`kizda. U 
gapirarmidi, shoh qarshisida mo`ltillab turganmish, xolos. Shoh Bir-balga 
"Ho`kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber", debdi. 
Birbal ho`kizning yelkasini silab, uning ko`zlariga tikilibdi. Keyin 
shohga ho`kizning dilidagi qarzini quyidagicha tarjima qilib beribdi: "Men 
qaridim, ish qilishga kuchim yetmay qoldi. quvvatim borligida xo`jayinim 
meni erkalardi, yem bilan siylardi. Endi bo`lsa ko`chaga haydadi, qarib 
holdan toygan bir paytda qayerdan ham panoh topaman,-deyapti", debdi. 
"Ho`kizning egasi topilganidan keyin Birbal savol beribdi: 
-Nega bog`lab qo`ymadingiz? 
Savdogar javob beribdi: 
-Janob vazir, u menga endi kerak emas. Shuncha yil davomida 
qilgan xizmati bilan to`lagan haqini tiyin-tiyinigacha oqladi. 
-Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga yaramay qolasan. 
Farzandlaring seni uydan haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu ishi 
adolatdan bo`ladimi?,-deb so`rabdi Birbal. 
-O`z otasini qanday qilib haydashsin? - ajablanibdi savdogar.
Bir eslab ko`rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot 
qilgan andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz mahluq butun 


90 
quvvatini senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasa-yu, sen uning 
yaxshiligiga shunday javob qaytarsang. Unga hozir ham achinmayapsan. 
Xullas, bu ho`kizni shoh molxonasiga qo`yib yuboramiz. Uni boqish uchun 
sen har oyda besh rupiy haq to`laysan. Savdogar pulni to`laydigan bo`libdi. 
Bu hikoya o`z davrida va undan keyin ham katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo`lgan. Xizmatkorlarni ishlatib, haqini to`lamaganlarga 
tegishli fikr ilgari suriladi va ularga insofli bo`lish kerakligi to`g`risida 
xulosa chiqariladi. 
XULOSA 
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixiy ijtimoiy saboqlar 
davri hisoblanadi. Bu davrda Amir Temur boshchiligida yagona tug` ostida 
markazlashgan kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Bu davlatni idora 
etish va boshqarish uchun Amir Temur asosiy qonun-qoidalar to`plami 
"Tuzuklar"ni yaratdi. "Tuzuklar" islom dini mafkurasiga asoslangan bo`lib, 
mamlakatni obod etishga xizmat qildi. Xo`jalikni asosi bo`lgan 
dehqonchilik xunarmandchilik ichki va tashqi savdo kengaydi, fan va 
madaniyatning ravnaqi uchun ma'lum shart-sharoitlar yaratildi.
Amir Temurdan keyin uning o`g`li Shohrux Mirzo va nabirasi 
Mirzo Ulug`bek davridagi islohotlar iqtisodiyotni barqarorlashuvi va 
ravnaq topishuviga shart-sharoit yaratdi. Ayniqsa, 1428 yilda Ulug`bek 
tomonidan o`tkazilgan pul islohoti katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. XV 
asrdagi iqtisodiy g`oyalar majmuasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi 
Alisher Navoiyning iqtisodiy qarashlari muhim o`rin tutadi. Alisher 
Navoiy dastlabki iqtisodiy qarashlari "Hiloliya" (1469) asarida o`z aksini 
topgan. So`ngra keyinroq "Vaqfiya" (1482) asarida ham boylikning 
to`planishi va taqsimlanishidagi adolatlilik va haqgo`ylik jamiyatning 
farovonligiga bevosita ta'siri ayniqsa ijtimoiy manfaatlarning ustunvorligi 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosi ekanligi alohida 
ta'kidlangan. "Mahbub-ul qulub" asarida esa ijtimoiy tabaqalarga tavsif 
berilgan. Har bir kasb hunarning jamiyat ijtimoiy tuzilishidagi o`rniga baho 
berilgan. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalarning negizini 
islom ta'limotidagi mezonlar tashkil etadi. "Zakot to`g`risidagi katta kitob", 
"Mubayyin" kabi asarlar shular jumlasidandir. 1601 yilda chop etilgan 
"Akbarnoma" kitobida soliq tartibi hamda murakkab iqtisodiy muammolar 
yechimiga qaratilgan qator fikrlar ilgari surilgan. 


91 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə