29
yillarda erishilgan natijalar tahlili kam ta'minlanish darajasining asta-sekin pasayib
borayotganidan dalolat beradi (27,5 %dan 25,8 %gacha).
Xorij tajribasidan ma'lumki, aholi daromadlarini shakllantirishda "iste'mol
savatchasi" muhim ahamiyat kasb etadi. "Iste'mol savatchasi" - bu aholi fiziologik
qobiliyatini tiklash uchun zarur bo'lgan eng muhim iste'mol tovarlar me'yorining
ma'lum davrdagi qiymatidir. Har bir mamlakatda "iste'mol savatchasi" tarkibi tub
aholining demografik, milliy, tarixiy va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
aniqlanadi. Hozirgi paytga kelib, O'zbekiston "iste'mol savatchasi"ga eng muhim 19
xil oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan. Iste'mol savatchasini o'rganishning iqtisodiy
ahamiyati shundan iboratki, uning qiymatidagi o'zgarishlarga qarab, aholining
ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalarining daromad miqdorlari oshiriladi yoki ma'lum
darajada (masalan, 50-70 %) indeksatsiya qilinadi. Iste'mol savatchasidan kelib
chiqib, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari asosiy daromadlari indeksatsiya qilinadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni kursatadiki, ularda inflyatsiya
darajasi 3-7 % bo'lganda ish haqi va boshqa to'lovlar indeksatsiya qilinadi. Shuni
ta'kidlash joizki, iqtisodiyotimizda 2012 yili yuqori o'sish sur'atlari ta'minlanib,
aholining real daromadlari 151,1 %ga oshdi, 2013-yilda esa o'tgan yilgi inflyatsiya
darajasi 2012 yildagi 7,0 % o'rniga 6,8 %ni tashkil qildi. Bu avvalambor qat'iy, shu
bilan birga, puxta o'ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko'rilgan samarali
chora-tadbirlarimizning natijasidir.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, ish haqini minimal miqdorini belgilashda
oilalar "iste'mol savatchasi"ning quyi chegarasi, ya'ni oila a'zolarining asosiy
fiziologik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur
bulgan minimal iste'mol byudjetidan kelib chiqib belgilanishi muhimdir.
Talabga ta'sir kursatuvchi omillar tarkibi bir xilda bo'lmay, ular vaqt sayin
o'zgarib turadi. Demak, bu omillar muhim ahamiyatga ega. Pulning qadrsizlanishi,
30
xom-ashyo va materiallarning etishmasligi, tovar zahiralarining kamayishi va
boshqalar to'g'risidagi kundalik axborotlar iste'molchini ko'proq o'ylashga va faolroq
harakat qilishga, ba'zi hollarda, bugungi kun uchun kerak bo'lmagan tovarlarni ham
sotib olishga undaydi . Bu esa talabning xajmiga ta'sir kursatadi. Talabning hajmi esa
o'z-o'zidan istemolning asosiy ko'rsatkichidir.
Dostları ilə paylaş: