Irsiyatning xromosoma nazariyasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə2/5
tarix02.03.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#101782
1   2   3   4   5
6 mavzu

Asosiy tushunchalar:

  • Boveri va Sattonning irsiyatning xromosoma nazariyasiga koʻra, xromosomalarning muayyan qismlarida joylashgan genlar va meyoz davomida xromosomalarning holati Mendelning irsiyat qonunlarini tushuntirib beradi.

  • Meva pashshalarini oʻrgangan Tomas Hant Morgan birinchilar qatorida ushbu xromosoma nazariyasini tasdiqladi.

  • Morgan pashshalarning koʻz rangiga taʼsir etuvchi mutatsiyani kashf etdi. Unga koʻra, bu mutatsiyalar erkak va urgʻochi pashshalarda turlicha irsiylanadi.

  • Irsiyat qonunlariga asoslangan holda Morgan koʻz rangini ifodalovchi gen X xromosomada joylashadi degan xulosaga keladi.

Kirish
Hujayradagi genlar qayerda joylashgan? Koʻpincha genlar xromosomalarda joylashadi degan umumiy xulosani eshitgan boʻlsangiz kerak. Shu bilan birga, zamonaviy genetika orasida tasdiqlanganidek: genlar DNKning bir qismi boʻlib, oqsil sinteziga javobgardir.
Lekin hammasi ham Khan Academyʼda koʻrganingizdek emas! Gregor Mendel 1843-yilda irsiyatni oʻrganishni boshlagan davrda xromosomalar hali mikroskop ostida kashf qilinmagan edi. 1880-yillarning oxiridagina yaxshiroq mikroskop va usullar yordamida olimlar hujayra tuzilmalarini boʻyoqlar yordamida boʻyab oʻrganishni va hujayra boʻlinishi davomida hujayra tuzilmalari qanday holatda boʻlishini oʻrganishni boshlashdi.
Natijada bir qancha olimlar Mendelning uzoq vaqt tan olinmagan ishlarini oʻrganishni va xromosoma holatiga koʻra uning modelini qayta tiklashni boshlashdi. 20-asr boshlarida biologiya hamjamiyati birinchi marta xromosoma, meyoz va genlarning irsiylanishi oʻrtasidagi bogʻlanishni ochib berdi.
Irsiyatning xromosoma nazariyasi
Genlar xromosomada joylashganligini kimlar aniqladi? Uolter Satton va Teodor Boveri buni tushunib yetishga muvaffaq boʻlishdi. Amerikalik Satton xromosoma va meyozni chigirtkalarda oʻrgandi. Germaniyalik Boveri esa xuddi shu narsalarni dengiz tipratikanlarida oʻrgandi.
1902- va 1903-yillarda Satton va Boveri bir-biridan mustaqil ravishda hozir biz bilgan oʻsha irsiyatning xromosoma nazariyasi haqidagi maqolani chop etishdi. Ushbu nazariyaga koʻra, xromosomalarning muayyan qismlarida joylashgan genlar va xromosomalarning meyoz davomidagi holati, nima uchun genlar Mendel qonuniga muvofiq irsiylanishini tushuntirib bera oladi2,32,3start superscript, 2, comma, 3, end superscript.

Uolter Satton, Teodor Boveri va Tomas Hant Morganning suratlari.
_Manba: “Irsiyatning xromosoma nazariyasi: 1-chizma”, OpenStax College, Biology (CC BY 3.0) va “Tomas Hunt Morgan” (jamiyat mulki)._
Irsiyatning xromosoma nazariyasini qoʻllab-quvvatlovchi kuzatishlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi44start superscript, 4, end superscript:

  • Xromosomalar, Mendelning genlari kabi organizmda juftlashgan (gomologik) holatda boʻladi. Xromosoma yoki genlar juftligining biri onadan, ikkinchisi esa otadan oʻtadi. 

[Diagrammaga qarang]

  • Gomologik juftlik meyoz jarayonida bir-biridan ajraladi, shuning uchun har bir spermatozoid yoki tuxum hujayra ulardan biriga ega boʻladi. Bu jarayon Mendelning belgilarning ajralish qonunidagi allellarning gametalarga taqsimlanishini koʻrsatib beradi. 

[Diagrammaga qarang]

  • Mendelning belgilarning mustaqil irsiylanish qonunidagi turli gen allellari kabi, turli xromosoma juftlari meyoz davomida bir-biridan mustaqil holda gametalarga taqsimlanadi. 

[Diagrammaga qarang]
Belgilarning xromosomalarga bogʻliqligi bevosita dalillar bilan isbotlanishidan oldin irsiyatning xromosoma nazariyasi qabul qilinib, munozaraga sabab boʻlgandi. Yakunida esa meva pashshalari genetikasini oʻrgangan Tomas Hant Morgan va shogirdlarining ishlari tufayli bu nazariya tasdiqlandi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə