O‘zbekiston milliy Universiteti



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə1/7
tarix09.05.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#109354
  1   2   3   4   5   6   7
Ajrashishlar va ularning Demografik oqibatlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘zbekiston milliy Universiteti



O‘zbekiston milliy Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti sirtqi ta’lim
Kadrlar menejmenti ta’lim yo’nalishi sirtqi bo’lim 3-kurs o’zbek talabalarining





Mavzu : Ajrashishlar va ularning Demografik oqibatlari


Talaba: To'xliyev Muhammadjon


TOSHKENT 2021

Mavzu : Ajrashishlar va ularning Demografik oqibatlari




Reja

  1. Nikohni demografik mohiyati turlari

  2. Nikoh ko'rsatkichlari

  3. Ajralish va uning ko'rsatkichlari



KIRISH
0‘zbekistonda iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o'zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o ‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta jihozlash, aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlash, qulay investitsion muhitni shakllantirish, kichik biznes, xususiy tabirkorlik, xizmat ko'rsatish va servis sohasini barqaror rivojlantirishda sezilarli yutuqlar qo'lga kiritildi. Albatta, bunda mamlakat demografik rivojlanishining o‘mi katta bo'lib, ijtimoiy manfaatlarga yo'naltirilgan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishda aholi, uning o'sishi, joylashislii, demografik tarkibi kabi jihatlarini bozor munosabatlariga o‘tish davri nuqtai nazaridan o'rganish katta ahamiyatga ega.
Chunki, aholi ham asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, ham iste’molchi sifatida jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Respublikadagi barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar markazida demografik vaziyat turadi. Chunki, 0 ‘zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari yuqori hisoblanadi. So‘nggi yillarda aholining tabiiy o ‘sishi birmuncha kamaygan bo‘lishiga qaramay, u hali ham ayrim mamlakatlarga nisbatan olib qaraganda eng yuqori darajadadir. Mazkur fan aholi to‘g‘risidagi m a’lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish, aholining rivojlanish nazariyasini ishlab chiqish, demografik jarayonlar qonuniyatlarini nazariy asoslash va baholash, demografik siyosat va demografik prognozlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqishni o'z oldiga vazifa qilib qo'yadi.


Nikoh- insonlar populyatsiyasida er-hotin juftligining shakllanish jarayonidir. Nikoh demografik tahlilda real yoki gipotetik avlodga nisbatan qaraladiva u qonun yoki an’anaga binoan nikoh yoshiga yetgan, lekin hali nikohdan o’tmagan insonlar (erkak va ayol) o’rtasida tuziladi.
Nikohning shartlari, shakllari va uni tuzish tartiblari dunyoning turli mamlakat va xalqlarida turlicha bo’lgan hamda tarihiy rivojlanish jarayonlarida o’zgarib turgan.
Jinsiy munosabatlarning dastlabki ijtimoiy tartibga solingan shakliibtidoiy jamoa tuzimining guruh nikohidir. Guruh nikohi- qabilalar o’rtasida tuzilgan nikoh bo’lib, qabila ichida har qanday jinsiy nikoh bo’lishiga ruxsat berilmagan. Korinishidan guruh nikohi dislokal, ya’ni er va xotin birga yashamasdan bitta maishiy xo’jalik jamoasiga mansub bo’lmagan. Keyinchalik guruh nikohi torayib borib, avval bitta avlodga tegishli shaxslar, keyinchalik esa bir juft shaxslar orasida tuzilgan, ya’ni nikoh juftligiga aylangan.
Dastlab nikoh juftligida er va xotin birga yashagan, keyinchalik esa er xotinining qabilasiga (matrilokal), keyinchalik xotin erning qabilasiga (patrilokal) o’tgan. Nikohning bu turlarida er va xotin o’rtasida mulklar alohida bo’lgan. Guruh nikohidagi ayrim belgilar saqlanib qolgan.
Dexqonchilik va chorvachilikka o’tish munosabati bilan erkak kishining xo’jalikdagi o’rni oshib brogan va natijada nikoh juftligi mustahkamlangan. Bu bilan monogam nikohga asos solinishiga sabab bo’lgan. Monogam nikohning qabila tuzimi parchalangandan so’ng nikoh monolokal turga, ya’ni er va xotin bitta oilada, bitta xo’jalikka mansub bo’lgan holga o’tgan. Monogam nikoh deganda, bir erkakning bitta ayol bilan jinsiy, xo’jalik va maishiy ittifoqi tushuniladi. Bu esa “monogam nikoh” tushunchasini “oila” va “uy xo’jaligi” tushunchalariga yaqinlashtiradi. Ko’plab hududlarda asta sekinlik bilan patrilokal nikoh, ya’ni xotin va farzandlarning butunlay erning hukmi ostida bo’lishligi tasdiqlandi. Tarixiy rivojlanish davomida nikohning asosiy shakli monogamiya bo’lib bordi. Shu bilan birga, ba’zi xalqlarda monogamiya bilan bir qatorda poligamiya (ko’p xotinlik, ko’p erlik) turi ham uchrab turadi. Nikoh turlarining tasnifi 1-jadvalda keltirilgan. Nikoh tuzish va nikohdagi juftni tanlash turli ijtimoiy –iqtisodiy shart-sharoitlar bilan amalgam oshiriladi.
Quldorlik tuzimidagi mamlakatlarda nikoh faqatgina erkin fuqarolar uchun mumkin bo’lgan. Erkin kishilarning qullikdagi ayol bilan nikoh qilinishi qat’iyan qoralangan. Feudal tuzimdagi davlatlarda esa hukmron sinflar o’rtasida gomogam nikoh tarqalgan. Dexqonlar o’rtasidagi nikoh esa zodagonlarning ruxsati bilan tuzilgan.
Aytish joizki, industrial jamiyat va ta’lim tizimining rivojlanishi hamda ayollarning ishlab chiqarishga ko’proq jalb etilishi nikoh jarayonining o’zgarishiga olib keladi. Chunonchi, ta’lim tizimining rivojlanishi ba’zi mamlakatlarda nikoh yoshining kattalashishiga olib keladi, natijada nikohga kirmagan, birgalikda yashovchi erkaklar va ayollar, nikohdan oldingi aloqalar va nikohsiz (noqonuniy) tug’ilgan farzandlar soni ko’payib boradi.
Shu o’rinda “birgalikda yashash” va “birgalikda yashovchilar” tushunchalarining mohiyatini yoritib o’tsak.



















Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə