O‘zbekiston milliy Universiteti



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə2/7
tarix09.05.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#109354
1   2   3   4   5   6   7
Ajrashishlar va ularning Demografik oqibatlari

1-jadval.




Nikoh turlarining tasnifi










Nikoh turlari va mezonlari

Nikoh turning







Nikoh ta’rifi







nomlanishi













Juftni tanlash

Ekzogamiya

Juft faqat begona gurugdan tanlanadi






















Endogamiya

Juft

faqat

o’zining

guruhidan







tanlanadi







Nikoh guruhi o’lchami

Monogamiya

Bir erkakning faqat bitta ayol bilan







tuziladigan nikohi







Poligamiya

Bir erkakning bir nechta ayol. Yoki







bir ayolning bir nechta erkak bilan







tuziladigan nikohi







Poliginiya

Ko’p xotinlilik






















Poliandriya

Ko’p erlik



















Guruh nikohi

Bir nechta ayolning bir nechta erkak







bilan nikoh ittifoqi







Juft oila

Monogamiyaning bir tiri













Er-xotinning yashash joyi

Patrilokal

Er va xotin erning ota-onasi uyida







yashashi










Matrilokal

Xotinning ota-onasi uyida yashashi
















Neolokal (dislokal)

Er va xotin alohida yashashi
















Unilokal

Er va xotin birgalikda yashashi










Er-xotinning tengsizligi

Tengsiz

Er va xotinning jamiyatdagi o’rni,







yoshi va daromadlari bir-biridan farq







qiladi










Nikoh uchun to’lov

Sotib olinadigan

Ayol kishiga Tovar sifatida qaraladi













Sovg’a

Ayol kishi erkakning qarindoshlariga







sovg’a qilinadi







Ilohiy

Qizlarning

hudolar bilan

nikohdan







o’tishi













Qalin evaziga

Kelinning ota-onasiga qalin to’lash










O’g’irlash

O’g’irlash

Kelin yoki kuyovning o’g’irlanishi



Manba: Abdurahmanov Q., Abduramanov A. “Demografiya” T.: 2011
Birgalikda yashash- bu nikoh qonunchiligiga mos ravishda ro’yhatdan o’tkazilmagan
jinsiy ittifoqdir. Birgalikda yashashjinsiy ittifoqning oddiy nomlanishi bo’lib, nikoh qonunchiligiga mos ravishda rasmiylashtirilmagan niohdir1.
Boshqacha qilib aytganda, birgalikda yashash ikkita balog’atga yetgan shaxslarning hamkorlikda bir xo’jalikda yashashi bo’lib, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari bilan bog’lanmagan, lekin hissiy va jinsiy munosabatga ega bo’lganlardir.




  1. Социалная энциклопедия.- Москва, 2000. -С. 344

Birgalikda yashovchilar quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:



  • “hissiyotga berilganlar”, lekin hali nikohga tayyor bo’lmaganlar;

  • Nikohga kirishni hohlayotganlar va buni amalga oshirishni kutayotganlar;

  • Iqtisodiy sabablarga ko’ra (qambag’allik) birga yashayotganlar;

  • Doimiy nikohga muqobil sifatida birgalikda yashashni ma’qul ko’rayotganlar.

Agar birinchi uchta toifadagi odamlar nikohni bor holicha inkor etmasalarda, nikohga kirish hususida jiddiy qaror qabul qilish uchun bir-birini “sinash” kerak, deb hisoblayotganlar bo’lsa, to’rtinchi toifa odamlar u yoki bu sabablarga ko’ra, nikohga kirishni istamayotgan odamlarni o’z ichiga qamrab oladi. Birgalikda yashovchi ko’pgina odamlar bungacha qonuniy nikohda bo’lganlar, lekin ularning nikohdagi hayot tajribasi omadsiz bo’lib, ular ajralishga majbur bo’lganlardir. Ular ajralishni yana bir boshidan kechirishni va yana “tavakkal” qilishni istamaydiganlar, lekin o’zlari sevadigan hamrohi bilan jinsiy munosabatlarga qarshi bo’lmaganlardir.
Ko’pgina odamlar nikohning qonuniy ro’yhatdan o’tkazmasligining asosiy sabablari, avvalambor, ular nikohning umrboqiy tavsifga ega ekanligiga ishonmasligi, keyingi ajralish va mulkni bo’lib olish bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarishni istamaganliklari hisoblanadi.
Aholi orasida nikoh juftligining hosil bo’lish jarayoni birinchi va takroriy nikohga kirishni o’z ichiga oladi.SHu bilan birga,nikoh ’’nikoh bozori ’’dagi holat,nikoh aylanasing shakillanishi,nikohdagi tanlashning mavjudligiga bog’liq bo’ladi.
Nikoh bozori”-bu nikohga layoqatli aholining turli guruhlaridagi nisbatlar tizimini ko’rsatuvchi shartli belgidir.Mazkur bozordagi holat nikohga kirish ehtimolligiga,muayyan hudud aholising jinsiy tarkibiga va nikohga layoqatli aholi tarkibidagi salohiyatli nikoh juftliklarining soniga bog’liq.
Nikoh aylanasi nikohdagi juftliklar yig’indisidan iborat bo’lib jamiyatdagi qonunchilik,ma’naviy_etnik me’yorlar,juftliklarning shahsiy sifatlari va ijtimoiy-iqtisodiy holatlari bilan belgilanadi.


Nikoh tanlovi berilgan nikoh aylanasi ichida nikoh juftliklarini tanlashdan iborat bo’lib,unga ijtimoiy- iqtisodiy,madaniy,psixologik va antropologik mezonlar ta’sir o’tkazadi hamda ularning har birining ta’siri vaqt davomida o’zgarib turadi.
Nikoh holatini tadqiq va tahlil qilishda uni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Aytish joizki, nikoh haqidagi ma’lumotlar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilishni tahlil qilish natijasida olingan statistic ma’lumotlar, aholini ro’yhatga olish ma’lumotlari va tekshiruv natijalari asosida to’planadi. Fuqarolik holati ma’lumotnomalarini qayd qilish ma’lumotlari asosida nikoh bo’yicha mahsus statistik shakllar ishlab chiqilib, ular jarayonning asosiy tavsiflarini tadqiq qilishda baza vazifasini o’taydi. Aholini ro’yhatga olish jarayonida so’rovnoma to’ldirayotgan shaxsning nikohdagi holati so’raladi va natijada aholi orasidagi
nikohdasilar soni aniqlanadi. Aholining nikoh holati o’rganilayotgan ijtimoiy-demografik jarayonning chastotasi, darajasi, davomiyligi, mustahkamligini belgilovchi tavsiflar asosida hamda nikoh tuzuvchi shaxslarning yoshlarini inobatga olgan holda o’rganiladi.
Nikoh holatini ifodalovchi demografik ko’rsatkichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • avlodlar orasidagi nikoh va nikohsizlik holatlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

  • nikohga kirishni umumiy chastotasini o’lchovchi ko’rsatkichlar;

  • nikohdan o’tuvchi shaxslarning yoshini belgilovchi ko’rsatkichlar;

  • beva bo’lib qolish chastotasi;

  • nikohning mustahkamligi va ajralishlar chastotasi;

  • takroriy nikohlarning tarqalganlik ko’rsatkichlari;

  • nikohdagi juftini tanlash hususiyatlari.

Nikoh holati- demografik tahlildagi aholining muhim tarkibiy tavsifi bo’lib, muayyan vaqtdagi mikohjarayonidir. Nikoh holati nikoh yoshida bo’lgan erkak va ayollarmutlaq sonining aholining o’rtacha yillik soniga nisbati orqali aniqlanadi.

Masalan 1897 va 1926 yilgi aholi ro’yhatlarida nikoh holatini quyidagi turlari inobatga olingan: hech qachon nikohda bo’lmaganlar, nikohdagilar, bevalar va ajrashganlar. 1979 va 1989 yilgi aholi ro’yhatlarida


ajrashganlar, lekin amalda birga yashayotgan shaxslar turkumi qo’shildi. Bundan tashqari 1939, 1959 va 1970 yillardagi aholi ro’yhatlarida aholi faqat nikohda bo’lganlar va bo’lmaganlar toifasiga ajratilgan.
Aholining nikoh holatiga aholining yosh-jinsiy tarkibi, birinchi nikohdan o’tuvchilarning o’rtacha yoshi, oldingi tug’ilish darajasi ta’sir etadi. Har bir avlod ma’;um bir tarihiy sharoitda shaklanganligi uchun ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar: aholining nikoh institutiga munosabatini belgilovchi ijtimoiy hulq me’yorlari, iqtisodiy inqirozlar, ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlar (urush, inqilob, qatag’on) nikoh hoatiga ta’sir ko’rsatadi.
Nikoh holatiga yosh tarkibini ta’sirini ko’rsatuvchi eng qulay ko’rsatgich-bu nikohning u yoki bu holatidagio’rtacha yashash muddatidir. Masalan, nikoh holatidagi o’rtacha yashash muddatini aniqlash uchun nikohda turgan ayollar va erkaklar sonini, o’zlari mansub bo’lgan yosh guruhlarining intervali kattaligiga ko’paytirilib, hosil bo’lgan ko’paytmalar qo’shiladi. Biroq bu usul bilan hisoblangan ko’rsatkichlarda nikoh holatiga o’limning ta’siri hisobga olinmagan bo’ladi. Mazkur ko’rsatkich nikohda turganlar haqidagi ma’lumotlarni standartlash imkonini beradi. Shu sababli ulardan qiyoslash uchun foydalanish mumkin. Bu interval ko’pincha 15-49 yoshdagi ayollarni reproduktiv vazifalarini amalgam oshirishlarini nikohda turganliklarining davomiyligiga bog’liqligini hisobga olish uchun qo’llaniladi.

Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya