Mutlaq nikohsizlik darajasi odatda aholining 50 yoshgacha bo’lgan va hech qachon nikohda bo’lmagan ayol va erkaklar soni bilan tavsiflanadi. Bu ko’rsatkich tadqiqot olib borilayotgan avlodlarning qancha qismi nikohga kirmaganligini ko’rsatdi (2-jadval).
2-jadval
Mutlaq nikohsizlik darajasi mezoni
Manba: Abdurahmanov Q., Abduramanov A. “Demografiya” T.: 2011
Bugungi kunda O’zbekistonda aholining mutlaq nikohsizlik darajasi past hisoblanadi, ya’ni 5,0 % dan kamni tashkil etadi. Aholi ro’yhari ma’lumotlaridan olingan hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, turli yoshdagi ayollar (real avloddagi) orasida mutlaq nikohsizlik darajasi faqat urush yillari va undan keyingi nikoh bozorining deformatsiyasi davridagina yuqori bo’lgan.
Nikohga kirishning umumiy chastotasini o’lchovchi ko’rsatkichlarga nikohning umumiy va mahsus ko’rsatkichlari kiradi.
Nikohning umumiy koeffisenti muayyan hududdagi aholi orasidagi bir yilda har mingta kishiga to’g’ri keladigan nikohlar sonini anglatadi.
Masalan: S-aholining o’rtacha yillik soni, T-ko’rsatkichni hisoblash lozim bo’lgan davr, V-tuzilgan nikohlar soni bo’lsa, b-nikohning umumiy koeffisenti quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
b=B/ST*1000
Ushbu ko’rsatkichning kamchiligi shundaki, u aholining yosh tarkibi va nikoh tarkibiga bog’liq bo’lib, nikohni hududlararo qiyoslashni qiyinlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |