O‘zbekiston milliy Universiteti


Nikohga kirishning o’rtacha



Yüklə 165,18 Kb.
səhifə5/7
tarix09.05.2023
ölçüsü165,18 Kb.
#109354
1   2   3   4   5   6   7
Ajrashishlar va ularning Demografik oqibatlari

Nikohga kirishning o’rtacha yoshi-nikoh harakatining asosiy tavsiflaridan biri bo’lib, aholini royhatga olish va shu yili nikohdan o’tgan shaxslarning yoshlari haqidagi ma’lumotlarni o’zida jamlagan joriy hisob-kitoblar asosida topiladi. Buni bir necha ko’rsatkichlar orqali hisoblash mumkin.



  1. O’rtacha arifmetik yosh. Bu ko’rsatkichning suratida turli yоshlarda tuzilgan nikohlar yig’indisi, maxrajida esa nikohdan o’tganlarning umumiy soni turadi:

x=∑( + , )

Bu yerda x –individning nikohga kirish yoshi;
Bx- x yoshda nikohdan o’tganlar soni.

  1. O’rtacha mediana yoshini aniq bir yilda tuzilgan nikohlarni 100000 ta nikohga taqsimlab topiladi. Shunda bu ko’rsatgich 100000 umumiy nikohlarning 50000 tasi nikohga kirish yoshiga mos keladi. Bu ko’rsatkichni hisoblash zamirida avvalgi va keyingi yoshlar o’rtasidagi nikohlar barobar taqsimlanadi, degan taxmin yotadi.

Nikoh holatini taxlil qilishda o’rtacha moda yoshi ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. O’rtacha moda yoshi deganda, nikohlarning eng katta qismi tuzilgan yosh nazarda tutiladi. Masalan O’zbekistonda o’rtacha nikohga kirish yoshi 1930- yillarning o’rtalaridan to ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar oshib borishga moyil bo’lgan. Urushdan so’ng bir muncha pasaydi. Biroq bu pasayish uzoq davom etmadi va ikki yil davomida (1948-1950) nikoh bozoridagi katta mutanosiblik ta’sirida o’rtacha nikohga kirish yoshi erkak va ayollarda ikki yoshga kattalashdi. Bugungi kunda es nikohga kirishning o’rtacha yoshi yil sayin ortib bormoqda.
Nikoh bozorida juft tanlashga ta’sir etuvchi ijtimoiy, demografik, madaniy va boshqa omillarni taxlil qilishda nikoh indeksidan foydalaniladi.
Nikoh indeksi- demografik ko’rsatkich bo’lib, nikohdagi juftlikning biron bir belgisi (yoshi, millati, ma’lumoti, daromadi va hk) ga qarab tanlash darajasini o’lchash uchun qo’llaniladi. Nikohning gomoganiya (tortilish, intilish) va geterogamiya (qochish) indekslari farqlanadi. Bu indekslar M. V. Ptuxa tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ularni tuzishda erkaklar va ayollar uchun alohida nikohlarni joriy ro’yhatga olishning quyidagi formula asosida hisoblangan ma’lumotlaridan foydalaniladi:



Yüklə 165,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə