Oilani o`rganish metodlari tahlili to`ychiyev Asadbek



Yüklə 33,28 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü33,28 Kb.
#142595
  1   2   3
oila-barqarorligini-shakllantirish-omillari


OILANI O`RGANISH METODLARI TAHLILI

To`ychiyev Asadbek

toychiyeva19@gmail.com


Annotatsiya: O‘zbek oilasining mustaqillikdan keyingi holati, taraqqiyoti, jamiyatimizda mustaqillikdan keyin oila barqarorligini ta’minlash, oilalarni ijtimoiy himoyalashda olib borilgan ishlar, oila qonunchiligida yuzaga kelgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kabi masalalar bugungi kunda dolzarblik kasb etmoqda. Oilada baxtli hayot kechirishga har bir o‘g‘il va qiz bolani erta o‘rgatish, buning uchun uning ongida oila muqaddasligi va qadrli ekanligi tushunchasini shakllantirishi zarur. To‘g‘ri, o‘spirin yoshdagilarning bunday tasavvurga ega bo‘lishi qiyin albatta, chunki oila-nikoh munosabatlarining o‘ziga xosligini bilish, ikir-chikir muammolarini tushunish masalasi ko‘pgina hayot tajribasi va bilimni talab qiladi. Biroq, u nikoh qurish yoshiga ancha yetmasdanoq oilaning asosiy mazmunini tashkil etadigan omillarni tushuna olishlari kerak.
Kalit so‘zlar: oila, ijtimoyi himoyalash, baxtli hayot, oiladagi sog‘lom muhit.


FACTORS FORMING FAMILY STABILITY


Abstract: The post-independence status of the Uzbek family, its development, ensuring the stability of the family in our society after independence, the work carried out in the social protection of families, changes in family law and additional issues are on the agenda today. It is necessary to teach every boy and girl early to live a happy life in the family, to form in his mind the concept of the sanctity and value of the family. It is true that it is difficult for adolescents to have such an idea, of course, because it takes a lot of life experience and knowledge to know the specifics

of family and marriage relationships, to understand the intricacies of marriage. However, before they reach the age of marriage, they need to understand the factors that make up the family.
Keywords: family, social protection, happy life, healthy family environment.

KIRISH


Mustaqil o‘zbek davlatchiligini va milliy huquqiy tizimini shakllantirishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li boy ma’naviy-huquqiy negizlari asoslanadi. O‘zbekiston davlati va huquqining poydevori – milliy davlatchiligimizning tayanchlari juda qadimiy va mustahkamdir. U uch ming yillik tarixga ega. Qadim Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon madaniyatini rivojlanishida yorqin iz qoldirgan.
Bizning davlatimiz ko‘hna So‘g‘diyona va Xorazmdan boshlab, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va temuriylar davlatlari va o‘zbek xonliklarining davlat boshqaruv tajribasini, xalqimizning butun milliy, tarixiy, huquqiy, ma’naviy amaliyotini hamda uning mustaqil davlatiga ega bo‘lish kabi asriy orzularini o‘zida mujassamlashtirgan. Hozir, XXI asr boshida O‘zbekiston Respublikasi yangi davlatchiligining qaror topishida umumjahon va milliy davlatchilik taraqqiyoti qonuniyatlari uzviy ravishda uyg‘unlashdi
Jamiyat hayotining o‘zgarishi, ma’lum jihatdan oilaga, uning a’zolariga bog‘liq bo‘lganligi bois, bu muammoni o‘rganish va tahlil etish dolzarb jarayon hisoblanadi. Har bir millat oila va u bilan bog‘liq jarayonga alohida e’tibor qaratib, oila haqidagi bilimlarni, tasavvurlarni va qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazib kelmoqdalar.
Oila - ijtimoiy institut sifatida uning a’zolari yoshi, kasbi, farzandlarning soni, nikoh yoshi, er-xotinlarning milliy mansubligi, hududiy jihatdan yashash joyini inobatga olgan holda tasniflanadi va o‘rganiladi.
Oiladagi muhitning sog‘lomligi avvalo ayolga bog‘liq bo‘lganidek, jamiyatdagi ma’naviy muhitning sog‘lomligi bevosita oilaga va oila tarbiyasiga ma’sul bo‘lgan onaga bog‘liqdir. Bo‘lajak onalarimiz esa hozirgi kunning yosh qizlaridir. Qomusiy olimlarimizdan biri Abu Abdulloh Rudakiyning “Qaysi bir millatni yakson qilmoqchi bo‘lsangiz, ularning qizlarini - bo‘lajak onalarni tarbiyadan chiqaring. Qaysi bir millatni yuksaltirmoqchi bo‘lsangiz, ularning qizlarini - bo‘lajak onalarini chiroyli tarbiyaga, go‘zal axloqqa o‘rgating” degan fikri hozirgi kunning ham dolzarb mavzularidandir. Millatning qizlari ilmli, tarbiyali hamda aqlli, oilaviy hayotga nisbatan har tomonlama tayyor bo‘lsa, oiladaga muhit ham sog‘lom va oila mustahkam, farovon bo‘ladi. Shuning uchun qizlarning oilaviy hayotga ma’naviy-
psixologik tayyorgarlik holati, ularning psixologik yetukligi muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 33,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə