Oilani o`rganish metodlari tahlili to`ychiyev Asadbek



Yüklə 33,28 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü33,28 Kb.
#142595
1   2   3
oila-barqarorligini-shakllantirish-omillari

METODOLOGIYA


Oila qadriyatlariga o‘smirlik yoshidagi bolalarning munosabatini o‘rganish uchun ularni kengroq ijtimoiy muhit doirasida o‘rgandik va buning uchun biz Rokich tomonidan taklif etilgan qadriyatlarni o‘rganish metodikasining o‘zbek tiliga o‘girilgan variantidan foydalandik. Ushbu metodika o‘z ichiga olgan qadriyatlarga munosabat testini tanlovda ishtirok etgan to‘liq va noto‘liq oila farzandlariga taqdim etib, har bir qadriyatning ular uchun qanchalik qadrliligi nuqtai nazaridan baholab berish vazifasini qo‘ydik.
Insonning psixologik yetukligi bu o‘z oldiga erishishi muqarrar bo‘lgan va imkoniyatlari yetarli bo‘lgan maqsadlarni qo‘yishi, turli yashash sharoitlariga moslashish, turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay olishidir. Albatta, bunday qobiliyatlar bir kunda shakllanmaydi. Ular oilada qizlarga berilgan tarbiya ta’sirida asta-sekinlik bilan shakllanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR


Qiz bola turmush qurgandan so‘ng uning ijtimoiy muhitdagi mavqie tubdan o‘zgarishi asosida unga nisbatan boshqalarni va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosati o‘zgarishi kuzatiladi. Mazkur o‘zgarishga nisbatan o‘zida ishonchni shakllantira olgan qiz bola yangi oilasida qisqa muddatda o‘z o‘rniga ega bo‘la oladi. Oila qurishga o‘zida ishonchni shakllantirishiga eng asosiy turtki rolini o‘ynovchi omillardan biri bu - o‘z-o‘ziga yo‘riqnoma berishi ya’ni, oilaga tayyorlik holatining har tomonlama o‘stirish hisoblaniladi. Yangi kelinlik mavqega moslashish albatta, tajriba va bilimlarga asoslanadi. Shularga ko‘ra, har qanday turmush qurish yoshiga yetgan qiz o‘zining yutuqlari va kamchiliklarini tafakkurida aqlan tahlil qilib o‘zi kelin bo‘lgach amalga oshiradigan xatti-harakatlarini tassavur eta olishi kerak.
Sizningcha, oilani mustahkamligida qanday omillar muhim?” nomli savolga bergan javoblari ko‘rsatgichi.

Sizningcha, oilani mustahkamligida qanday omillar muhim?



Javoblar

%

A.

Oilada bir-birini tushuna olish

45%

V.

Moliyaviy farovonlik

2%

S.

Muhabbat va ehtiros

5%

D.

Mehr, ishonch, sadoqat

38%




E.

Mustahkam e’tiqod

5%

F.

Milliy qadriyatlar

3%

G.

Hammasi

2%




Jami

100%




Yüklə 33,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə