|
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy
|
səhifə | 1/6 | tarix | 08.06.2023 | ölçüsü | 47,65 Kb. | | #116158 |
| 53.54.55.56 NIGINA
53-VARIANT
53.1
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki ishsizlikning o’zi
haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy
oqibatlarni kеltirib chiqaradi.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab
chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot
barcha ishlashni xohlagan va ishlay oladiganlar uchun yetarli
miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo’lmasa mahsulot ishlab
chiqarish potеntsial imkoniyatining bir qismi yo’qotiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo’qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM)
hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy
YaIMning potеntsial YaIMdan kam bo’lgan hajmi sifatida ko’rinadi.
Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM hajmining orqada
qolishi shunchalik katta bo’ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Oukеn ishsizlik
darajasi va YaIM hajmining orqada qolishi o’rtasidagi nisbatini
matеmatik ifodalab bеradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Oukеn
qonuni sifatida tanilgan bo’lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi
uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo’lsa, YaIM hajmining
orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko’rsatadi.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potеntsial hajmidan
ortib kеtishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy
darajadan ham past bo’lgan davrlarda ro’y bеradi. Ishlab chiqarishga
ishchilarning qo’shimcha smеnalarini jalb qilish, kapital uskunalardan
bеlgilangan mе’yordan ortiqcha darajada foydalanish, ish vaqtidan
kеyin qo’shimcha ishlash va o’rindosh ishlarda band bo’lish kabilar
buning asosiy sabablaridir.
53.2 Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Investitsiya salohiyati deganda iqtisodiy faoliyatda ishlatiladigan (foydalaniladigan) ishlab chiqarish zaxiralari, quvvatlari, kuchlari, imkoniyatlari kabilardan iborat resurslar yig’indisi tushuniladi. Investitsiya salohiyati foyda olish yoki ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarga mablag’ kiritish (qo’yish) imkoniyatlari darajasini xarakterlaydi.
Investitsiya salohiyati – mamlakatda asrlar davomida shakllangan bir qancha omillar yig’indisini tavsiflaydi. Bu omillar ishlab chiqarish omillari, tabiiy resurs omillari, mehnat omillari, innovatsiya va iste’mol omillari hamda mamlakatning moliyaviy salohiyati kabilarni qamrab oladi (8.2-rasm).
Tabiiy salohiyat tabiiy resurslar miqdori va sifati, mamlakatning iqlimi, tabiiy-geografik shart-sharoitlarini o’z ichiga oladi. Tabiiy resurs omillari10 ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muhim o’rin tutadi va quyidagilarni qamrab oladi: mineral resurslar (foydali qazilmalar); agromuhit shart-sharoitlari; yer va suv resurslari; o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar.
Mehnat salohiyati iqtisodiy faol aholi soni, yoshi, aholining bilim darajasi kabilarni xarakterlaydi. Shuningdek, ishlab chiqarishga layoqatli, bilim, malaka, mahoratga ega bo’lgan kishilardan iborat bo’lsa, intellektual salohiyat jamiyat a’zolarining ilmiy, ma’rifiy, ma’naviy, intellektual salohiyatini ko’rsatadi. Qoida tarzida, xorijiy investorlarni malakali ish kuchi va arzon ish haqi to’lanadigan hududlar jalb qiladi.
Investitsiya shart-sharoitlariga quyidagi omillar kiradi:
– umumiqtisodiy shart-sharoitlar – YaIMning o’sish sur’atlari, inflyatsiya darajasi, ishsizlik darajasi, foiz stavkasi, ishlab chiqarish hajmi va tarkibi, to’lov balansi, monopolizm darajasi, valyuta konvertatsiyasi, tashqi qarz, investitsiyalar hajmi va moliyalashtirish manbalari, davlat byudjeti defitsiti va boshq.;
– siyosiy shart-sharoitlar – mamlakatdagi siyosiy barqarorlik, investitsiya faoliyatini tartiblovchi va investorlarning huquqlarini va ularga yaratilgan kafolatlarni ta’minlovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mavjudligi va amal qilishi, jinoyatchilik va korruptsiya holati va boshq.;
– bozor mexanizmi shart-sharoitlari – bozor infratuzilmasining rivojlanganligi: bank, sug’urta, fond bozori, transport va aloqa, raqobat va narx shakllanishi va boshq.;
53.3
Valyuta kursini kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatini muhim va
ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan-xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta
kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham
ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat
iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Valyuta kursi asosan quyidagi jarayonlarni amalga oshirish uchun: kapital va
kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o’zaro ayirboshlash.
Masalan, eksportyor chet el valyutasi olgan tushumini o’z milliy valyutasiga
aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o’z davlatida qonuniy ravishda
xarid qilish va to’lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Importyor chetdan sotib
olgan tovarlarni to’lovchini amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini
chet valyutasiga almashtiradi;
■ jahon bozori va milliy bozor narxlarni hamda turli mamlakatlarning milliy
va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslash;
■ firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo’lgan davriy qayta
baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta kursi - bu bir mamalakat pul
birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR,
EKYu) ifodalagan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va
taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab
chiqilgan koeffitsienti sifatda namoyon bo’ladi. Ammo valyuta kursining qiymat
asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar
ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori
o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. O’iymat tovar ishlab
chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|