Termiz Davlat Unversiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti



Yüklə 10,06 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü10,06 Kb.
#167109
  1   2   3
I.Ro\'zigul

Termiz Davlat Unversiteti

Tabiiy Fanlar Fakulteti

Biologiya Ta’lim Yonalishi

423 –guruh 1-Kurs Talabasi

Ismoilova Ro’zigulning

Amaliy Botanika faidan Mustaqil ishi.


Changlanish, oʻsimliklarda — changlarning urugʻchi tumshuqchasiga (gulli oʻsimliklarda) yoki urugʻ kurtakka (ochiq urugʻlilarda) tushishi. Ch.dan soʻng changdan chang naychasi rivojlanadi; naycha tugunchaga qarab usadi. Naycha orqali urugʻ hujayralar — spermitlar urugʻ kurtakdagi tuxum hujayraga yetib boradi. Uruglangan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi. Gulli oʻsimliklarda chetdan va oʻzidan Ch. sodir boʻladi. Chetdan Ch.da bir gulning changdonidagi changlar 2gul urugʻchisi tumshuqchasiga, oʻzidan Ch.da changlar shu gul urugʻchisi tumshuqchasiga tushadi. Chetdan Ch.da hosil boʻladigan yangi organizm urugʻli oʻsimliklar belgilari kombinatsiyasiga ega boʻlgani uchun oʻzidan changlanishga nisbatan biologik ustunlikka ega. Oʻzidan Ch. esa tur belgilarining turgʻunlashuviga imkon beradi. Koʻpchilik oʻsimliklar oʻzidan changlanadi. Chetdan changlanadigan oʻsimliklarda biror sababga koʻra chetdan Ch. sodir boʻlmaganida (mac, obhavo noqulay kelganida) oʻzidan Ch. roʻy beradi.
Chetdan Ch.da hayvonlar (zoofiliya), jumladan, qushlar (ornitofiliya), sut emizuvchilar — koʻrshapalaklar, kemiruvchilar, ayrim xaltalilar (Avstraliyada), lemurlar (Madagaskar o.da) ishtirok etadi. Lekin chetdan Ch.da hasharotlar (entomofiliya), shamol (anemofiliya) va suv (gidrofiliya) asosiy ahamiyatga ega. Evolyutsiya davomida hayvonlar (asosan, hasharotlar) bilan gulli oʻsimliklar oʻrtasida Ch.ga oʻzaro moslashish belgilari (koevolyutsiya) sodir boʻlgan. Mingdevona gul qoʻrgʻoni nayining choʻzilishi bilan uni changlatadigan arvoh kapalak xartumi ham uzayib borgan. Orxideyalar gullari esa ularni changlatadigan hasharotlar urgʻochisiga oʻxshash boʻlib qolgan. Orxideyalar va bir qancha boshqa oʻsimliklar gullarining ochilishi ularni changlatadigan hasharotlar rivojlanishining muayyan davriga toʻgʻri keladi
Anemofiliya, odatda, ochiq yerlarda oʻsadigan oʻsimliklar va koʻpchilik daraxtlar uchun xos. Bunday oʻsimliklar gullari mayda boʻlib, toʻpgulga toʻplangan; gullar juda koʻp chang hosil qiladi. Ular barg yozishdan oddin gullaydi yoki toʻpgullari barglaridan ancha yuqori koʻtarilib turadi (bugʻdoydoshlar). Anemofil oʻsimliklarning toʻpgullari kuchsiz shamolda ham tebranib, changini havoga tarqatadi.

Yüklə 10,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə