Islom. Islom dinining asosiy manbalari. Bajardi: Sadullayeva Z


Islom dinidagi yo’nalishlar, oqimlar va mazhablar



Yüklə 2,86 Mb.
səhifə4/6
tarix08.06.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#116151
1   2   3   4   5   6
ISLOM

 Islom dinidagi yo’nalishlar, oqimlar va mazhablar.

  • Sunniylar oqimining mazhablari quyidagilardan iborat:
  • Xanafiya, Molikiya, SHofi’iya, Hanbaliya mazhablari. 2.Suniylik va shialik o’rtasidagi farqlar.
  • Shia oqimining mazhablari quyidagilar: Zaydiya, Isno’ashariya, Ja’fariya, Ismoiliya, Ubaydiya, Karmatiylar va boshqalar.

 Islom dinidagi yo’nalishlar, oqimlar va mazhablar.

  • Abu Abdulloh Halimiy shunday degan:
  • “Ahli sunnaning asosiy xususiyati uchta:
  • har amirning orqasida namoz o‘qish (ya’ni ularni fosiq va fojirga ajratmaslik);
  • har bir davlat rahbarining rahnamoligida jihod qilish (ya’ni ular bilan birga jang qilish, ularga qarshi jang qilmaslik);
  • ahli qibladan bo‘lgan har bir kishiga janoza namozini o‘qish (ya’ni ularni kofir demaslik)”.

 Islom dinidagi yo’nalishlar, oqimlar va mazhablar.

  • Shialik. Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda o‘zini “shiatu Ali” (Alining guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib SHialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan. SHialik boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Sha so‘zining to‘liq shakli “ash–Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “Shiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo‘lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan.
  • Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida o‘tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Ular Alining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg‘ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Allohhuzuridan berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan, Ali o‘sha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar, Alining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar.

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə