Ismatullayeva s qabul qildi



Yüklə 5,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.03.2023
ölçüsü5,54 Mb.
#103112
1   2   3   4
ABU ALI IBN SINO

Hayot yo‘l
i
Qoraxoniylar 999-yil Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini agʻdarganidan 
keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002-yil 
uning otasi vafot etdi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005-yilgacha 
davom etib, oxiri Qoraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda 
Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois Ibn Sino oʻz yurtini tark 
etib Xorazmga bosh olib ketdi.
XI-asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, 
iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazmshohlar Ali ibn 
Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilm fanga eʼtiborli 
hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. 
Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj(Urganch)da zamonasining 
koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi.


Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Iroq, (1034-yilda vafot etgan), 
mashhur tabib va faylasuflar Abu Saql Masihiy (1010-yilda vafot etgan), Abu al-
Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan. 
Ana shu ilmiy davraga 1005-yil Ibn Sino ham kelib qoʻshildi. Xorazmda Ibn Sino, 
asosan, matematika va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu sohalardagi bilimlarining 
chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan 
boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. 
Ibn Sinoning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi 
Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir.
Ibn Sino Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta 
saboq oldi. Xorazmshoh vaziri Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi 
boʻlganidan, Ibn Sino u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid „Risola 
aliksir“ („Eliksir haqida risola“) nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta 
hayot uzoqqa choʻzilmaydi. Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna hukmdori 
sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz tikadi. U, avval, Maʼmunga saroydagi 
bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga 
javoban Beruniy va Abu al-Xayr Hammor Gʻaznaga ketadilar. Ibn Sino esa bu 
taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011-yillarda yashirincha 
Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining 
oxirigacha 
Buyuk bobokalonimiz, ulugʻ 
alloma va mutafakkir, tabobat ilmi 
sultoni, faylasuf, matematik, ruhshunos 
olim, musiqachi, benazir shoir sifatida 
ilm-fanning 29 sohasi rivojiga munosib 
hissa qoʻshgan Abu Ali ibn Sinoning 
tavallud topganiga 1040-yil toʻldi. 
Shu qutlugʻ sana munosabati 
bilan “Abu Ali ibn Sino – Oʻzbekiston 
faxri va jahon mulki” mavzusida 
xalqaro ilmiy-maʼrifiy onlayn anjuman 
boʻlib oʻtdi. 
Ibn Sino jamoat fondi tashabbusi 
bilan oʻtkazilgan tadbirda Germaniya, 
Belgiya, Fransiya, Isroil, Turkiya, 
Hindiston va Oʻzbekistonning yetakchi 
mutaxassislari, deputatlar, ekspertlar
shifokorlar, 
farmatsevt, 
tarixchi 
olimlar, sharqshunos, faylasuf, biolog 
hamda kimyogarlar ishtirok etdi. 


Maʼlumki, Abu Ali ibn Sino tarixda yorqin iz qoldirgan buyuk 
allomalarimizdan biri boʻlib, uning boy ilmiy merosi insoniyatga hamon gʻurur va 
iftixor bagʻishlab kelmoqda. Alloma Sharq va Gʻarb ilm-fani, maʼrifati, madaniyat 
taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgani bois, oʻz davrida “Shayx ur-rais”, “Olimlar 
boshligʻi”, “Tabiblar podshohi” kabi yuksak maqomlarga sazovor boʻlgan. “Tib 
qonunlari” asari esa asrlar davomida tabobatning mufassal qomusi boʻlib qolmoqda. 
Xalqaro anjumanda soʻzga chiqqan oʻzbekistonlik olimlar Abu Ali ibn 
Sinoning oʻz davridagi innovatsion gʻoyalari, tibbiyot falsafasi, xalq tabobati 
mutaxassislarini tayyorlashdagi oʻrni, stomatologiya rivojidagi hissasi, axloqiy va 
tarbiyaviy qarashlari haqida maʼruzalar oʻqidi. Xorijlik soha mutaxassislari esa 
COVID-19 profilaktikasi va uni davolashda ibn Sino oʻgitlari, Yevropada Avitsenna 
ruhi va taʼsiri, Hindistonda ibn Sino merosini oʻrganish borasida amalga 
oshirilayotgan ilmiy izlanishlar haqida maʼlumotlar berdi. 
Tarjima holi
U 980-yilda Buxoro yaqinidagi 
Afshona qishlogʻida dunyoga keldi. 5-
10 yoshlarida maktabda talim oldi. 
Maktabni 
bitirgach, 
ustozi 
Abu 
Abdullohdan mantiq, tibbiyot,
falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini
oʻrganadi.
16 yoshidan boshlab turli fanlar 
boʻyicha Sharq va Gʻarb olimlarining 
ilmiy asarlarini mustaqqil oʻrganadi. 
Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi 
allomalari Gippokrat va Galen hamda 
oʻrta asr Sharqining buyuk hakimi va 
mutaffakiri Abu Bakr ar-Roziy (864—
925)ning asarlarini puxta oʻrganadi.
Ibn Sino 17 yoshidayoq eʼtiborli 
hakim va olim boʻlib yetishadi. U amr 
Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, 
somoniylarning saroy kutubxonasidan 
foydalanishga 
ruxsat 
oladi. 
Kutubxinada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, 
bilmlarni chuqurlashtiradi.
Anjumanda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri 
oʻrinbosari, OʻzMTDP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov ham soʻzga chiqib, 
bobomizning bugun insoniyatga xizmat qilayotgan odob-axloqqa oid asarlari haqida 
gapirdi. Ibn Sino oʻzining axloq toʻgʻrisidagi asarlarida insonlar kundalik ishlarida 


kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, toʻgʻrilik, sofdillik kabi axloqiy qoidalarga alohida 
eʼtibor berishlari zarurligini uqtirgani, tarbiyaning asosi boʻlgan.
.
Asarlari 
Olimning falsafaga oid eng yirik va 
muhim asari „Kitob ash-shifo“dir. U 4 
qismdan iborat: 1) mantiq — 9 qismga 
boʻlingan: 

Yüklə 5,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə