1-dars. Sintaksis haqida umumiy tushuncha



Yüklə 3,92 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü3,92 Kb.
#156848
Kamoliddinova musiqa steam

Farg’ona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti musiqiy yo’nalish 22.31.A guruh talabasi Kamoliddinova Shahzodaning ,, MUSIQA DARSLARIDA FANLARARO INTEGRATSIYA” mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI


,,Kuy, qo‘shiq ilhombaxsh, shifobaxsh hamda hayotbaxsh kuch”.
A.Navoiy
Musiqa tarbiyasi – bu faqat insonnni musiqachi qilib tarbiyalash emas, eng avvalo, yosh murg‘ak bola, so‘ngra shaxsni barkamol xislat va fazilatlar bilan kamol toptirish.
D.B.Kobalevskiy
Nasru nazm, musiqa-yu, qo‘shig‘-u raqs, tasviru sahna, xullas san’at ma’naviy, ruhiy kamolot cho‘qqilari sari eltuvchi bebaho vositadir
Xalq naqllaridan
Insoniyat qadim – qadimdan kuy va qo‘shiqni insonni ezgulik, yaxshilik kabi fazilatlar olamiga yetaklaydigan, insonga najot va taskin beruvchi, uni darddan, iztiroblardan xolos qiluvchi, inson qalbini to‘g‘ri yo‘lga chorlaydigan: – xudbinlik, xiyonotkorlik, yovuzlik, ikki yuzlamachilik, yolg‘onchilik, xasadgo‘ylik, takabburlik, buzg‘unchilik, qo‘yingki barcha yomon illatlardan insonlarni asraydigan qudrat deb tan olingan. Kuy va qo‘shiq tarbiya manbai bo‘lib inson odobi, axloqi, sharm, ibo va xayosini tarbiyalaydi, millatning qiyofasi, ruxiyati va shaklu shamoyilini belgilaydi, deb qaralgan .
musiqa darslarining o‘ziga xos tomonlari ko‘p bo‘lib, shulardan xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash va nota bilan kuylash kabi asosiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Albatta, mazkur dars bosqichlarini mutaxassis bo‘lmagan kishilar bajara olmaydilar. Natijada dars zerikarli bo‘lib, bolalarning musiqaga bo‘lgan qiziqishlari susayadi va ular qo‘shiq kuylashdan yiroqlashib qoladilar. Shuni nazarda tutib, bolalarning badiiy tarbiya sohasidagi faoliyatini e’tibordan chetda qoldirmay, har bir fanni o‘z mutaxassisiga topshirish kerak
Bolalarni musiqa san’atiga qiziqtirish uchun badiiy havaskorlar to‘garagining kamida 3 ta sho‘basini mutaxassis rahbar bilan ta’minlab ishga solish maqsadga muvofiqdir. Masalan, xor, xalq cholg‘u asboblari dastasi, ashula va raqs kabi sho‘balar belgilangan vaqtda ishlab tursa, unga qatnashayotgan bolalarning qalblari quvonchga to‘lib, maktab ularning sevimli maskaniga aylanib boradi.
maktabdagi musiqiy tarbiya o‘quvchilarning ma’naviy olamini boyitish bilan birga, ularning ijodiy qobiliyatini ham o‘stirib boradi. Musiqaning sehrli tovushlari hayotni yangi bir bo‘yoqlarda ko‘rsatib, yosh avlodni estetik jihatdan barkamol bo‘lgan kishilar idealiga yaqinlashtirib boradi.
Yüklə 3,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə