Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə107/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

193
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha
yer maydonlari ajratiladi. Ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlashga Bandlikka
ko‘maklashish hamda Jamoat ishlari jamg‘armalaridan 500 milliard so‘m
yo‘naltirildi.
Xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-
hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik
fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-
joy bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu borada prezidentimiz
SH.Mirziyoyev “Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish
fazilatlarini, yoshlarimizdagi g‘ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira
olsak, ko‘zlagan marralarga albatta etishamiz” -degan edi.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida ularning oliy ta’lim olishi uchun
alohida e’tibor qaratilmoqda. 2021-yildan boshlab oliy ta’limga ajratiladigan
davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Oliy o‘quv
yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2
barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazish, a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy
himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etiladi.
Yoshlar tarkibiga kiradigan xotin-qizlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash
va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda.
2020-2021-o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizda professional ta’lim tizimi joriy
etildi. Professional ta’lim tizimida mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga
mos yangicha kasb-hunar va mutaxassisliklar tayyorlashga yo‘naltirildi.
Professional ta’limning boshlang‘ich darajasi kasb-hunar maktablarida
kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan
shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining
integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
O‘rta darajasi kollejlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida
3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim
olish” prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar
hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan
holda, 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat
buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
O‘rta-maxsus darajasi texnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro
tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini
tamomlagan, “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kamida umumiy
o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda
kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 2 yildan





194
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat
buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda o‘rta
maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga
mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi
suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish
huquqiga ega bo‘ladi.
Joriy etilgan professional ta’limning afzalligi shundaki, kollej va texnikumlarda
o‘qiydigan talabalar, jumladan, xotin-qizlar ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda, ta’limni ish bilan birgalikda olib borishi mumkin. Bu, ayniqsa, oilali ayollar
uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, 2019-yil 7-martda qabul qilingan “Xotin-qizlarning mehnat
huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga binoan 2019-
yil 1-maydan nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lgan “Xotin-qizlar
tadbirkorlik markazlari” tashkil etildi. Ushbu markazga bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda uzoq muddat bola parvarishlash
ta’tilida bo‘lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida
talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning ishga joylashishiga
ko‘maklashish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni
markazlarga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish va
boshqa vazifalar yuklatildi.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar)
hokimi va tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan
ro‘yxat asosida maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitish belgilandi.
Maxsus o‘qitish dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlar orasidan
tegishli tuman (shahar) Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tavsiyasiga ko‘ra tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga 6 oylik imtiyozli
davr va yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kreditlar hududlarda aholi bandligini
ta’minlash va olilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartiblari asosida
ajratildi. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan
tijorat banklariga har yili ajratiladigan 100 milliard so‘m resurs mablag‘lari
ushbu imtiyozli kredit mablag‘larining manbasi etib hisoblanadi. Mazkur resurs
mablag‘larining kamida 50 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladigan xotin-
qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarining amalga oshirayotgan bu kabi ishlari
ularni bandligini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. Bu kabi amalga oshirilayotgan
keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda 2020-yilning oktyabr-dekabr






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə