Jahon adabiyoti tarixi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə28/183
tarix11.12.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145732
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   183
Qadimgi Xitoy adabiyoti
Ilk bitiklardagi adabiyot. Birinchi ierogliflar m.a. XV asrga oid bo‘lib, suyakdan yasalgan tablichkalarda ilohlar irodasini ifoda qilgan: “Bolalarga don ekishni buyurish”, “O‘ttizta odam va o‘nta buqani qurbonlikka keltirish”, “Agar odamlarning boshini qurbonlikka keltirsang, shoh yordam oladi” kabi. Keyin bu tablichkalar olovga tashlangan hamda ularda qanday yoriqlar paydo bo‘lishiga qarab ilohlarning munosabat-javobi haqida xulosa qilishgan.
I Szin” (O‘zgarishlar kitobi) nasroniylar uchun “Injil” qanday ahamiyatga molik bo‘lsa, xitoyliklar uchun bu kitob o‘shanday qimmatli hisoblanadi. Bi kitobning mazmuni afsonaga ko‘ra dengiz yuzasiga chiqib qolgan toshbaqaning kosasiga suvratlar shakli (geksagramma)da chizilgan. Kitob o‘ziga xos fol kitobi hsioblanadi. Kitob m.a. XXI asardan m.a.VI asr oralarida vujudga kelgan degan har xil qarashlar mavjud. Hatto uni Konfutsiy nomi bilan bog‘lashadi. Asar sekin asta sayqal topib, fol kitobidan falsafiy traktatga aylangan. 64 ta geksagrammada aks etgan hayot bosqichlaridan inson taqdiri bunyod bo‘ladi degan qarash ilgari surilgan. Mas., 1. Ijod. 2. Ado etish. 3. Ilk qiyinchiliklar. 4. G‘o‘rlik. 5. Kutish zarurati va h.k.
Shi szin”. Qo‘shiqlar kitobi qadimgi xitoy she'riyati hisoblanib, XII-VII asarlarga oid. Undan turli tuman janrlardagi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Didaktika, totem, marosim, qarg‘ish, kult yo‘nalishidagi va yana boshqa mavzulardagi qo‘shiqlar mif hamda folklor ruhi bilan qo‘shilib ketgan.
Xitoyda epopeyaning yo‘qligi dunyoqarash bilan, undagi antropotsentrizm bilan bog‘liq. Xitoyliklar go‘zallikni alohida bir shaxs va uning tuyg‘ulari bilan emas, balki tabiat va jamiyat bilan bog‘liq holda ko‘rishadi. Shu negizda ikki dunyoqarash paydo bo‘lgan: konfutsiylik (jamiyatga qaratilgan nigoh) va daosizm (tabiatga qaratilgan nigoh).
Konfutsiy qonunlari. Ulug‘ mutafakkir Konfutsiy (Kun Fu szы, ya'ni muallim m.a. 552/551-479)ning 3000 taga yaqin o‘quvchisi bo‘lgan. Ularga og‘zaki dars bergan. Ammo uning ta'limoti avlodlar tomonidan yozib olingan va Konfutsiy qonunlari (O‘n uch qonun, “Shi san szin”) bizgacha yetib kelgan. U 13 kitobdan iborat bo‘lib, ayrimlari “Suhbatlar va mulohazalar”, “Ulug‘ ta'limot”, “O‘rtalik haqida ta'limot” deya nomlanadi. Konfutsiyning asosiy g‘oyasi dao bo‘lib, bu yo‘l insonni ezgulikka olib boradi. Buning uchun u inson qarshisiga 5 ta talabni qo‘yadi: 1. Burch. 2. Insoniylik. 3. An'anaga sadoqat (Me'yorni bilish). 4. Jasorat (Hayotni o‘rtaga qo‘yib bo‘lsa ham ezgulikni himoya qilish). 5. Bilim. (Tabiatni emas, balki insonni bilish).
Dao qununi. “Dao de szin” (Dao - yo‘l, de - ezgulik. Ezgu yo‘l haqida kitob). Bu qonun Lao-szы (m.a.VI-V a.)ga oid deb qaraladi. Shu bilan birga, keyingi davrlarga tegishli degan qarashlar ham yo‘q emas. Dao qonuni Konfutsiy qonunlariga zid mohiyatda turadi. Bu qonunlar asarlar davomida to‘planib, milodiy 1019 yilda e'lon qilingan. Uning mohiyati faoliyatda emas, balki tabiat bilan qo‘shilib, unga singib ketishda: “Dao hech narsa qilmaydi, lekin qilinmagan hech qanday ish yo‘q”.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə