Jahon adabiyoti tarixi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə34/183
tarix11.12.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145732
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   183
Narsiss haqida mif. N. Tug‘ilganda taqdirdan fol ochuvchi: “Bu bola o‘zini ko‘rgungacha yashaydi”, dedi. Hammaga bashorat bema'ni bo‘lib tuyuldi. Bola behad ko‘rkam bo‘lib o‘sdi. Ko‘rganki bor, uni sevib qolardi. Shularda biri Exo edi. N.ning ortidan soyadek ergashdi. Ammo ko‘plar qatori rad javobi oldi. Exo alamidan g‘orga kirib ketdi va dard chekib qurib, ovozigina qoldi. Jismi esa toshga aylandi. Kim u yerga kirib gapirsa, faqat exo – aks-sado qaytdi. Hamma to‘planib, qasos ma'budasi Nemezidga “Narsissni jazola!” dedi. “N. O‘zini sevib, o‘ziga yetolmay azob cheksin, deyildi”. N. Ovdan qaytayotib chanqadi va suvga bordi. Suvda o‘z aksini ko‘rib esa sevib qoldi. Unga yetolmay, yig‘lab iztirob chekdi. Shunday chekdiki, axiyri qovjirab quridi. Odamlar ancha vaqtdan keyin sohilda bir gulni topib olishdi: Oq narsis gulni. Rim shoiri Ovidiy “Metamorfoza” asarida Narsiss gulni qanday paydo bo‘lishi haqida batafsil yozadi.
Pandora haqidagi mif. Zamonaviy dunyoda urushlarning ko‘payib ketganini Pandora qutisining ochilib ketishi bilan bog‘lashlar ham bor. U qanday quti edi? Pandora kim? Pandora - Prometey ma'budlardan olovni o‘g‘irlagani uchun insonlarni, xususan, erkaklarni jazolash maqsadida yaratilgan ilk ayol. Demak, mifga ko‘ra Pandoragacha ayol bo‘lmagan.
Pandora Prometeyning ukasiga xotin bo‘ladi. Prometey ukasining uyida hamma narsa muhayyo bo‘lib, burchakda bir quti ham bo‘ladi. Pandoraga shu birgina qutiga tegma, qolgan hamma narsa seniki, deya buyuriladi. (E'tibor bering, ushbu mif Odam Ato va Momo Havoning yerga tushirish sababini yodga solmayaptimi?) Ammo ayolni o‘sha quti o‘ziga tortaveradi. Yursa-tursa, o‘sha qutini o‘ylaydi. Qiziqish o‘zining haddi a'losiga yetadi. Nihoyat, u o‘sha qutini ochib yuboradi. Natijada qutiga qamab qo‘yilgan yovuz ruhlar tashqariga otilib chiqadi. Pandora shoshib qutini yopadi, qutining tubida zaifgina umid qolib ketadi. Shundan beri dunyoda urushlar, musibatlar, kulfatlar arimas emish. Lekin umid bor, u qutining ichida turibdi. Mifning mohiyatiga chuqurroq kirsak, har bir insonning botinida ana shunday Pandora qutisi bor. Uning ochilib ketmaslik tadorigini ko‘rib yashash esa har bir kishining o‘z qo‘lida.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə