Jahon adabiyoti tarixi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə35/183
tarix11.12.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145732
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183
Mifologik maktab. Mif XIX asrga kelganda ilmiy o‘rganildi, uning tabiati, genezisi, mazmun mohiyati, yo‘nalishlari haqida ilmiy mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Natijada fanda mifologik maktab nomi bilan ataladigan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. u haqida o‘zbek adabiyotgunos olimlari - D. Quronov, Z. Mamajonov va M. Sheralieva lar tomonidan tayyorlangan “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da quyidagilarni o‘qish mumkin: “Mifologik maktabXIX asr Yevropa adabiyotshunosligida vujudga kelgan ilmiy yo‘nalish. M.m.ning falsafiy negizini F.Shelling, A.Shlegel va F.Shlegel kabi mutafakkirlar ta'limoti tashkil etadi. Bu mutafakkirlar estetikasida miflar juda katta o‘rin tutadi. Ularga ko‘ra, adabiyot va san'atning vujudga kelishiga miflar asos bo‘lgan, mif – poeziyaning javharidir. Ma'lumki, romantizm ekzotikaga moyillik bilan xarakterlanadi, ayni shu narsa xalq og‘zaki ijodiga qiziqish kuchayganining bosh omili bo‘ldi. Zero, klassitsizm davri sig‘ingan antik etalonlardan, ma'rifatchilik topingan aql kultidan bezgan romantizm vakillari xalq og‘zaki ijodida chinakam ekzotika, bitmas-tuganmas xazinani ko‘rdilar. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash va nashr qilish, ularni atroflicha tadqiq etish ishlari avj oldi. Bunda nemis olimlari – aka-uka Grimmlar, ayniqsa, jonbozlik ko‘rsatdilar: 1812 yilda ular to‘plagan ertaklarning ilk jildi chop etildi; folklorshunoslik sohasidagi tadqiqotlari asosida “Nemis mifologiyasi” (1835) asari yaratilib, unda M.m.ning nazariy qarashlari tugal shakllantirildi. Aka-ukalar adabiyotning paydo bo‘lishini nemis romantizm falsafasidagi xalq ruhi tushunchasi bilan bog‘laydilar: g‘aybdan ilhomlantiriluvchi xalq ruhi avval miflarni yaratadi, keyin esa miflardan epos, ertak, lirik qo‘shiq va sh.k. boshqa janrlar tug‘iladi; ilohiy ilhom tufayli yaralgani uchun ham folklor – xalq ruhining anglanmagan ijod mahsuli, uning shaxssizligi ham shu bilan bog‘liqdir. Aka-uka Grimmlar turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganishadi, ularda kuzatiluvchi o‘xshashliklarni esa, xuddi barcha hind-Yevropa tillari uchun umumiy bobo til (sanskrit) bo‘lgani kabi, barcha xalqlar (xususan, hind-Yevropa xalqlari) uchun umumiy qadimgi mifologiya mavjud bo‘lgani bilan izohlashadi. Yevropaning turli mamlakatlarida ko‘plab izdoshlari bo‘lgan M.m.ning ilmiy izlanishlari, asosan, ikki (etimologik va analogik) yo‘nalishda kechdi. Birinchi yo‘nalish (A.Kun, M.Myuller, F.Buslaev va b.) o‘z oldiga qadimgi miflar mazmunini tiklash, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlashni maqsad qilib qo‘ysa, ikkinchisi (V.Shvars, V.Manxard va b.) turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganish orqali o‘xshashliklarni aniqlash yo‘lidan bordi. M.m.ning bir qator qarashlarini keyingi davr adabiyotshunosligi inkor qilgan bo‘lsa-da, u adabiy nazariy tafakkur taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Jumladan, xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olish va chop etish ishlarining yo‘lga qo‘yilgani, mifologiya, folklor va yozma adabiyot namunalarini qiyosiy o‘rganishning boshlab berilgani bevosita M.m. faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuningdek, M.m.ning nazariy qarashlarini ijodiy rivojlantirib (q. ritual-mifologik tanqid) yoki inkor qilgan holda (q. sayyor syujetlar nazariyasi) yangi yo‘nalishlarning maydonga chiqqani ham uning adabiyotshunoslik rivojiga jiddiy ta'sir etganinini ko‘rsatadi”8.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə