Jahon adabiyoti tarixi


Ezop (Akadroz) (tax. mil.av. VI asr)



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə43/183
tarix11.12.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145732
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   183
Ezop (Akadroz) (tax. mil.av. VI asr) Masalchilikning otasi deb hisoblangan yarim afsonaviy Ezop – miloddan oldingi VI asrda yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, aslida u frigiyalik qul bo‘lib, keyinchalik ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda bo‘lgan, Delfada yerli xalq bilan bo‘lgan janjalda qoyadan uloqtirib o‘ldirilgan. Antik davrda ma'lum bo‘lgan deyarli barcha masallarning syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi V- IV asrlardan boshlab to‘planib, yozib olingan va “Ezop masallari” kitobiga kiritilgan. Milodiy X-XVasrlardagi qo‘lyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan. Aksariyat syujetlari Shumer og‘zaki va yozma adabiyotiga borib taqaluvchi Yaqin Sharq masallariga yaqin turuvchi Ezopning nasriy masallari g‘oyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari (asosan, hayvonlar) o‘ta shartli. Voqealar ixcham bayon qilinib, pand-nasihat bilan yakunlangan, tili sodda, jonli tilga yaqin. Masalchining ismi bilan yashirin ma'nosi bo‘lgan fikrlar ezop tili deb atala boshlagan. Yevropa masalchiligi syujetining asosini Ezop masallari tashkil etgan. Ezopning ta'sirini keyingi davr masalchilarining deyarli barchasida, jumladan, fransuz yozuvchisi Lafonten(XVII asr), nemis adibi Lessing(XVIII asr), rus masalnavisi Krilovda sezish mumkin.Dehqon bilan o‘g‘illari”, “Bog‘bon bilan o‘g‘illari”, “O‘g‘ri bilan onasi”, “Yolg‘onchi cho‘pon” masallardagi syujet va motivlarni o‘zbek xalq ertaklari(“Birlashgan o‘zar” ertagi), A. Navoiyning “Hayrat ul abror” asaridagi “Yolg‘onchi cho‘pon” hikoyatida uchratish mumkin. Qadimgi Yunonistonda she'riyatning oddiy turlari hisoblangan yamb va elegiya bilan birga VII-VI asrlarda monodik ya'ni, yakkaxon lirika ham taraqqiy etgan. She'riyatning bu turi xalq adabiyoti va musiqaning ta'siri ostida paydo bo‘lgan. Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Lesbos orolida tug‘ilib o‘sgan ikki ulug‘ shoir – Alkey va Sapfo o‘zlari ixtiro etgan turli-tuman vaznlar bilan monodik lirikani yuksak san'at darajasiga ko‘targanlar.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə