Jamiyat falsafasi


Ekosofiya va insonni asrash muammolari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Ekosofiya va insonni asrash muammolari
. Ma’lumki, inson tana va ruhdan iborat. Ruh va 
tananing bir-birini taqozo etishi, ayni vaqtda, bir-birini inkor etishi, har safar yangi va yangi kuch 
bilan namoyon boluvchi ziddiyat sifatida, o‘z yechimini faqatgina ma’naviy va jismoniy bolmagan 
boshqa bir narsa vositasida topishni taqozo etadi. Shu ma’noda, o‘z qobiliyatini ro‘yobga 
chiqarish, o‘zlikni anglash va asrash muammosi doim inson ekologiyasining bosh muammosi 


bolib kelgan. M.Monten o‘z vaqtida «Dunyoda eng muhimi o‘zlikni saqlashdir», deb bejiz 
yozmagan.
Binobarin, biz o‘z manfaatlarimiz sohasini o‘rganishimizga qarab, asosan shaxsiy 
moljallarimiz chegarasidan chetga chiqamiz va o‘zimizdan boshqa narsalarni, bizni qurshagan 
muhitni ko‘ra boshlaymiz. Inson ekologiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, inson 
populyatsiyalarining real turmush tarzini o‘rganishni nazarda tutish lozim. Bu yerda nafaqat 
insonning jismoniyligi, u yashaydigan moddiy muhit, balki ma’naviyat ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Zamonaviy fanlarda bu borada «Ekosofiya» atamasi qo‘llanmoqda. U yangi atama bolib, 
shaxs xulq-atvorini belgilaydigan va uning o‘zligini saqlash xususiyatini ta’minlovchi shaxsiy 
qadriyatlar majmuyi hamda shu asosdagi dunyoqarashni anglatadi. Ekosoflyaning kategoriyalar 
tizimiga o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va qadriyatlar tizimidan tashqari, o‘z-o‘zini tinimsiz 
o‘rganish ham kiradi. Uning eng yetuk shaklini I.Kantning mashhur savollarida ko‘rish mumkin: 
«Inson nima? Men nimani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman? Men nima qilishim 
kerak?» Bular umuminsoniy muammolar ro‘yxatiga kiritilgan umumiy olamshumul savollardir. 
Ammo yashash jarayonida vaziyatga qarab muayyan savollar tug‘ilishi ham mumkin.
Inson har safar o‘z ahamiyatini teran his etganida muayyan qobiliyatlarini faollashtiradi. 
Inson mohiyati befarqlik holatida bolganida (inson ko‘pincha bu holatni o‘zi xohlagan holat 
sifatida qabul qiladi), ongning barcha imkoniyatidan foydalanilmaydi. Har qanday tanglik yoki 
mushkul muammo soat bongi sifatida yangrab, odamni mudroq uyqudan uyg'otadi. Insonning 
«ихlab yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‘otish» muhim vazifa. Ko‘pgina odamlar shu asosda 
«o‘z ichidagi xira tortgan chiroqni qayta va yorqinroq yoqishni o‘rganadi». O‘z qobiliyatlarini 
mumkin qadar kengaytirish uchun zarur darajasiga erisha olmaslik insonning asosiy muammosi 
hisoblanadi.
Inson evolyutsiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengaytirish va axloqiy qadriyatlarini 
takomillashtirish sohasiga tatbiqan hal qilinadi. Inson o‘z ichki birligi, doimiy egasini anglab 
yetishi lozim. Evolyutsiya yo‘lidagi birinchi qadam — o‘z-o‘zini o‘rganish. Bunda salbiy 
emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar 
mavjud ekan, uning birligi, ongi, irodasi rivojlana olmaydi. O’-o‘zini rivojlantirish uchun inson 
o‘zini kuzatishni, o‘zining foydali va zararli jihatlarini farqlashni o‘rganishi lozim. Shaxsda 
yuzaga keluvchi qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning rivojlanishini yo‘lga soladi 
va nazorat qiladi.
Xullas, odam zotining ona zamindagi hayoti, inson umri, uning ma’nosi, shaxs kamoloti 
bilan bogliq masalalar tavsifi va ularga nisbatan yondashuvlar xilma-xilligi davom etmoqda. 
Insonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida yangi qarashlar paydo 
bo‘lmoqda. Lekin bir narsa aniqki, haligacha hech kim bu masalalarda nima asl haqiq it, nima 
ikkilamchi, nimaning ahamiyati boshqasinikidan ko‘p yoki kamligi haqida mutlaq to‘g‘ri va 
hamma tan oladigan xulosaga erisha olgani yo‘q. Balki buning iloji ham yo‘qdir va bunday haqiqat 
kerak ham emasdir. Agar bunday haqiqatlarga erishilsa doimo yangilikka, kashfiyotlarga 
intiladigan inson uchun bu dunyoning qizig‘i ham qolmasligi mumkin. Bu esa odam zoti mavjud 
ekan uning uchun o‘zi va boshqa odamlar, ularning hayoti, faoliyati, insonlar orasidagi 
munosabatlar, aloqalar, shaxsning olamdagi va jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq masalalar azaldan 
to abadgacha mavjud va dolzarb bolib qolaverishidan dalolat beradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə