Jamiyat falsafasi


Istiqlol va inson kamoloti



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Falsafa 8 mavzu

Istiqlol va inson kamoloti
. Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o‘rganish va 
undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga 
keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda 
jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, ko‘proq g‘arazli maqsadlarini 
amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yolida 
hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bolgan 
davlat dasturlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik 
va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga 
bolgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko‘rsatadi. Ular turli 


ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va 
jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo‘r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun 
noxush odamlardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish 
muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar 
ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar 
ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
Shaxs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bogliq tushunchalardir. 
Mamlakatimizning taraqqiyot yolida paydo bolgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash 
shaxsni o‘z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak g‘oyalarga sodiq bo’lib yashash va ularni jadal 
amalga oshirishga undaydi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida inson qobiliyatlari tolaroq 
namoyon boladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruhlarga 
ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
eng muhim xususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko‘p bolali 
oilalar, nafaqaxo‘rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy 
adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bolyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati
tafakkur turg‘unligidan ozod bolishlari, o‘zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o‘z 
bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g‘amxo‘rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik 
yo‘nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni 
o‘rganish va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy 
fazilatlarni egallash orqali O‘zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg'unligini 
ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim 
vazifadir. 
Falsafa tarixida inson to‘g‘risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi 
yo‘nalishlar vujudga kelgan.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə