Jamiyat falsafasi


xarizmatik, shuhratparastlik



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Falsafa 8 mavzu

xarizmatik,
shuhratparastlik,
tajovuzkorlik
va boshqa shakldagi 
shaxslar timsoli aks ettirilmoqda. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fozil va 
barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda 
ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar o‘z oldiga ana shunday shaxsni 
shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. 
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g‘oya va milliy mafkura insonga biryoqlama 
qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma’naviylikni uyqunlashtirishni taqozo etadi. Bozor 
iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo‘lishini 
inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mexnatsevar bo‘lishga rag‘batlantiradi. 
Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o‘rnatib, saxiy va 
oliximmat bo‘lishga undaydi. Antropologiya insonning ma’naviy olamiga chuqurroq kirib borish 
orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan g‘oyani ilgari suradi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov ta’rifiga ko‘ra, ma’naviyat 
(rux) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e’tiqodini mustaxkamlaydigan, ezgulikka undaydigan 
botiniy kuchdir. Yuksak ma’naviyatda xaqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob 
fazilatlari etuk shaxslar timsolida o‘z aksini topadi. Insonga xos bo‘lgan barcha xususiyatlar shaxs 
faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o‘rnida, uning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko‘rinadi. 
Insonni tushunishda dualizm va monizm.
Odamlar o‘rtasidagi biologik va ijtimoiy 
farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini tushunishga nisbatan 
ikki muhim yondashuv: dualistik va monistik yondashuvlar kelib chiqadi.
Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə