Jamiyat falsafasi


Sog‘lom muhit deganda biz



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/45
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#136043
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Falsafa 8 mavzu

Sog‘lom muhit deganda biz
faqat oiladagi insonpravarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, 
halollik, rostgo‘ylik kabi tamoyillar va me’yorlarga amal qilinishinigina emas, balki uning 
eskicha 
an’anaviylik
yoki 
yangicha zamonaviyligini
ham tushunishimiz lozim. Zero aynan ana shu ikki xil 
turmush tarzi oila kelajagi bilan bog‘liq. 
Oilaning yana bir jihati - uning o‘z mulkiga egaligi

Agar nikoh oilaning botiniy ko‘rinishi 
bo‘lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko‘rinishi deyish mumkin
. Oilaning mavjud bo‘lishi uchun 
ishlab topiladigan mablag‘ ham zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag‘, shubhasiz axloqiy 
tabiatga ega: oila boshlig‘i oila a’zolarini halol edirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani odatda 
erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo‘jayinchilik qilish, uni 
taqsimlash huquqiga ham ega.
Yuqorida aytganimizdek, nikoh ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot 
qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan, axloq bilan chegaralangan qo‘shiluv, birlashuv; bu 
birlashuvdan maqsad - hayotda o‘zlaridan yaxshiroq, mukammalroq bo‘lgan, o‘zlari 
erisholmagan orzularni ro‘yobga chiqaradigan odam nusxalarini yaratish

Bunday odamlar 
farzandlardir
.
«Ba’zi so‘fiy-teosofik oqimlarning tarafdorlarida mahsulot beradigan har bir xatti-
harakatni «nikoh» deb atashga moyillik bor. Ularning fikricha, po‘lat bilan chaqmoqtosh birlashsa, 
bu nikohdan yanada etukroq farzand, ya’ni olov dunyoga keladi. Erkaklik va ayollik unsurlarining 
birlashuvi hayotni yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqaruvchi omildir».
7
Shu bois oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o‘z jufti halolini, ona esa 
sevimli erini ko‘radi: bolada er-xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola - oilani tutib 
turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk hisobiga eb-ichadilar, tarbiya 
oladilar. 
Oilada bolalar intizomli bo‘lib o‘smoqlari, ota-onaga bo‘ysunishlari lozim. Lekin bu intizom 
erkin o‘sib kelayotgan go‘dakni qullikka o‘rgatish emas, balki bolalarga xos erka-tantiqlik
o‘zboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga xizmat qilishi kerak. Ota-onaga 
bo‘ysunishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yish bolaning kelajakda qo‘pol, badxulq, nokamtarin bo‘lib 
etishuviga olib keladi. SHu bois 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə